OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI IQTISODIY TARAQQIYOT VA KAMBAGʻALLIKNI QISQARTIRISH VAZIRLIGI MARKAZIY APPARATIDA MAVJUD BOʻSH ISH OʻRINLARIGA TANLOV EʻLON QILADI

04/03/2022 - 12:41 4123

Tanlov jarayoni Iqtisodiy taraqqiyot va kambagʻallikni qisqartirish vazirligining 2021-yil 5-martdagi “Iqtisodiy taraqqiyot va kambagʻallikni qisqartirish vazirligi  markaziy apparati, hududiy boʻlinmalar, tizimdagi tashkilotlar va muassasalaridagi vakant lavozimlarga ishga qabul qilish, xodimlarni boshqa lavozimdan oʻtkazishda tanlov asosida saralab olish” toʻgʻrisidagi Tartibi asosida maxsus tuzilgan komissiya tomonidan 3 bosqichda amalga oshiriladi.

 

1-bosqich: Tanlovda ishtirok etish istagi boʻlgan nomzodlar Davlat xizmatini rivojlantirish agentligining “Davlat fuqarolik xizmatchilari vakant lavozimlarining yagona ochiq portali” (https://vacancy.argos.uz)da roʻyxatdan oʻtishlari, Iqtisodiy taraqqiyot va kambagʻallikni qisqartirish vazirligida mavjud boʻsh lavozimlardan birini tanlab, soʻralgan hujjatlarni elektron shaklda taqdim etishlari zarur.

Nomzodlardan ariza va kerakli hujjatlarni qabul qilish                             

2022-yil 3-martdan 12-martgacha davom etadi.

 

2-bosqich: Birinchi bosqichdan oʻtgan nomzodlar bilan test sinovlari oʻtkaziladi. Nomzodlar 3-bosqich suhbat jarayoniga taklif qilinishlari uchun ularning test natijalari 60 balldan kam boʻlmasligi kerak.  

 

3-bosqich: Ikkinchi bosqichdan oʻtgan nomzodlar bilan yuqoridagi talablarga javob berishlarini tekshirish maqsadida oʻzbek, rus va ingliz tillarida suhbat oʻtkaziladi. Suhbat natijasi 100 ball tizimi boʻyicha baholanadi (6 ta mezon boʻyicha), bunda komissiyaning har bir a’zosi suhbat natijasi bo‘yicha nomzodlarga ball qoʻyib chiqadi.

 

Komissiya tomonidan har bir nomzod boʻyicha ballar hisoblab chiqiladi va tanlovning yakuniy natijalari Iqtisodiy taraqqiyot va kambagʻallikni qisqartirish vazirligi rasmiy veb-sayti orqali ma’lumot beriladi (www.mineconomy.uz) hamda har bir nomzodning shaxsiy kabineti yoki telefoni  orqali xabar beriladi.

Bogʻlanish uchun (+99871) 232-64-29, (+99871) 232-65-40  telefon raqamlariga murojaat qilishingiz mumkin.

 

Tanlovda ishtirok etayotgan nomzod bir vaqtning oʻzida uchta boʻsh lavozim uchun ariza bilan murojaat etish imkoniyatiga ega.

Tanlovda ishtirok etish bo’yicha arizalarni qabul qilish faqat nomzodlar tomonidan saytdagi elektron soʻrovnomani toʻldirish orqali amalga oshiriladi.

Ariza va hujjatlarni qabul qilish vaqti o‘tgandan so‘ng yuborilgan ariza va hujjat egalari tanlovda ishtirok eta olmaydi.

 

Hujjatlarni qabul qilish uchun havolahttps://vacancy.argos.uz

 

O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI IQTISODIY TARAQQIYOT VA KAMBAG‘ALLIKNI QISQARTIRISH VAZIRLIGI MARKAZIY              APPARATIDA MAVJUD BO‘LGAN BO‘SH ISH O‘RINLARIGA                     TANLOV E’LON QILINADI

 

NORMATIV-HUQUQIY HUJJATLAR LOYIHALARINI TARTIBGA SOLISH VA RAQOBAT MUHITIGA TA’SIRINI BAHOLASH BOSHQARMASI

 

BOSHQARMA BOSHLIG‘I  OʻRINBOSARI VAKANT LAVOZIMIGA

 

Lavozimiga mos asosiy talab va vazifalar

Talablar:

  1. Iqtisodiyot va moliya sohalarida oliy ma’lumotga ega bo‘lish;
  2. Iqtisodiyot sohasida 5 yildan kam bo‘lmagan mehnat tajribasiga ega bo‘lishi, shundan eng kamida 2 yil rahbarlik lavozimida ishlagan bo‘lish;
  3. Mamlakat iqtisodiyotida biznes muhitini yaxshilash va tadbirkorlikni rivojlantirish, raqobat muhitini yaxshilash borasidagi ishlarni tashkil etishda harakatlarni amalga oshirish uchun takliflar ishlab chiqa olish ko‘nikmasiga ega bo‘lish;
  4. Iqtisodiyotni bozor tamoyillari asosida boshqarish bo‘yicha institutsional islohotlarni amalga oshirish orqali amaldagi va qabul qilinadigan normativ-huquqiy hujjatlarning biznes muhitiga, shu jumladan tadbirkorlik subyektlariga ta’sirini baholash hamda natijasi yuzasidan tegishli xulosalar shakllantirish qobiliyatiga ega bo‘lish;
  5. Normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarini ishlab chiqishda, baholashda chuqur o‘ylangan hamda hisob-kitob qilingan qarorlar qabul qilish imkonini beruvchi yangi innovatsion “aqlli tartibga solish” usullarini joriy etish yuzasidan takliflar ishlab chiqish;
  6. Ilg‘or xorijiy tajribalarni qo‘llagan holda ishlarni tashkillashtirish, analitik va kreativ fikrlash, jamoani bir maqsadga yo‘naltira olish, o‘z fikr-mulohaza hamda takliflarini himoya qila olish va boshqaruv qarorlarini to‘g‘ri va tezkor qabul qila olish qobiliyatiga ega bo‘lish;
  7. Xalqaro tashkilot va moliya institutlari bilan ishlash tajribasiga ega bo‘lish;
  8. O‘zbek tilini mukammal, rus va ingliz tillarini yaxshi darajada bilish;
  9. Kompyuter dasturlarida ishlay olish qobiliyati.

Vazifalar:

  1. Normativ-huquqiy hujjatlar loyihalari va qabul qilingan normativ-huquqiy hujjatlarda tadbirkorlik subyektlari tomonidan asossiz xarajat qilishni, ularga ortiqcha majburiyat yuklashni, taqiq va cheklovlar mavjudligini aniqlash;
  2. Normativ-huquqiy hujjatlarni, shuningdek, ularni “ex-ante” va “ex-post” usullari orqali tartibga solish ta’sirini baholash natijalari yuzasidan tayyorlangan hisobotlarni biznes muhitiga, shu jumladan, tadbirkorlik faoliyatiga ta’sirini o‘rganish natijalariga ko‘ra xulosa tayyorlash;
  3. Zamonaviy talablarga javob bermaydigan, umrini o‘tab bo‘lgan, tadbirkorlik subyektlariga nisbatan ortiqcha ma’muriy yuklarni keltirib chiqarayotgan tartibga solish vositalarini aniqlash nuqtayi nazaridan amaldagi tadbirkorlik faoliyati sohasidagi normativ-huquqiy hujjatlarni tahlil qilish, o‘rganish hamda ularni takomillashtirish, shu jumladan, normativ-huquqiy hujjatlarni tartibga solish ta’siridan o‘tkazish rejasiga takliflar ishlab chiqish;
  4. Normativ-huquqiy hujjatlar loyihalari va qabul qilingan normativ-huquqiy hujjatlarni tartibga solish ta’sirini baholash bo‘yicha hisobotlarni tayyorlashda vazirlik va idoralarga vakolati doirasida uslubiy va amaliy yordamlar ko‘rsatish;
  5. Davlat organlari va tashkilotlarining tartibga solish ta’sirini baholash uchun mas’ul xodimlarining sohadagi malaka va ko‘nikmalarini oshirib borishga qaratilgan o‘quv tadbirlarida muntazam qatnashib borish;
  6. Boshqarma vakolatiga kiradigan masalalar bo‘yicha vazirlik rahbariyatining ruxsatiga ko‘ra xalqaro tashkilotlar bilan muzokaralar olib borish, sohadagi xalqaro tashkilotlar bilan o‘tkaziladigan xalqaro va mahalliy uchrashuvlarda qatnashish, forum, konferensiya va taqdimotlarni o‘tkazish bilan bog‘liq hujjatlarni rasmiylashtirish.

 

NORMATIV-HUQUQIY HUJJATLAR LOYIHALARINI TARTIBGA SOLISH VA RAQOBAT MUHITIGA TA‘SIRINI BAHOLASH BOSHQARMASI

 

BOSH MUTAXASSISI VAKANT LAVOZIMIGA

 

Lavozimga mos asosiy talab va vazifalar

Talablar:

  1. Iqtisodiyot va moliya sohalarida oliy maʼlumotga ega bo‘lish;
  2. Iqtisodiyot sohasida 3 yildan kam bo‘lmagan mehnat tajribasiga ega bo‘lishi, shundan eng kamida 1 yil respublika darajasida ishlagan bo‘lish;
  3. Boshqarma faoliyatiga oid normativ-huquqiy hujjatlar bilan ishlay olish hamda zarur axborot-tahliliy maʼlumotlarni tayyorlay olish;
  4. Mamlakat iqtisodiyotida biznes muhitini yaxshilash va tadbirkorlikni rivojlantirish, raqobat muhitini yaxshilash borasidagi ishlarni tashkil etish bo‘yicha ish ko‘nikmasiga ega bo‘lish;
  5. Qabul qilinadigan normativ-huquqiy hujjatlarning biznes muhitiga, shu jumladan, tadbirkorlik subyektlariga taʼsirini baholay olishi hamda natijasi yuzasidan tegishli xulosalar tayyorlash ko‘nikmasiga ega bo‘lish;
  6. Xalqaro tashkilot va moliya institutlari bilan ishlash tajribasiga ega bo‘lish;
  7. O‘zbek tilini mukammal, rus va ingliz tillarini yaxshi darajada bilish (IELTS sertifikatiga ega bo‘lgan (kamida 6 ball) nomzodlar ijobiy baholanadi);
  8. Kompyuter dasturlarida ishlay olish qobiliyati.

 

Vazifalar:

  1. Vazirlikka kelib tushadigan normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarini tadbirkorlik subyektlari tomonidan asossiz xarajat qilishni, ularga ortiqcha majburiyat yuklashni, taqiq va cheklovlar mavjudligini aniqlash;
  2. Normativ-huquqiy hujjatlarni, shuningdek, ularni “ex-ante” va “ex-post” usullari orqali tartibga solish taʼsirini baholash natijalari yuzasidan tayyorlangan hisobotlarni biznes muhitiga, shu jumladan, tadbirkorlik faoliyatiga taʼsirini o‘rganish natijalariga ko‘ra xulosa tayyorlash;
  3. Loyiha tashabbuskorlari bilan hisobotlarni tayyorlashda vakolati doirasida uslubiy va amaliy yordamlar ko‘rsatish;
  4. Davlat organlari va tashkilotlarining tartibga solish taʼsirini baholash uchun masʼul xodimlarining sohadagi malaka va ko‘nikmalarini oshirib borishga qaratilgan o‘quv tadbirlarida muntazam qatnashib borish;
  5. Boshqarma vakolatiga kiradigan masalalar bo‘yicha vazirlik rahbariyatining ruxsatiga ko‘ra xalqaro tashkilotlar bilan muzokaralarda, sohadagi xalqaro tashkilotlar bilan o‘tkaziladigan xalqaro va mahalliy uchrashuvlarda qatnashish.

 

XIZMATLAR SOHASINI RIVOJLANTIRISh DEPARTAMENTI

HUDUDLARDA XIZMATLAR SOHASINING USTUVOR YO‘NALISHLARINI RIVOJLANTIRISH BOSHQARMASI

BOSH MUTAXASSISI VAKANT LAVOZIMIGA

Lavozimga mos asosiy talab va vazifalar

Talablar:

  1. Iqtisodiyot, bank va moliya bo‘yicha oliy ma’lumotga ega, ushbu sohalarda, jumladan, xizmatlar yo‘nalishida 5 yildan kam bo‘lmagan mehnat stajiga ega bo‘lishi va ushbu sohalarda rahbarlik lavozimida eng kamida 3 yillik ish tajribasiga ega bo‘lishi;
  2. Departament faoliyatiga oid normativ-huquqiy hujjatlar bilan ishlash hamda statistik ma’lumotlarni tahlil qila olish ko‘nikma va tajribasiga ega bo‘lishi;
  3. Hududlarda xizmatlar sohasini rivojlantirish imkoniyatlari hamda ustuvor yo‘nalishlari to‘g‘risida bilim va ko‘nikmalarga ega bo‘lishi;
  4. Shaxsiy mas’uliyatni his etish hamda ish yuzasidan lozim darajada muzokaralarni olib borish ko‘nikmasiga ega bo‘lishi;

 

Vazifalar:

  1. Mamlakatda xizmatlar sohasini rivojlantirish dasturlarini amalga oshirilishini tahlil qilish hamda soha rivojlanishining holati bo‘yicha axborot-tahliliy materiallarni tayyorlashda qatnashadi;
  2. Xizmatlar sohasining rivojlanish darajasining ko‘rsatkichlarini tahlil qilish va prognozlash hamda rivojlanish strategiyalarini ishlab chiqishda qatnashadi;
  3. Vakolat doirasida xizmatlar sohasini rivojlantirish, iqtisodiyot tarmoqlariga innovatsion va raqamli texnologiyalarni keng joriy qilish bo‘yicha takliflarni ishlab chiqadi;
  4. Hududlarda savdo va xizmatlar infratuzilmasini rivojlantirish yo‘nalishida vazirlikning hududiy boshqarmalari faoliyatini muvofiqlashtirishda qatnashadi;
  5. Davlat statistika organlari bilan birgalikda xizmatlar sohasidagi statistik va tahliliy ma’lumotlar bazalarini shakllantiradi;

   

 

       HUDUDLARDA XIZMATLAR SOHASINING USTUVOR     

    YO‘NALISHLARINI RIVOJLANTIRISH BOSHQARMASI

YETAKCHI MUTAXASSISI VAKANT LAVOZIMIGA

Lavozimga mos asosiy talab va vazifalar

Talablar:

  1. Iqtisodiyot, bank va moliya bo‘yicha oliy ma’lumotga ega, ushbu sohalarda, jumladan, xizmatlar yo‘nalishida 3 yildan kam bo‘lmagan mehnat stajiga ega bo‘lishi;
  2. Hududlarda xizmatlar sohasini rivojlantirish imkoniyatlari hamda Jahon savdo tashkilotining Xizmatlar savdosi to‘g‘risidagi asosiy kelishuvi (GATS) to‘g‘risida bilim va ko‘nikmalarga ega bo‘lishi;
  3. Shaxsiy mas’uliyatni his etish hamda ish yuzasidan lozim darajada muzokaralarni olib borish ko‘nikmasiga ega bo‘lishi;

 

Vazifalar:

  1. Mamlakatda xizmatlar sohasini rivojlantirish dasturlarini amalga oshirilishini tahlil qilish hamda soha rivojlanishining holati bo‘yicha axborot-tahliliy materiallarni tayyorlashda qatnashadi;
  2. Xizmatlar sohasining rivojlanish darajasining ko‘rsatkichlarini tahlil qilish va prognozlash hamda Respublikaning JSTga a’zo bo‘lishining xizmatlar sohasiga ta’sirini o‘rganishda qatnashadi;
  3. Vakolat doirasida xizmatlar sohasini rivojlantirish, iqtisodiyot tarmoqlariga innovatsion va raqamli texnologiyalarni keng joriy qilish bo‘yicha takliflarni ishlab chiqadi;

 

AXBOROT XIZMATI

BOSH MUTAXASSISI VAKANT LAVOZIMIGA

Lavozimga mos asosiy talab va vazifalar

Talablar:       

- oliy ma’lumotli (xalqaro turizm);

- o‘zbek tilini mukammal, rus tilida erkin so‘zlasha oladigan, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining PQ-5117-son qaroriga binoan ingliz tilini o‘z fikrlarini tushuntira olish va erkin yoza olish darajasida bilish, kamida IELTS 6 sertifikatiga ega bo‘lish lozim;

- kompyuter savodxonligi bo‘yicha – Microsoft Word, Excel, Outlook, Power Point  dasturlarida, Corel Draw dasturida hamda Canva, Adobe Photoshop kabi grafik dasturlarida ishlay olish;

- Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirligi Axborot xizmatida                1 oy muddatga amaliyot o‘tagan bo‘lishi kerak;

- oy davomida dunyoning muhim ahamiyatga ega bo‘lgan iqtisodiy-siyosiy va moliyaviy maqolalarini aniqlash hamda bu haqida qisqacha tahliliy materiallar (opinions) tayyorlay olish;

- muomala va muzokara madaniyati;

- o‘z fikr-mulohazalarini hamda takliflarini taqdim qila olish;

- mas’uliyatli va muddatlarga rioya qilish;

- vazifalardan kelib chiqib, tegishli materiallarni tahlil qilish, sohaga oid muammolarni aniqlash, ularni bartaraf etish bo‘yicha vazifalarni belgilab olish yuzasidan taklif va mulohazalar kiritish, olingan ma’lumotlarni tizimlashtirish, ishlarni aniq rejalashtirish va samarali tashkil etish hamda yetarli darajada tashkilotchilik qobiliyatlariga ega bo‘lish;

- turli tuzilmalar, jumladan, OAVlar bilan do‘stona muloqot qila olish;

- sohaga oid me’yoriy-huquqiy hujjatlar, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti va Hukumat hujjatlari loyihalarini tayyorlash, ularning ijrosini ta’minlash hamda nazoratini yuritish bilan bevosita shug‘ullanish.

Vazifalar:

- bo‘lim boshlig‘i tomonidan bo‘lim Nizomiga muvofiq yuklatilgan funksiyalar ijrosini ta’minlash;

- ommaviy axborot vositalari vakillari bilan yangi aloqalarni o‘rnatish;

- xorijiy elektron va bosma OAV monitoringini amalga oshirish;

- Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirligi faoliyatiga taalluqli rasmiy xabarlar, ekspert izohlari hamda boshqa axborot (jurnalistik) materiallarni ommaviy axborot vositalarida tarqatish;

- tezkor ishlarda zarur bo‘lgan matn materiallarini yozishni amalga oshirish;

- vazirlik ishtirokidagi matbuot anjumanlarida, brifinglarda OAV vakillarining ishtirokini ta’minlash;

- tezkor axborot-ma’lumotnoma ishlarini olib borish, Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirligi faoliyatiga oid ommaviy axborot vositalari hamda boshqa tashkilotlarning so‘rovlariga javob tayyorlash;

- nashr etish, tele yoki radiouzatish uchun materiallarni yig‘ish va tayyorlashni amalga oshiruvchi jurnalistlarga yordam berish;

- matnlarni yozish (matbuot press-relizlari, maqolalar, sharhlar, intervyular va boshqalar);

- ixtisoslashtirilgan va biznes ommaviy axborot vositalari bilan hamkorlik qilish, axborot va izohlar berish;

- kunlik OAV monitoringi;

- prezentatsiyalar o‘tkazish;

- tadbirlarni suratga olish;

- ijtimoiy tarmoqlar uchun matnlarni to‘g‘rilash;

- tashqi va ichki tadbirlarni tayyorlashda ishtirok etish;

- yangiliklar, press-relizlar va tadbirlar yuzasidan axborot jamlash bo‘yicha vazirlikning barcha bo‘linmalari bilan hamkorlik qilish;

- vazirlikning maqsadli dasturlari va maxsus loyihalarini axborot bilan qo‘llab-quvvatlashni ta’minlash bo‘yicha ommaviy axborot vositalari bilan muzokaralar olib borish;

- Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirligi faoliyati to‘g‘risidagi e’lon qilingan ma’lumotlarning to‘g‘riligini tekshirish.