OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI IQTISODIY TARAQQIYOT VA KAMBAGʻALLIKNI QISQARTIRISH VAZIRLIGI MARKAZIY APPARATIDA MAVJUD BOʻSH ISH OʻRINLARIGA TANLOV E’LON QILADI  

24/02/2022 - 10:28 4014

OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI
IQTISODIY TARAQQIY
OT VA KAMBAGʻALLIKNI QISQARTIRISH VAZIRLIGI MARKAZIY APPARATDA MAVJUD BOʻSH ISH OʻRINLARIGA TANLOV EʻLON QILADI

 

Tanlov jarayoni Iqtisodiy taraqqiyot va kambagʻallikni qisqartirish vazirligining 2021-yil 5-martdagi “Iqtisodiy taraqqiyot va kambagʻallikni qisqartirish vazirligi  markaziy apparati, hududiy boʻlinmalar, tizimdagi tashkilotlar va muassasalaridagi vakant lavozimlarga ishga qabul qilish, xodimlarni boshqa lavozimdan oʻtkazishda tanlov asosida saralab olish” toʻgʻrisidagi Tartibi asosida maxsus tuzilgan komissiya tomonidan 3 bosqichda amalga oshiriladi.

 

1-bosqich: Tanlovda ishtirok etish istagi boʻlgan nomzodlar Davlat xizmatini rivojlantirish agentligining “Davlat fuqarolik xizmatchilari vakant lavozimlarining yagona ochiq portali” (https://vacancy.argos.uz)da roʻyxatdan oʻtishlari, Iqtisodiy taraqqiyot va kambagʻallikni qisqartirish vazirligida mavjud boʻsh lavozimlardan birini tanlab, soʻralgan hujjatlarni elektron shaklda taqdim etishlari zarur.

Nomzodlardan ariza va kerakli hujjatlarni qabul qilish                             

2022-yil 24-fevraldan 5-martgacha davom etadi.

 

2-bosqich: Birinchi bosqichdan oʻtgan nomzodlar bilan test sinovlari oʻtkaziladi. Nomzodlar 3-bosqich suhbat jarayoniga taklif qilinishlari uchun ularning test natijalari 60 balldan kam boʻlmasligi kerak.  

 

3-bosqich: Ikkinchi bosqichdan oʻtgan nomzodlar bilan yuqoridagi talablarga javob berishlarini tekshirish maqsadida oʻzbek, rus va ingliz tillarida suhbat oʻtkaziladi. Suhbat natijasi 100 ball tizimi boʻyicha baholanadi (6 ta mezon boʻyicha), bunda komissiyaning har bir a’zosi suhbat natijasi bo‘yicha nomzodlarga ball qoʻyib chiqadi.

 

Komissiya tomonidan har bir nomzod boʻyicha ballar hisoblab chiqiladi va tanlovning yakuniy natijalari Iqtisodiy taraqqiyot va kambagʻallikni qisqartirish vazirligi rasmiy veb-sayti orqali ma’lumot beriladi (www.mineconomy.uz) hamda har bir nomzodning shaxsiy kabineti yoki telefoni  orqali xabar beriladi.

Bogʻlanish uchun (+99871) 232-64-29, (+99871) 232-65-40  telefon raqamlariga murojaat qilishingiz mumkin.

 

Tanlovda ishtirok etayotgan nomzod bir vaqtning oʻzida uchta boʻsh lavozim uchun ariza bilan murojaat etish imkoniyatiga ega.

Tanlovda ishtirok etish bo’yicha arizalarni qabul qilish faqat nomzodlar tomonidan saytdagi elektron soʻrovnomani toʻldirish orqali amalga oshiriladi.

Ariza va hujjatlarni qabul qilish vaqti o’tgandan so’ng yuborilgan ariza va hujjat egalari tanlovda ishtirok eta olmaydi.

 

Hujjatlarni qabul qilish uchun havolahttps://vacancy.argos.uz

 

YOʻL-TRANSPORT VA MUHANDISLIK-KOMMUNIKATSIYA INFRATUZILMASINI RIVOJLANTIRISH DEPARTAMENTI

YOʻL-TRANSPORT INFRATUZILMASINI RIVOJLANTIRISH BOSHQARMASI

YETAKCHI MUTAXASSIS VAKANT LAVOZIMIGA

Lavozimga qoʻyiladigan asosiy talab va vazifalar

Talablar:

  1. Transport va iqtisodiyot sohalarida oliy maʼlumotga ega boʻlish (magistratura);
  2. Transport sohada respublika darajasidagi vazirlik idoralarda (Transport vazirligi, Moliya vazirligi, Iqtisodiy taraqqiyot va kambagʻallikni qisqartirish vazirligi, Avtomobil yoʻllar qoʻmitasi, “Oʻzbekiston temir yoʻllari” AJ, “Uzbekistan airways” AJ, “Uzbekistan airports” AJ) kamida 4 yil ish tajribasiga ega boʻlish (rahbarlik lavozimidagi nomzodlar ijobiy baholanadi );
  3. Yoʻl-transport infratuzilmasi loyihalarni va raqamlarni tahlil qilish boʻyicha tajriba mavjudligi;
  4. Kompyuter dasturlarida ishlay olish qobiliyati;
  5. Kreativ, tanqidiy, strategik va tahliliy fikrlash qobiliyatiga ega boʻlish;
  6. Jamoada ishlash, masʼuliyatli, mehnatsevarlik, fidoyi, tashkilotchilik qobiliyatiga ega boʻlish;
  7. Oʻzbek tilini mukammal, rus va ingliz tillarini yuqori darajada bilgan nomzodlar ijobiy baholanadi.

Vazifalar:

  1. Yoʻl-transport sohasidagi korxonalarni faoliyatini tahlil qilish;
  2. Boshqarma vakolatiga taalluqli masalalar yuzasidan jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlariga javob berish;
  3. Boshqarma ish faoliyatiga oid Hukumat qarorlarini va boshqa meʼyoriy hujjatlarni oʻrganib borish va vazirlikni tegishli boʻlinmalari bilan kelishish;
  4. Ommaviy axborot vositalar uchun tahliliy maʼlumot tayyorlash;
  5. Elektron hujjatlar aylanish tizimlari orqali kiritilgan topshiriqlarning belgilangan muddatlarda sifatli bajarish;
  6. Respublika hududlariga xizmat safarlariga chiqish.

 

MAKROIQTISODIY SIYOSAT, TAHLIL VA PROGNOZLASHTIRISH DEPARTAMENTI

MAKROIQTISODIY DASTURLASH VA MODELLASHTIRISH BOSHQARMASI

YETAKCHI MUTAXASSIS VAKANT LAVOZIMIGA

Lavozimga mos asosiy talab va vazifalar

Talablar:

  1. Iqtisodiyot yo‘nalishi bo‘yicha oliy maʼlumotga (magistrlik darajasi ijobiy baholanadi) ega bo‘lish.
  2. Iqtisodiyot yo‘nalishi bo‘yicha kamida 3 yillik ish stajiga ega bo‘lish.
  3. Matematika, statistika va ekonometrika dasturlarini (STATA, Eviews va boshqa) iqtisodiyotda qo‘llash ko‘nikmalariga ega bo‘lish.
  4. Makroiqtisodiy ko‘rsatkichlarni bazaviy tahlil qilish hamda prognozlashtirish qobiliyatiga ega bo‘lish.
  5. Kompyuter dasturlarida ishlay olish qobiliyati bo‘lishi.
  6. Kreativ va tanqidiy fikrlash qobiliyatiga ega bo‘lish.
  7. Jamoada ishlash qobiliyatiga ega bo‘lishi.
  8. Makroiqtisodiy dasturlash va modellashtirishda statistik maʼlumotlar bilan ishlash ko‘nikmasiga ega bo‘lish.
  9. O‘zbek tilini mukammal, rus va ingliz tillarini yuqori darajada bilgan nomzodlar ijobiy baholanadi.

 

Vazifalar:

  1. Makroiqtisodiy siyosatni ishlab chiqilishi, amalga oshirilishi va doimiy tahlilini yuritishda ishtirok etish.
  2. O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki, Moliya vazirligi va tegishli vazirlik va idoralar bilan birgalikda makroiqtisodiy barqarorlikni taʼminlashda ishtirok etish.
  3. Iqtisodiyotning real, fiskal, monetar va tashqi sektorlar holati bo‘yicha doimiy tahlili yuritish hamda takliflar ishlab chiqishda ishtirok etish.
  4. Makroiqtisodiy dasturlash va modellashtirish orqali makroiqtisodiy ko‘rsatkichlarni tahlil qilishda ishtirok etish.
  5. Xalqaro tajriba asosida makroiqtisodiy dasturlash va modellashtirish orqali qisqa, o‘rta va uzoq muddatli prognozlarni ishlab chiqishda ishtirok etish.
  6. Xalqaro tashkilotlar hamda xalqaro moliya institutlari bilan birgalikda ishlashda ishtirok etish.
  7. Boshqarmaga tegishli maʼlumotlar bazasini shakllantirish va yangilab borishda ishtirok etish.
  8. Boshqarma ish faoliyatiga oid Hukumat qaror va boshqa meʼyoriy hujjatlarni o‘rganib borish va doimiy ravishda o‘z malakasini oshirib borish.

 

PUDRAT BOZORINI RIVOJLANTIRISH VA QURILISHDA NARXLARNI SHAKLLANTIRISHNI TAHLIL QILISH BOSHQARMASI

BOSHQARMA BOSHLIGʻI OʻRINBOSARI VAKANT LAVOZIMIGA

Lavozimga mos asosiy talab va vazifalar

Talablar:

 

  1. Qurilish, iqtisodiyot va moliya sohalarida oliy maʼlumotga ega boʻlish;
  2. Umumiy 8 yil, sohada kamida 5 yil ish tajribasiga ega boʻlish;
  3. Qurilish-pudrat va buyurtmachilik sohasida ish tajribasiga va yetarli bilimlarga ega boʻlish, kreativ, tanqidiy, strategik va tahliliy fikrlash qobiliyatiga ega boʻlish;
  4. Kompyuter dasturlarida ishlay olish qobiliyati;
  5. Jamoada ishlash, masʼuliyatli, mehnatsevar, fidoiy, tashkilotchilik qobiliyatiga ega boʻlish;
  6. Oʻzbek tilini mukammal, rus va ingliz tillarini yuqori darajada bilgan IELTS sertifikatiga ega boʻlgan (kamida 6,0 ball) nomzodlar ijobiy baholanadi.

Vazifalar:

  1. Umumiy iqtisodiy bilimlar;
  2. Qurilish pudrat va maxsus montaj ishlari bozorini va qurilish tashkilotlari faoliyatini muvofiqlashtirish, ularning faoliyati samaradorligini oshirish toʻgʻrisida takliflar tayyorlash va kiritish;
  3. Zamonaviy talablarga mos keladigan qurilish-pudrat tashkilotlarini tashkil etish va xorijiy davlatlarda qurilish-pudrat ishlari bozoriga ushbu mahalliy qurilish-pudrat tashkilotlarini ishtirok etishiga koʻmaklashish;
  4. Qurilish-pudrat tashkilotlarining yagona maʼlumotlar bazasini tashkil etish boʻyicha dastur ishlab chiqilishini hamda manfaatdor vazirlik va idoralar bilan integratsiyalashishini tashkil etish.
  5. Investitsiya dasturiga taklif qilinayotgan loyihalarning qurilish narxlari toʻgʻri shakllantirilganligini tahlil qilish;
  6. Qurilishda hisoblangan qiymati tasdiqlangan loyiha-smeta hujjatlariga nisbatan oshib ketgan qurilish obyektlarining ish hajmlariga kiritilgan oʻzgartirish va qoʻshimchalar hamda qurilishning ikkinchi va keyingi yillarida shartnomaviy joriy narxlarda qurilish shartnomaviy qiymatini aniqlashtirish;
  7. Biriktirilgan masalalar boʻyicha materiallar va hujjatlar loyihalarining sifatli va oʻz vaqtida tayyorlanishini tashkil qilish, topshiriqlarning bajarilishi yuzasidan nazoratni taʼminlash;
  8. Boshqarma vakolatiga taalluqli masalalar yuzasidan jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlariga javob berish;
  9. Sohadagi yangiliklarga intilish, tashabbus koʻrsatib borish.

 

SANOATNING BAZAVIY TARMOQLARINI RIVOJLANTIRISH DEPARTAMENTINI

YOQILG‘I-ENERGETIKA VA KIMYO SANOATINI RIVOJLANTIRISH BOSHQARMASI

1.BOSHQARMASI BOSHLIG‘I O‘RINBOSARI

Lavozimga mos asosiy talab va vazifalar

Talablar:

  1. Iqtisodiyot, moliya va yoqilg‘i-energetika yo‘nalishlari bo‘yicha oliy ma’lumotga ega bo‘lishi.
  2. Davlat boshqaruvi organlarida mutaxassisligi bo‘yicha kamida 4 yillik ish tajribaga ega bo‘lishi (xalqaro tashkilotlar ofislarida faoliyat yuritgan nomzodlar ijobiy baholanadi).
  3. Qisqa muddatda katta hajmdagi materiallarni tahlil qilish va bu asosida tahliliy ma’lumotlar tayyorlash, ish jarayonini samarali boshqarish ko‘nikmasiga ega bo‘lish.
  4. Rahbariyat va yuqori tashkilotlarning topshiriqlarini sifatli va o‘z vaqtida bajarilishini taʼminlash.
  5. Boshqarma ish rejasini tuzish, ish rejaga muvofiq ishni tashkil qilish va rahbariyatga ishlarning bajarilishi to‘g‘risida hisobot berish.
  6. Jamoada ishlash, boshqaruv qarorlarini to‘g‘ri va tezkor qabul qila olish, tahliliy va kreativ fikrlash, tashabbuskorlik va o‘z vazifasiga masʼuliyat bilan yondashish qobiliyatlariga ega bo‘lish.
  7. 7. Shaxsiy masʼuliyatni his etish hamda ish yuzasidan lozim darajada muzokaralarni olib borish ko‘nikmasiga ega bo‘lishi.
  8. 8. AKT, MS Office, internetdan foydalanish, ma’lumotlar bazasi va elektron xatlar bilan yuqori darajada ishlash.
  9. 9. O‘zbek tilini mukammal, rus, ingliz va boshqa chet tillarini yuqori darajada bilgan nomzodlar ijobiy baholanadi.

Vazifalar:

  1. Yoqilg‘i-energetika va kimyo sanoati tarmoqlari bilan birgalikda tarmoqlarni rivojlantirish bo‘yicha strategiyalar, dasturlar va istiqbolli prognozlarni ishlab chiqish.
  2. Yoqilg‘i-energetika va kimyo sanoatining mavjud ishlab chiqarish, ilmiy-texnik
    va kadrlar salohiyatidan samarali foydalanishni taʼminlovchi qisqa, o‘rta va uzoq muddatli prognozlarni, shuningdek yoqilg‘i-energetika va kimyo sanoatini rivojlantirish dasturlarini ishlab chiqishni tashkil qilish va muvofiqlashtirish.
  3. Tegishli tavsiyalar va takliflarni ishlab chiqish bilan yoqilg‘i-energetika va kimyo sanoati tarmoqlarining iqtisodiy va ijtimoiy holatini har tomonlama va tizimli tahlil qilishni amalga oshirish.
  4. Yoqilg‘i-energetika va kimyo sanoati tarmog‘ining rivojlanish tendentsiyalarini aniqlash, shuningdek ularni rivojlantirish asoslari bilan ularni rivojlantirishdagi mavjud nomutanosibliklarni aniqlash.
  5. Prezident Аdministratsiyasiga, Vazirlar Mahkamasiga va O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisiga asosiy strategik ijtimoiy-iqtisodiy muammolarni hal etishga, normativ-huquqiy bazani shakllantirishga, iqtisodiyotni boshqariladigan tarmoqlarda chuqurlashtirish va liberallashtirishga qaratilgan takliflar, tavsiyalar va tahliliy eslatmalarni ishlab chiqish.
  6. Yoqilg‘i-energetika va kimyo sanoati resurslarining yillik balanslarini va yoqilg‘i-energetika va kimyo sanoati tarmoqlarining barqaror, dinamik va mutanosib rivojlanishini taʼminlash usullarini ishlab chiqish.
  7. Yoqilg‘i-energetika va kimyo sanoati resurslari balanslarining bajarilishi to‘g‘risida choraklik va yillik ma’lumotlarni tayyorlash.
  8. Narxlar va monopoliyaga qarshi siyosat yo‘nalishlari bo‘yicha takliflar tayyorlash, yoqilg‘i-energetika va kimyo sanoati resurslari narxlari va tariflarini tartibga solish mexanizmini takomillashtirish.
  9. Yoqilg‘i-energetika va kimyo sanoati tarmog‘ining investitsiya loyihalari bo‘yicha ekspertizani o‘tkazish va loyiha hujjatlari bo‘yicha xulosalar berish hamda O‘zbekiston Respublikasi hukumati tomonidan kafolatlangan xorijiy kreditlar va markazlashtirilgan kapital qo‘yilmalar shuningdek barcha davlat tomonidan moliyalashtiriladigan loyihalarning amalga oshirilishini nazorat qilib borish.
  10. Neft va gaz (ko‘mir) sohasida geologiya-qidiruv ishlarini rivojlantirish dasturini ko‘rib chiqish, uglevodorod (ko‘mir) zaxiralarini ko‘paytirishda bo‘yicha davlat buyurtmasini bajarish bilan bog‘liq geologik tadqiqotlarni moliyalashtirish bo‘yicha takliflarni tasdiqlashga tayyorlash.
  11. Yoqilg‘i-energetika va kimyo sanoatini rivojlantirishda xorijiy tajribani o‘rganish va ularni O‘zbekiston sharoitida amalga oshirish bo‘yicha amaliy takliflarni tayyorlash.
  12. Boshqarma faoliyati bilan bog‘liq hukumat qarorlari, qoidalari, yo‘riqnomalari
    va boshqa me’yoriy hujjatlar loyihalarini ishlab chiqishda ishtirok etish.

 

2.BOSHQARMA YETAKCHI MUTAXASSISI

Lavozimga mos asosiy talab va vazifalar

Talablar:

  1. Iqtisodiyot, moliya, yoqilg‘i-energetika va boshqa texnik yo‘nalishlari bo‘yicha oliy maʼlumotga ega bo‘lishi.
  2. Davlat boshqaruvi organlarida mutaxassisligi bo‘yicha kamida 3 yillik ish tajribaga ega bo‘lishi (xalqaro tashkilotlar ofislarida faoliyat yuritgan nomzodlar ijobiy baholanadi).
  3. Qisqa muddatda katta hajmdagi materiallarni tahlil qilish va bu asosida tahliliy maʼlumotlar tayyorlash, ish jarayonini samarali boshqarish ko‘nikmasiga ega bo‘lish.
  4. Rahbariyat va yuqori tashkilotlarning topshiriqlarini sifatli va o‘z vaqtida bajarilishini taʼminlash.
  5. Jamoada ishlash, boshqaruv qarorlarini to‘g‘ri va tezkor qabul qila olish, tahliliy va kreativ fikrlash, tashabbuskorlik va o‘z vazifasiga masʼuliyat bilan yondashish qobiliyatlariga ega bo‘lish.
  6. Shaxsiy masʼuliyatni his etish hamda ish yuzasidan lozim darajada muzokaralarni olib borish ko‘nikmasiga ega bo‘lishi.
  7. AKT, MS Office, internetdan foydalanish, ma’lumotlar bazasi va elektron xatlar bilan yuqori darajada ishlash.
  8. O‘zbek tilini mukammal, rus, ingliz va boshqa chet tillarini yuqori darajada bilgan nomzodlar ijobiy baholanadi.

Vazifalar:

  1. Yoqilg‘i-energetika va kimyo sanoati tarmoqlari bilan birgalikda tarmoqlarni rivojlantirish bo‘yicha strategiyalar, dasturlar va istiqbolli prognozlarni ishlab chiqish.
  2. Yoqilg‘i-energetika va kimyo sanoatining mavjud ishlab chiqarish, ilmiy-texnik va kadrlar salohiyatidan samarali foydalanishni taʼminlovchi qisqa, o‘rta va uzoq muddatli prognozlarni, shuningdek yoqilg‘i-energetika va kimyo sanoatini rivojlantirish dasturlarini ishlab chiqishni tashkil qilish va muvofiqlashtirish;
  3. Tegishli tavsiyalar va takliflarni ishlab chiqish bilan yoqilg‘i-energetika va kimyo sanoati tarmoqlarining iqtisodiy va ijtimoiy holatini har tomonlama va tizimli tahlil qilishni amalga oshirish.
  4. Yoqilg‘i-energetika va kimyo sanoati tarmog‘ining rivojlanish tendentsiyalarini aniqlash, shuningdek ularni rivojlantirish asoslari bilan rivojlantirishdagi mavjud nomutanosibliklarni aniqlashda ishtirok etish.
  5. Ilg‘or resurslarni tejovchi texnologiyalar asosida ishlab chiqarishni va tarmoqlararo komplekslarni modernizatsiya qilish va texnik qayta jihozlashni rivojlantirish dasturining holatini nazorat qilish.
  6. Tabiiy gaz, neft mahsulotlari, polietilen, suyultirilgan gaz, oltingugurt, ko‘mir, elektr energiya va kimyo sanoatidagi mineral o‘g‘itlar hamda sulfat kislota balanslarini bajarilishini doimiy monitoring qilish. 

 

DAVLAT INVESTIТSIYA SIYOSATINI YURITISH VA MUVOFIQLASHTIRISH DEPARTAMENTI

 

IJTIMOIY SOHA LOYIHALARINI ISHLAB CHIQISH VA MONITORING QILISH BO’LIMI

 

BOSH MUTAXASSISI VAKANT LAVOZIMIGA

Lavozimga mos asosiy talab va vazifalar

Talablar:

  1. Iqtisodiyot va moliya sohalarida oliy ma’lumotga ega bo‘lish;
  2. Umumiy 3 yil, sohada kamida 2 yil ish tajribasiga ega bo‘lish;
  3. Investitsion loyihalarni tahlil va ekspertiza qilish bo‘yicha tajriba mavjudligi;
  4. Kompyuter dasturlarida ishlay olish qobiliyati;
  5. Kreativ, tanqidiy, strategik va tahliliy fikrlash qobiliyatiga ega bo‘lish;
  6. 6. Jamoada ishlash, mas’uliyatli, mehnatsevar, fidoiy, tashkilotchilik qobiliyatiga ega bo‘lish;
  7. O‘zbek tilini mukammal, rus va ingliz tillarini yuqori darajada bilgan IELTS sertifikatiga ega bo‘lgan (kamida 6,0 ball) nomzodlar ijobiy baholanadi.

Vazifalar:

  1. Umumiy iqtisodiy bilimlar;
  2. Investitsiya sohasini chuqur bilishi;
  3. Soha bo‘yicha yuridik va qonun hujjatlarini tahlil qila olishi.
  4. Elektron hujjatlar aylanish tizimlariga tegishli topshiriqlarning bajarilish holati to‘g‘risidagi ma’lumotlar kiritilishini nazorat qilish;
  5. Boshqarma vakolatiga taalluqli masalalar yuzasidan jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlariga javob berish;
  6. Boshqarma ish faoliyatiga oid Hukumat qarorlarini va boshqa me’yoriy hujjatlarni o‘rganib borish va doimiy ravishda o‘z malakasini oshirib borish;
  7. Sohadagi yangiliklarga intilish, tashabbus ko‘rsatib borish;
  8. 8. Hisobot va ma’lumotlarni belgilangan muddatlarda sifatli taqdim etib borilishini ta’minlash.