OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI IQTISODIY TARAQQIYOT VA KAMBAGʻALLIKNI QISQARTIRISH VAZIRLIGI MARKAZIY APPARATDA MAVJUD BOʻSH ISH OʻRINLARIGA TANLOV E’LON QILADI
11/02/2022 - 15:41 3531
Tanlov jarayoni Iqtisodiy taraqqiyot va kambagʻallikni qisqartirish vazirligining 2021-yil 5-martdagi “Iqtisodiy taraqqiyot va kambagʻallikni qisqartirish vazirligi markaziy apparati, hududiy boʻlinmalar, tizimdagi tashkilotlar va muassasalaridagi vakant lavozimlarga ishga qabul qilish, xodimlarni boshqa lavozimdan oʻtkazishda tanlov asosida saralab olish” toʻgʻrisidagi Tartibi asosida maxsus tuzilgan komissiya tomonidan 3 bosqichda amalga oshiriladi.
1-bosqich: Tanlovda ishtirok etish istagi boʻlgan nomzodlar Davlat xizmatini rivojlantirish agentligining “Davlat fuqarolik xizmatchilari vakant lavozimlarining yagona ochiq portali” (https://vacancy.argos.uz)da roʻyxatdan oʻtishlari, Iqtisodiy taraqqiyot va kambagʻallikni qisqartirish vazirligida mavjud boʻsh lavozimlardan birini tanlab, soʻralgan hujjatlarni elektron shaklda taqdim etishlari zarur.
Nomzodlardan ariza va kerakli hujjatlarni qabul qilish
2022-yil 10-fevraldan 19-fevralgacha davom etadi.
2-bosqich: Birinchi bosqichdan oʻtgan nomzodlar bilan test sinovlari oʻtkaziladi. Nomzodlar 2-bosqich suhbat jarayoniga taklif qilinishlari uchun ularning test natijalari 60 balldan kam boʻlmasligi kerak.
3-bosqich: Ikkinchi bosqichdan oʻtgan nomzodlar bilan yuqoridagi talablarga javob berishlarini tekshirish maqsadida oʻzbek, rus va ingliz tillarida suhbat oʻtkaziladi. Suhbat natijasi 100 ball tizimi boʻyicha baholanadi (6 ta mezon boʻyicha), bunda komissiyaning har bir a’zosi suhbat natijasi bo‘yicha nomzodlarga ball qoʻyib chiqadi.
Komissiya tomonidan har bir nomzod boʻyicha ballar hisoblab chiqiladi va tanlovning yakuniy natijalari Iqtisodiy taraqqiyot va kambagʻallikni qisqartirish vazirligi rasmiy veb-sayti orqali ma’lumot beriladi (www.mineconomy.uz) hamda har bir nomzodning vacancy.argos.uz portalidagi shaxsiy kabineti yoki telefoni orqali xabar beriladi.
Bogʻlanish uchun (+99871) 232-64-29, (+99871) 232-65-40 telefon raqamlariga murojaat qilishingiz mumkin.
Tanlovda ishtirok etayotgan nomzod bir vaqtning oʻzida uchta boʻsh lavozim uchun ariza bilan murojaat etish imkoniyatiga ega.
Tanlovda ishtirok etish bo‘yicha arizalarni qabul qilish faqat nomzodlar tomonidan saytdagi elektron soʻrovnomani toʻldirish orqali amalga oshiriladi.
Ariza va hujjatlarni qabul qilish vaqti o‘tgandan so‘ng yuborilgan ariza va hujjat egalari tanlovda ishtirok eta olmaydi.
Hujjatlarni qabul qilish uchun havola – https://vacancy.argos.uz
Ijro intizomi va Davlat dasturlarini monitoring qilish boshqarmasi bosh mutaxassisi vakant lavozimiga
Lavozimga mos asosiy talab va vazifalar
Talablar:
- Iqtisodiyot yoʻnalishi boʻyicha oliy maʼlumotga, vazirlik va idoralarning boshqaruv lavozimlarida kamida 3 yil ish tajribasiga ega boʻlishi;
- Iqtisodiyot, moliya, soliq, shuningdek, bank ishi yoʻnalishlarida oliy maʼlumotga ega boʻlishi (xorijiy va xalqaro oliy oʻquv yurtlarda tahsil olgan nomzodlarga afzallik beriladi);
- Oʻzbek tilini mukammal, rus va ingliz tillarini yuqori darajada bilgan (boʻsh ish oʻrni xizmat vazifalaridan kelib chiqadi); IELTS sertifikatiga ega boʻlishi (kamida 6 ball) ijobiy baholanadi;
- Kompyuter savodxonligi, jumladan, Microsoft Word, Excel va Power Point dasturlarini mukammal bilish;
- Halollik, mehnatsevarlik, tashabbuskorlik va oʻz vazifasiga masʼuliyat bilan yondashish;
- Jamoa bilan ishlash, tahliliy va kreativ fikrlash, tashabbuskorlik, oʻz vazifasiga masʼuliyat bilan yondashish hamda qaror qabul qilishda professional yondashish qobiliyatlariga ega boʻlish;
- Mamlakatda olib borilayotgan ijtimoiy-siyosiy islohotlardan xabardor boʻlish va ular boʻyicha amalga oshirilayotgan chora-tadbirlar mohiyatini chuqur anglay olish.
Vazifalar:
- “Inson qadrini ulugʻlash va faol mahalla yili” Davlat dasturining bajarilishi belgilangan vazifalarni amalga oshirilishi yuzasidan vazirlikning tarkibiy boʻlinmalari tomonidan meʼyoriy-huquqiy hujjatlarni belgilangan vaqtda ishlab chiqilishi hamda himoya qilinishi ustidan tizimli nazorat oʻrnatish;
- 2. Oʻzbekiston Respublikasi Qonunlari, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining palatalari va Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining hujjatlari va topshiriqlarida, Hukumat qarorlarida va topshiriqlarida belgilangan nazorat topshiriqlarini elektron shaklda (“isv.ijro.uz” dasturiy taʼminotida) shakllantirish;
- Davlat organlari tomonidan koʻrib chiqish va kelishish uchun (shuningdek, ularning elektron shaklda “Project.gov.uz” hujjatlarni ishlab chiqish va kelishishni yagona elektron tizimi orqali yuborilgani boʻyicha) taqdim etilgan normativ-huquqiy hujjatlar loyihalari boʻyicha xulosalar tayyorlashning Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining Reglamentiga muvofiq belgilangan muddatlarda amalga oshirilishini nazorat qilish;
- Vazirlar Mahkamasining 2009-yil 28-avgustdagi 11-10-son topshirigʻiga asosan, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining Farmonlari, qarorlari va farmoyishlar, shuningdek Vazirlar Mahkamasining qarorlari va farmoyishlari ijrosi yuzasidan maʼlumotlarni masʼul ijrochilardan (vazirlik markaziy apparati tarkibiy boʻlinmalaridan hamda Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar iqtisodiy taraqqiyot va kambagʻallikni qisqartirish bosh boshqarmalaridan) 3-va 4-jadvallar boʻyicha umumlashtirib hisobotni shakllantirish;
- Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Ijro.gov.uz” ijro intizomi idoralararo yagona elektron tizimi samarali faoliyat koʻrsatishini taʼminlashga qaratilgan qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida” 2021-yil 31-maydagi PQ-5132-son Farmoniga muvofiq ijro intizomini mustahkamlash boʻyicha yagona va uzluksiz “texnologik zanjir”ni tashkil qilish.