OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI IQTISODIY TARAQQIYOT VA KAMBAGʻALLIKNI QISQARTIRISH VAZIRLIGI MARKAZIY APPARATDA MAVJUD BOʻSH ISH OʻRINLARIGA TANLOV EʻLON QILADI

04/02/2022 - 12:48 3708

Tanlov jarayoni Iqtisodiy taraqqiyot va kambagʻallikni qisqartirish vazirligining 2021-yil 5-martdagi “Iqtisodiy taraqqiyot va kambagʻallikni qisqartirish vazirligi  markaziy apparati, hududiy boʻlinmalar, tizimdagi tashkilotlar va muassasalaridagi vakant lavozimlarga ishga qabul qilish, xodimlarni boshqa lavozimdan oʻtkazishda tanlov asosida saralab olish” toʻgʻrisidagi Tartibi asosida maxsus tuzilgan komissiya tomonidan 3 bosqichda amalga oshiriladi.

1-bosqich: Tanlovda ishtirok etish istagi boʻlgan nomzodlar Davlat xizmatini rivojlantirish agentligining “Davlat fuqarolik xizmatchilari vakant lavozimlarining yagona ochiq portali” (https://vacancy.argos.uz)da roʻyxatdan oʻtishlari, Iqtisodiy taraqqiyot va kambagʻallikni qisqartirish vazirligida mavjud boʻsh lavozimlardan birini tanlab, soʻralgan hujjatlarni elektron shaklda taqdim etishlari zarur.

Nomzodlardan ariza va kerakli hujjatlarni qabul qilish                             

2021-2022 yil 4 fevraldan 13 fevralgacha davom etadi.

2-bosqich: Birinchi bosqichdan oʻtgan nomzodlar bilan test sinovlari oʻtkaziladi. Nomzodlar 2-bosqich suhbat jarayoniga taklif qilinishlari uchun ularning test natijalari 60 balldan kam boʻlmasligi kerak.  

3-bosqich: Ikkinchi bosqichdan oʻtgan nomzodlar bilan yuqoridagi talablarga javob berishlarini tekshirish maqsadida oʻzbek, rus va ingliz tillarida suhbat oʻtkaziladi. Suhbat natijasi 100 ball tizimi boʻyicha baholanadi (10 ta mezon boʻyicha har biri 1-10 balldan, eng yuqori 10, eng past 1 ball), bunda komissiyaning har bir a’zosi suhbat natijasi bo’yicha nomzodlarga ball qoʻyib chiqadi.

Komissiya tomonidan har bir nomzod boʻyicha ballar hisoblab chiqiladi va tanlovning yakuniy natijalari Iqtisodiy taraqqiyot va kambagʻallikni qisqartirish vazirligi rasmiy veb-sayti orqali ma’lumot beriladi (www.mineconomy.uz) hamda har bir nomzodning shaxsiy elektron pochtasi yoki telefoni orqali xabar beriladi.

Bogʻlanish uchun (+99871) 232-64-29, (+99871) 232-65-40  telefon raqamlariga murojaat qilishingiz mumkin.

Tanlovda ishtirok etayotgan nomzod bir vaqtning oʻzida uchta boʻsh lavozim uchun ariza bilan murojaat etish imkoniyatiga ega.

Tanlovda ishtirok etish bo’yicha arizalarni qabul qilish faqat nomzodlar tomonidan saytdagi elektron soʻrovnomani toʻldirish orqali amalga oshiriladi.

Ariza va hujjatlarni qabul qilish vaqti o’tgandan so’ng yuborilgan ariza va hujjat egalari tanlovda ishtirok eta olmaydi.

Hujjatlarni qabul qilish uchun havolahttps://vacancy.argos.uz

NOOZIQ-OVQAT ISTE’MOL TOVARLARINI ISHLAB CHIQARISHNI VA SANOATNING YANGI YO‘NALISHLARINI RIVOJLANTIRISH DEPARTAMENTI

  1. Nooziq-ovqat iste’mol tovarlarini ishlab chiqarishni va sanoatning yangi yo‘nalishlarini rivojlantirish departamenti direktori vakant lavozimiga

Lavozimga mos asosiy talab va vazifalar

Talablar:

  1. Iqtisodiyot yo‘nalishi bo‘yicha oliy ma’lumotga, ishlab chiqarish yoki sanoat yo‘nalishlari bo‘yicha kamida 10 yil ish tajribasiga ega bo‘lishi;
  2. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti va O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining iqtisodiyotni, xususan, sohani rivojlantirish yo‘nalishida qabul qilingan normativ-huquqiy hujjatlarini bilishi;
  3. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti va O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining iqtisodiyotni rivojlantirish yo‘nalishida normativ-huquqiy hujjat loyihalarini tayyorlash ko‘nikmasining mavjudligi;
  4. Sanoatda ilg‘or xorijiy tajribani O‘zbekiston sharoitida qo‘llash bo‘yicha ko‘nikmasining shakllanganligi hamda xalqaro tashkilotlar bilan ishlash tajribasiga egaligi;
  5. Jamoa bilan ishlash, tahliliy va kreativ fikrlash, tashabbuskorlik va o‘z vazifasiga mas’uliyat bilan yondashish hamda qaror qabul qilishda professional yondashish qobiliyatlariga ega bo‘lish;
  6. O‘zbek tilini mukammal, rus va ingliz (nemis, fransuz) tillarini yuqori darajada bilgan nomzodlar ijobiy baholanadi.

Vazifalar:

  1. Sanoat tarmoqlarini, shu jumladan, to‘qimachilik, elektrotexnika, qurilish materiallari, farmatsevtika va charm sanoatini rivojlantirish bo‘yicha strategiya va dasturlar joriy qilish bo‘yicha takliflarni ishlab chiqish;
  2. Iqtisodiyotni rivojlantirish hamda Sanoat tarmoqlari yo‘nalishiga taalluqli Hukumat qarorlari, nizomlari, qoidalari, ko‘rsatmalari va boshqa normativ hujjatlarni ishlab chiqish;
  3. Hududlarni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish dasturlari bilan Sanoat tarmoqlarining dasturlarini o‘zaro bog‘liqligini ta’minlash mexanizmini amalga oshirish;
  4. Ijtimoiy-iqtisodiy dasturlar va qaror loyihalarini ishlab chiqish hamda baholash nuqtai nazaridan ekspertizadan o‘tkazishni amalga oshirish;
  5. Mas’ul vazirlik va idoralar hamda xalqaro tashkilotlar bilan birgalikda Sanoat tarmoqlarini rivojlantirishda hamkorlik qilish;
  6. Sanoat tarmoqlarini rivojlantirish bo‘yicha statistik hisobotlar va hisobot berish metodologiyasini takomillashtirish bo‘yicha takliflar ishlab chiqish;
  7. Sanoat sohalariga investitsiya loyihalarini keng jalb etilishi bilan bog‘lagan holda mahsulot ishlab chiqarish va eksport ko‘rsatkichlarining qisqa, o‘rta va uzoq muddatli prognoz ko‘rsatkichlarini shakllantirishda hamda respublika iqtisodiyoti va sanoatining ko‘p tarmoqli prognoz ko‘rsatkichlarini ishlab chiqishda ishtirok etish;
  8. Tarmoq yo‘nalishlari doirasida doimiy ravishda ma’lumotlar bazasi shakllantirilishi, yuritilishi va yangilab borilishini ta’minlash.

  1. Nooziq-ovqat iste’mol tovarlarini ishlab chiqarishni rivojlantirish boshqarmasi boshlig‘i vakant lavozimiga

Lavozimga mos asosiy talab va vazifalar

Talablar:

  1. Iqtisodiyot yo‘nalishi bo‘yicha oliy ma’lumotga, ishlab chiqarish yoki sanoat yo‘nalishlari bo‘yicha kamida 5 yil ish tajribasiga ega bo‘lishi;
  2. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti va O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining iqtisodiyotni, xususan, sohani rivojlantirish yo‘nalishida qabul qilingan normativ-huquqiy hujjatlarini bilishi;
  3. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti va O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining iqtisodiyotni rivojlantirish yo‘nalishida normativ-huquqiy hujjat loyihalarini tayyorlash ko‘nikmasining mavjudligi;
  4. Sanoatda ilg‘or xorijiy tajribani O‘zbekiston sharoitida qo‘llash bo‘yicha ko‘nikmasining shakllanganligi hamda xalqaro tashkilotlar bilan ishlash tajribasiga egaligi;
  5. Jamoa bilan ishlash, tahliliy va kreativ fikrlash, tashabbuskorlik va o‘z vazifasiga mas’uliyat bilan yondashish hamda qaror qabul qilishda professional yondashish qobiliyatlariga ega bo‘lish;
  6. O‘zbek tilini mukammal, rus va ingliz (nemis, fransuz) tillarini yuqori darajada bilgan nomzodlar ijobiy baholanadi.

Vazifalar:

  1. Sanoat tarmoqlarini, shu jumladan, to‘qimachilik, elektrotexnika, farmatsevtika va charm sanoatini rivojlantirish bo‘yicha strategiya va dasturlar joriy qilish bo‘yicha takliflarni ishlab chiqish;
  2. Iqtisodiyotni rivojlantirish hamda Sanoat tarmoqlari yo‘nalishiga taalluqli Hukumat qarorlari, nizomlari, qoidalari, ko‘rsatmalari va boshqa normativ hujjatlarni ishlab chiqish;
  3. Hududlarni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish dasturlari bilan Sanoat tarmoqlarining dasturlarini o‘zaro bog‘liqligini ta’minlash mexanizmini amalga oshirish;
  4. Ijtimoiy-iqtisodiy dasturlar va qaror loyihalarini baholash nuqtai nazaridan ekspertizadan o‘tkazishni amalga oshirish;
  5. Mas’ul vazirlik va idoralar hamda xalqaro tashkilotlar bilan birgalikda Sanoat tarmoqlarini rivojlantirishda hamkorlik qilish;
  6. Sanoat tarmoqlarini rivojlantirish bo‘yicha statistik hisobotlar va hisobot berish metodologiyasini takomillashtirish bo‘yicha takliflar ishlab chiqish;
  7. Sanoat sohalariga investitsiya loyihalarini keng jalb etilishi bilan bog‘lagan holda mahsulot ishlab chiqarish va eksport ko‘rsatkichlarining qisqa, o‘rta va uzoq muddatli prognoz ko‘rsatkichlarini shakllantirishda hamda respublika iqtisodiyoti va sanoatining ko‘p tarmoqli prognoz ko‘rsatkichlarini ishlab chiqishda ishtirok etish;
  8. Tarmoq yo‘nalishlari doirasida doimiy ravishda ma’lumotlar bazasi shakllantirilishi, yuritilishi va yangilab borilishini ta’minlash.

  1. Nooziq-ovqat iste’mol tovarlarini ishlab chiqarishni rivojlantirish boshqarmasi boshlig‘i o‘rinbosari vakant lavozimiga

Lavozimga mos asosiy talab va vazifalar

Talablar:

  1. Iqtisodiyot yo‘nalishi bo‘yicha oliy ma’lumotga, ishlab chiqarish yoki sanoat yo‘nalishlari bo‘yicha kamida 3 yil ish tajribasiga ega bo‘lishi;
  2. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti va O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining iqtisodiyotni, xususan, sohani rivojlantirish yo‘nalishida qabul qilingan normativ-huquqiy hujjatlarini bilishi;
  3. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti va O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining iqtisodiyotni rivojlantirish yo‘nalishida normativ-huquqiy hujjat loyihalarini tayyorlash ko‘nikmasining mavjudligi;
  4. Sanoatda ilg‘or xorijiy tajribani O‘zbekiston sharoitida qo‘llash bo‘yicha ko‘nikmasining shakllanganligi hamda xalqaro tashkilotlar bilan ishlash tajribasiga egaligi;
  5. Jamoa bilan ishlash, tahliliy va kreativ fikrlash, tashabbuskorlik va o‘z vazifasiga mas’uliyat bilan yondashish hamda qaror qabul qilishda professional yondashish qobiliyatlariga ega bo‘lish;
  6. O‘zbek tilini mukammal, rus va ingliz (nemis, fransuz) tillarini yuqori darajada bilgan nomzodlar ijobiy baholanadi.
  7. Jamoa bilan ishlash, tahliliy va kreativ fikrlash, tashabbuskorlik va o‘z vazifasiga mas’uliyat bilan yondashish, davlat xodimi nomiga loyiq odob-axloqqa ega bo‘lish hamda qaror qabul qilishda professional yondashish qobiliyatlariga ega bo‘lish.

Vazifalar:

  1. Sanoat tarmoqlarini, shu jumladan, to‘qimachilik, elektrotexnika, farmatsevtika va charm sanoatini rivojlantirish bo‘yicha strategiya va dasturlar joriy qilish bo‘yicha takliflarni ishlab chiqish;
  2. Iqtisodiyotni rivojlantirish hamda Sanoat tarmoqlari yo‘nalishiga taalluqli Hukumat qarorlari, nizomlari, qoidalari, ko‘rsatmalari va boshqa normativ hujjatlarni ishlab chiqish;
  3. Hududlarni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish dasturlari bilan Sanoat tarmoqlarining dasturlarini o‘zaro bog‘liqligini ta’minlash mexanizmini amalga oshirish;
  4. Ijtimoiy-iqtisodiy dasturlar va qaror loyihalarini baholash nuqtai nazaridan ekspertizadan o‘tkazishni amalga oshirish;
  5. Mas’ul vazirlik va idoralar hamda xalqaro tashkilotlar bilan birgalikda Sanoat tarmoqlarini rivojlantirishda hamkorlik qilish;
  6. Sanoat tarmoqlarini rivojlantirish bo‘yicha statistik hisobotlar va hisobot berish metodologiyasini takomillashtirish bo‘yicha takliflar ishlab chiqish;
  7. Sanoat sohalariga investitsiya loyihalarini keng jalb etilishi bilan bog‘lagan holda mahsulot ishlab chiqarish va eksport ko‘rsatkichlarining qisqa, o‘rta va uzoq muddatli prognoz ko‘rsatkichlarini shakllantirishda hamda respublika iqtisodiyoti va sanoatining ko‘p tarmoqli prognoz ko‘rsatkichlarini ishlab chiqishda ishtirok etish;
  8. Tarmoq yo‘nalishlari doirasida doimiy ravishda ma’lumotlar bazasi shakllantirilishi, yuritilishi va yangilab borilishini ta’minlash.

RAQAMLI VA INNOVATSION IQTISODIYOTNI RIVOJLANTIRISH DEPARTAMENTI

  1. Raqamli va innovatsion iqtisodiyotni rivojlantirish departamenti direktori lavozimiga

Lavozimga mos asosiy talab va vazifalar

Talablar:

  1. Iqtisodiyot, moliya yoki axborot kommunikatsiya texnologiyalari yo‘nalishlari bo‘yicha oliy maʼlumotga ega bo‘lishi (xorijiy va xalqaro oliy o‘quv yurtlarida tahsil olgan nomzodlarga afzallik beriladi).
  2. Iqtisodiyot va moliya sohalari, xususan, raqamli va innovatsion iqtisodiyot yo‘nalishlari bo‘yicha davlat hokimiyati va boshqaruvi organlarida yoki boshqa tegishli tashkilotlarda kamida 7 yillik ish stajiga, shu jumladan rahbar lavozimida 5 yillik ish tajribasiga ega bo‘lishi (xalqaro va xorijiy tashkilotlarda faoliyat yuritgan nomzodlarga ustuvorlik beriladi).
  3. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti va Hukumatining iqtisodiyotni rivojlantirish, xususan, raqamli va innovatsion iqtisodiyot faoliyatiga oid qabul qilingan normativ-huquqiy hujjatlarni bilishi.
  4. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti va Hukumatining iqtisodiyotni rivojlantirish, xususan, raqamli va innovatsion iqtisodiyot faoliyatiga oid normativ-huquqiy hujjat loyihalarini tayyorlash ko‘nikmasining mavjudligi.
  5. Iqtisodiy tahlil malaka va ko‘nikmaga ega, xususan, raqamli va innovatsion iqtisodiyot faoliyatiga doir masalalar yuzasidan zaruriy axborot-tahliliy maʼlumotlarni sifatli tayyorlay olishi, ilg‘or xorijiy tajribani O‘zbekiston sharoitida qo‘llash bo‘yicha ko‘nikmasining shakllanganligi.
  6. Jamoa bilan ishlash, tahliliy va kreativ fikrlash, tashabbuskorlik va o‘z vazifasiga masʼuliyat bilan yondashish hamda qaror qabul qilishda professional yondashish va boshqaruvchilik qobiliyatlariga ega bo‘lishi.
  7. O‘zbek tilini mukammal, ingliz rus va tillarini yuqori darajada bilishi.

Vazifalar:

– raqamli va innovatsion texnologiyalarni rivojlantirish hamda iqtisodiyotning asosiy tarmoqlariga joriy etish nuqtai nazaridan mamlakatda raqamli va innovatsion iqtisodiyotni rivojlantirish uchun zarur shart-sharoit yaratish bo‘yicha huquqiy tartibga solish bo‘yicha takliflar tayyorlashni tashkil etish;

– raqamli va innovatsion iqtisodiyotni rivojlantirishning miqdoriy tahlil qilish va prognozlashtirish bo‘yicha ishlarni amalga oshirish, ushbu sohalarda bozor mexanizmlarini joriy qilish bo‘yicha takliflarni ishlab chiqishni tashkil etish;

– iqtisodiyot tarmoqlari yo‘nalishlaridagi vazirlik, idora va tashkilotlar bilan birgalikda xalqaro standart talablariga javob beradigan innovatsion va raqamli texnologiyalarni joriy etish choralarini ishlab chiqishni tashkil etish;

– iqtisodiyotning asosiy tarmoqlariga raqamli va innovatsion texnologiyalarni joriy etish uchun mavjud tartibga soluvchi, maʼmuriy hamda boshqa to‘siqlar va cheklovlarni bartaraf yetish bo‘yicha takliflar ishlab chiqishni tashkil etish;

– raqamli va innovatsion iqtisodiyotni rivojlantirish, ushbu texnologiyalar va vositalaridan foydalanishni rivojlantirishda xususiy sektor ishtiroki va tadbirkorlikni jadallashtirish borasida takliflar ishlab chiqishni tashkil qilish;

– iqtisodiyotning asosiy tarmoqlaridagi, shu jumladan sanoat sohasidagi xo‘jalik yurituvchi subyektlarning raqamli transformatsiya qilish va innovatsion rivojlanish strategiyasi amalga oshirilishini uslubiy qo‘llab-quvvatlashni tashkil qilish;

– raqamli va innovatsion texnologiyalarni rivojlantirish va sanoat sohasida joriy etish bo‘yicha davlat hokimiyati va boshqaruv organlari, jamoat, ilmiy va boshqa tashkilotlar bilan belgilangan tartibda o‘zaro hamkorlikni yo‘lga qo‘yish;

– tegishli davlat tashkilotlari bilan raqamli va innovatsion iqtisodiyotni rivojlantirish holatini baholash imkonini beruvchi statistik ko‘rsatkichlarni shakllantirish metodologiyasini takomillashtirish.

  1. 2. Raqamli iqtisodiyotni rivojlantirishning iqtisodiy-huquqiy sharoitlarini yaratish boshqarmasi boshlig‘i lavozimiga

Lavozimga mos asosiy talab va vazifalar

Talablar:

  1. Iqtisodiyot, moliya yoki axborot kommunikatsiya texnologiyalari yo‘nalishlari bo‘yicha oliy maʼlumotga ega bo‘lishi (xorijiy va xalqaro oliy o‘quv yurtlarida tahsil olgan nomzodlarga afzallik beriladi).
  2. Iqtisodiyot va moliya sohalari, xususan, raqamli va innovatsion iqtisodiyot yo‘nalishlari bo‘yicha davlat hokimiyati va boshqaruvi organlarida yoki boshqa tegishli tashkilotlarda kamida 5 yillik ish stajiga, shu jumladan rahbar lavozimida 5 yillik ish tajribasiga ega bo‘lishi (xalqaro va xorijiy tashkilotlarda faoliyat yuritgan nomzodlarga ustuvorlik beriladi).
  3. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti va Hukumatining iqtisodiyotni rivojlantirish, xususan, raqamli va innovatsion iqtisodiyot faoliyatiga oid qabul qilingan normativ-huquqiy hujjatlarni bilishi.
  4. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti va Hukumatining iqtisodiyotni rivojlantirish, xususan, raqamli va innovatsion iqtisodiyot faoliyatiga oid normativ-huquqiy hujjat loyihalarini tayyorlash ko‘nikmasining mavjudligi.
  5. Iqtisodiy tahlil malaka va ko‘nikmaga ega, xususan, raqamli va innovatsion iqtisodiyot faoliyatiga doir masalalar yuzasidan zaruriy axborot-tahliliy maʼlumotlarni sifatli tayyorlay olishi, ilg‘or xorijiy tajribani O‘zbekiston sharoitida qo‘llash bo‘yicha ko‘nikmasining shakllanganligi.
  6. Jamoa bilan ishlash, tahliliy va kreativ fikrlash, tashabbuskorlik va o‘z vazifasiga masʼuliyat bilan yondashish hamda qaror qabul qilishda professional yondashish va boshqaruvchilik qobiliyatlariga ega bo‘lishi.
  7. O‘zbek tilini mukammal, ingliz va rus tillarini yuqori darajada bilishi.

Vazifalar:

– raqamli texnologiyalarni rivojlantirish hamda iqtisodiyotning asosiy tarmoqlariga joriy etish nuqtai nazaridan mamlakatda raqamli iqtisodiyotni rivojlantirish uchun zarur shart-sharoit yaratish bo‘yicha huquqiy tartibga solish bo‘yicha takliflar tayyorlash;

– raqamli iqtisodiyotni rivojlantirishning miqdoriy tahlil qilish va prognozlashtirish bo‘yicha ishlarni amalga oshirish, ushbu sohalarda bozor mexanizmlarini joriy qilish bo‘yicha takliflarni ishlab chiqish;

– iqtisodiyot tarmoqlari yo‘nalishlaridagi vazirlik, idora va tashkilotlar bilan birgalikda xalqaro standart talablariga javob beradigan raqamli texnologiyalarni joriy etish choralarini ishlab chiqish;

– iqtisodiyotning asosiy tarmoqlariga raqamli texnologiyalarni joriy etish uchun mavjud tartibga soluvchi, maʼmuriy hamda boshqa to‘siqlar va cheklovlarni bartaraf yetish bo‘yicha takliflar ishlab chiqish;

– raqamli iqtisodiyotni rivojlantirish, raqamli texnologiyalar va vositalaridan foydalanishni rivojlantirishda xususiy sektor ishtiroki va tadbirkorlikni jadallashtirish borasida takliflar ishlab chiqish;

– iqtisodiyotning asosiy tarmoqlaridagi, shu jumladan sanoat sohasidagi xo‘jalik yurituvchi subyektlarning raqamli transformatsiya qilish strategiyasi amalga oshirilishini uslubiy qo‘llab-quvvatlash;

– raqamli texnologiyalarni rivojlantirish va sanoat sohasida joriy etish bo‘yicha davlat hokimiyati va boshqaruv organlari, jamoat, ilmiy va boshqa tashkilotlar bilan belgilangan tartibda o‘zaro hamkorlik qilish;

– tegishli davlat tashkilotlari bilan raqamli iqtisodiyotni rivojlantirish holatini baholash imkonini beruvchi statistik ko‘rsatkichlarni shakllantirish metodologiyasini takomillashtirish.

YASHIL IQTISODIYOTNI RIVOJLANTIRISH DEPARTAMENTI

Yashil iqtisodiyotni rivojlantirish strategiyasi va dasturlari ijrosini muvofiqlashtirish boshqarmasi boshlig‘i lavozimiga

Lavozimga mos asosiy talab va vazifalar

Talablar:

  1. Iqtisodiyot va moliya yo‘nalishlari bo‘yicha oliy ma’lumotga ega bo‘lishi (xorijiy va xalqaro oliy oquv yurtlarida tahsil olgan nomzodlarga afzallik beriladi).
  2. Iqtisodiyot va moliya sohalari, xususan, “yashil” iqtisodiyot yo‘nalishi bo‘yicha davlat hokimiyati va boshqaruvi organlarida hamda boshqa tegishli tashkilotlarda kamida 5 yillik ish stajiga, shu jumladan rahbar lavozimida 3 yillik ish tajribasiga ega bo‘lishi (xorijiy va xalqaro tashkilotlarda faoliyat yuritgan nomzodlarga ustuvorlik beriladi);
  3. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti va Hukumatining iqtisodiyotni rivojlantirish, xususan “yashil” iqtisodiyotga oid qabul qilingan normativ-huquqiy hujjatlarni bilishi;
  4. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti va Hukumatining iqtisodiyotni rivojlantirish, xususan, “yashil” iqtisodiyotga oid normativ-huquqiy hujjat loyihalarini tayyorlash ko‘nikmasining mavjudligi;
  5. Iqtisodiy tahlil malaka va ko‘nikmasiga ega, xususan, “yashil” iqtisodiyotga doir masalalar yuzasidan zaruriy axborot-tahliliy ma’lumotlarni sifatli tayyorlay olishi, ilg‘or xorijiy tajribani O‘zbekiston sharoitida qo‘llash bo‘yicha ko‘nikmasining shakllanganligi;
  6. Jamoa bilan ishlash, tahliliy va kreativ fikrlash, tashabbuskorlik va o‘z vazifasiga mas’uliyat bilan yondashish hamda qaror qabul qilishda professional yondashish va boshqaruvchanlik qobiliyatlariga ega bo‘lish;
  7. O‘zbek tilini mukammal, ingliz var us tillarini yuqori darajada bilishi.

Vazifalar:

– “yashil” texnologiyalarni rivojlantirish hamda iqtisodiyotning asosiy tarmoqlariga joriy etish nuqtai nazaridan mamlakatda “yashil” iqtisodiyotga o‘tish uchun zarur shart-sharoit yaratish va huquqiy tartibga solish bo‘yicha takliflar tayyorlash;

– “yashil” texnologiyalarni rivojlantirishning miqdoriy tahlil qilish va prognozlashtirish bo‘yicha ishlarni amalga oshirish, ushbu sohalarda bozor mexanizmlarini joriy qilish bo‘yicha takliflarni ishlab chiqish;

– iqtisodiyotning asosiy tarmoqlariga “yashil” texnologiyalarni joriy etish uchun mavjud tartibga soluvchi, ma’muriy hamda boshqa to‘siqlar va cheklovlarni bartaraf etish bo‘yicha takliflar ishlab chiqish;

– “yashil” iqtisodiyot bo‘yicha strategiya va dasturlarini ishlab chiqish, joriy qilish hamda samaradorligini oshirish bo‘yicha takliflarni ishlab chiqish;

– “yashil” iqtisodiyotga o‘tish, “aqlli” iqlim texnologiyalari va vositalaridan foydalanishni rivojlantirishda xususiy sektor ishtiroki va tadbirkorlikni jadallashtirish borasida takliflar ishlab chiqish;

– iqtisodiyotning asosiy tarmoqlaridagi xo‘jalik yurituvchi subyektlarining “yashil” transformatsiya qilish strategiyasi amalga oshirilishini uslubiy qo‘llab-quvvatlash;

– “yashil” iqtisodiyotni rivojlantirish va iqtisodiyot tarmoqlarida “yashil” texnologiyalarni joriy etish bo‘yicha davlat hokimiyati va boshqaruv organlari, jamoat, ilmiy-tadqiqot va boshqa tashkilotlar hamda xalqaro tashkilotlar bilan belgilangan tartibda o‘zaro hamkorlik qilish;

– tegishli davlat tashkilotlari bilan “yashil” iqtisodiyotga o‘tish holatini baholash imkonini beruvchi statistik ko‘rsatkichlarini shakllantirish metodologiyasini takomillashtirish.