Jahon banki vakili bilan uchrashuv

13/01/2022 - 10:52 3631

Joriy yilning 11-yanvar kuni Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirining birinchi o‘rinbosari Ilhom Norqulov Jahon banki qishloq xo’jaligi bo’yicha mutahassisi, “Qishloq tadbirkorligini rivojlantirish. Faza II” loyihasi rahbari Dilshod Xidirov bilan uchrashuv o‘tkazdi.

Uchrashuvda shuningdek Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vaziri o‘rinbosari Mirzohid Ubaydullayev, Xalqaro hamkorlikni rivojlantirish va protokol xizmati departamenti direktori Shuhrat Matkarimov, Yashil va innovatsion iqtisodiyotni rivojlantirish departamenti direktori O‘tkir Xolbadalov, Jahon banki guruhi bilan hamkorlik boshqarmasi boshlig‘i Behzod Hamroyev, Qishloq xo‘jaligi sohasidagi tarkibiy islohotlarni muvofiqlashtirish boshqarmasi boshlig‘i Odil Usarov, Ichki oziq-ovqat bozori barqarorligini ta’minlash, tahlil qilish va prognozlash boshqarmasi boshlig‘i Akrom Muminov ishtirok etdilar.

Uchrashuv davomida “Qishloq tadbirkorligini rivojlantirish. Faza II” loyihasini amalga oshirishga doir masalalar, xususan, loyiha komponentlari, loyiha doirasida “mahallabay” amalga oshiriladigan chora-tadbirlar ko’lami, joylarda biznes inkubatorlarni tashkil etish, uning texnik va moliyaviy taraflari, yangi va barqaror ish o‘rinlari yaratilishi xususiyatlari atroflicha muhokama qilindi.

 Shuningdek, uchrashuvda tomonlar qishloq xo‘jaligi sohasida amalga oshirilayotgan loyihalarning holati, sohani chuqur isloh qilish va yanada rivojlantirish, yangi yashil texnologiyalarni joriy qilish, qayta tiklanadigan suv resurslaridan foydalanish bo‘yicha fikr almashdilar.

Uchrashuv yakunida tomonlar yuqorida qayd etib o‘tilgan masalalar va kelgusidagi rejalar yuzasidan hamkorlikni davom ettirishga kelishib oldilar.

 

Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirligi

Axborot xizmati