OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI IQTISODIY TARAQQIYOT VA KAMBAGʻALLIKNI QISQARTIRISH VAZIRLIGI MARKAZIY APPARATDA MAVJUD BOʻSH ISH OʻRINLARIGA TANLOV EʻLON QILADI

27/12/2021 - 14:14 3501

Tanlov jarayoni Iqtisodiy taraqqiyot va kambagʻallikni qisqartirish vazirligining 2021-yil 5-martdagi “Iqtisodiy taraqqiyot va kambagʻallikni qisqartirish vazirligi  markaziy apparati, hududiy boʻlinmalar, tizimdagi tashkilotlar va muassasalaridagi vakant lavozimlarga ishga qabul qilish, xodimlarni boshqa lavozimdan oʻtkazishda tanlov asosida saralab olish” toʻgʻrisidagi Tartibi asosida maxsus tuzilgan komissiya tomonidan 3 bosqichda amalga oshiriladi.

 

1-bosqich: Tanlovda ishtirok etish istagi boʻlgan nomzodlar Davlat xizmatini rivojlantirish agentligining “Davlat fuqarolik xizmatchilari vakant lavozimlarining yagona ochiq portali” (https://vacancy.argos.uz)da roʻyxatdan oʻtishlari, Iqtisodiy taraqqiyot va kambagʻallikni qisqartirish vazirligida mavjud boʻsh lavozimlardan birini tanlab, soʻralgan hujjatlarni elektron shaklda taqdim etishlari zarur.

Nomzodlardan ariza va kerakli hujjatlarni qabul qilish                             

2021-2022 yil  27-dekabrdan 5-yanvargacha davom etadi.

 

2-bosqich: Birinchi bosqichdan oʻtgan nomzodlar bilan test sinovlari oʻtkaziladi. Nomzodlar 2-bosqich suhbat jarayoniga taklif qilinishlari uchun ularning test natijalari 60 balldan kam boʻlmasligi kerak.  

 

3-bosqich: Ikkinchi bosqichdan oʻtgan nomzodlar bilan yuqoridagi talablarga javob berishlarini tekshirish maqsadida oʻzbek, rus va ingliz tillarida suhbat oʻtkaziladi. Suhbat natijasi 100 ball tizimi boʻyicha baholanadi (10 ta mezon boʻyicha har biri 1-10 balldan, eng yuqori 10, eng past 1 ball), bunda komissiyaning har bir a’zosi suhbat natijasi bo’yicha nomzodlarga ball qoʻyib chiqadi.

 

Komissiya tomonidan har bir nomzod boʻyicha ballar hisoblab chiqiladi va tanlovning yakuniy natijalari Iqtisodiy taraqqiyot va kambagʻallikni qisqartirish vazirligi rasmiy veb-sayti orqali ma’lumot beriladi (www.mineconomy.uz) hamda har bir nomzodning shaxsiy elektron pochtasi yoki telefoni orqali xabar beriladi.

Bogʻlanish uchun (+99871) 232-64-29, (+99871) 232-65-40  telefon raqamlariga murojaat qilishingiz mumkin.

 

Tanlovda ishtirok etayotgan nomzod bir vaqtning oʻzida uchta boʻsh lavozim uchun ariza bilan murojaat etish imkoniyatiga ega.

Tanlovda ishtirok etish bo’yicha arizalarni qabul qilish faqat nomzodlar tomonidan saytdagi elektron soʻrovnomani toʻldirish orqali amalga oshiriladi.

Ariza va hujjatlarni qabul qilish vaqti o’tgandan so’ng yuborilgan ariza va hujjat egalari tanlovda ishtirok eta olmaydi.

 

Hujjatlarni qabul qilish uchun havolahttps://vacancy.argos.uz

 

DAVLAT INVESTISIYA SIYOSATINI YURITISH
VA MUVOFIQLASHTIRISH DEPARTAMENTI

 

DAVLAT INVESTITSIYA SIYOSATINI SHAKLLANTIRISH BOSHQARMASI

 

Davlat investitsiya siyosatini shakllantirish boshqarmasi
bosh
mutaxassis vakant lavozimiga

 

Lavozimga mos asosiy talab va vazifalar

Talablar:

 

  1. Iqtisodiyot yoki Xalqaro iqtisodiy munosabatlar sohalarida oliy maʼlumotga ega bo‘lish.
  2. Umumiy 5 yil, soha bo‘yicha davlat boshqaruv organlarida kamida 3 yil ish tajribasiga ega bo‘lish.
  3. Investitsiya loyihalarini tahlil va ekspertiza qilish bo‘yicha tajriba mavjudligi;
  4. Kompyuter dasturlarida ishlay olish qobiliyati (MS Excel, MS Office, MSPower Point).
  5. Kreativ, tanqidiy, strategik va tahliliy fikrlash qobiliyatiga ega bo‘lish.
  6. Jamoada ishlash, masʼuliyatli, mehnatsevar, fidoyi, tashkilotchilik qobiliyatiga ega bo‘lish.
  7. O‘zbek tilini mukammal bilishi lozim, shuningdek rus va ingliz tillarini yuqori darajada bilgan, IELTS sertifikatiga ega bo‘lgan (kamida 5-6 ball), nufuzli xorijiy oliy taʼlim muassasalarda tahsil olgan hamda davlat organlarida mehnat faoliyatini olib borgan nomzodlarga ustuvorlik beriladi.

Vazifalar:

 

  1. Umumiy iqtisodiy bilimlar;
  2. Investitsiya sohasi va rejalashtirishni chuqur bilishi va xorijiy tajribani o‘rganganlik darajasi;
  3. Faoliyat doirasida manfaatdor vazirlik, idora, xo‘jalik birlashmalari hamda mahalliy hokimiyat organlari bilan maʼlumotlar almashinuvini taʼminlash;
  4. Sohaga oid normativ-huquqiy hujjatlar bazasini doimiy ravishda yangilab borish, normativ-huquqiy hujjatlarni takomillashtirish yuzasidan takliflar ishlab chiqish;
  5. Boshqarma ish faoliyatiga oid Hukumat qarorlarini va boshqa meʼyoriy hujjatlarni o‘rganib borish va doimiy ravishda o‘z malakasini oshirib borish;
  6. Boshqarma vakolatiga taalluqli masalalar yuzasidan jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlariga javob berish;
  7. Sohadagi yangiliklarga intilish, tashabbus ko‘rsatib borish;
  8. Hisobot va maʼlumotlarni belgilangan muddatlarda sifatli taqdim etib borilishini taʼminlash;
  9. Boshqarma faoliyatiga oid yangiliklar, fikr va mulohazalarni ommaviy axborot vositalarida kuzatib borish, zarur hollarda ularni to‘plash;
  10. Vakolat doirasida rahbariyat tomonidan yuklatiladigan boshqa topshiriqlar ijrosini taʼminlash.

 

YER ISLOHOTLARINI MUVOFIQLASHTIRISH BOSHQARMASI

 

 

Qishloq xoʼjaligiga moʼljallanmagan yer maydonlarini xususiylashtirish boʼlimi yetakchi mutaxassis vakant lavozimiga

 

Lavozimga mos asosiy talab va vazifalar

Talablar:

 

  1. Iqtisodiyot, kadastr, yuridik xizmat, shuningdek, qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallanmagan yer uchastkalarini xususiylashtirish yo‘nalishlarida kamida 3 yillik ish stajiga ega bo‘lish.
  2. Qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallanmagan yer maydonlarini ajratishning barcha uchun teng, shaffof va bozor tamoyillariga asoslangan tartibini joriy etish nuqtai nazaridan o‘rganishlar olib borish va tahlil qilish ko‘nikmalariga ega bo‘lish.
  3. Yerga oid mulkiy va huquqiy munosabatlarda barqarorlikni taʼminlash, yerlarni muhofaza qilish, yer egalarining mulkiy huquqlarini kafolatlash, shuningdek, yerning iqtisodiy qiymatini belgilash orqali uni fuqarolik huquqiy munosabatlar obyekti sifatida erkin muomalaga kiritish hamda davlat boshqaruvi sohasida xorijiy tajribani tahlil qilgan holda takliflarni ishlab chiqish, analitik va kreativ fikrlash qobiliyatiga ega bo‘lish.
  4. Yer bozorini rivojlantirish maqsadida yerni xususiylashtirish mexanizmlarini takomillashtirish bo‘yicha takliflar tayyorlaydi, yerni bozor aktiviga aylantirishga bo‘yicha normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarini tayyorlash va amaldagi qonunchilik hujjatlarini takomillashtirish bo‘yicha ishlarni amalga oshirish yondashuvlariga ega bo‘lish.
  5. Jamoa bilan ishlash, tahliliy va kreativ fikrlash, tashabbuskorlik va o‘z vazifasiga masʼuliyat bilan yondashish hamda qaror qabul qilishda professional yondashish qobiliyatlariga ega bo‘lish;
  6. O‘zbek tilini mukammal, rus va ingliz (nemis, fransuz) tillarini yuqori darajada bilgan, nufuzli xorijiy oliy taʼlim muassasalarda tahsil olgan hamda Hukumatda mehnat faoliyatini olib borgan nomzodlar ijobiy baholanadi.

 

Vazifalar:

 

  1. Yer to‘g‘risidagi qonunchilik hujjatlarini qo‘llashda vujudga kelayotgan muammolarni aniqlash, ularni bartaraf etish, shu jumladan qonunchilik hujjatlarini takomillashtirish bo‘yicha takliflar ishlab chiqadi.
  2. Yer uchastkalarini xususiylashtirish masalalarini tartibga solish bo‘yicha davlat siyosatini takomillashtirish yuzasidan takliflarni ishlab chiqadi.

 

  1. Yer to‘g‘risidagi qonunchilik hujjatlariga rioya etilishi ahvolini muntazam o‘rganib boradi va yerni xususiylashtirish mexanizmlarini takomillashtirish, yerni bozor aktiviga aylantirishga bo‘yicha normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarini tayyorlaydi.
  2. Yerga oid qonunchilik hujjatlari ijrosini bevosita taʼminlash va davlat nazoratini olib borishga masʼul davlat organlarining sohaga doir faoliyatini o‘rganib Rahbariyatga maʼlumot tayyorlaydi.
  3. Yerga oid qonunchilik hujjatlari ijrosini taʼminlash samaradorligini oshirishga oid boshqa masalalarni ko‘rib chiqadi.