Yangi ish o‘rinlarini tashkil etish va aholi bandligiga ko‘maklashish davlat dasturi to‘g‘risida ma'lumot

25/12/2021 - 11:19 4028

Joriy yilning 28-apreldagi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “2021-yilda yangi ish o‘rinlarini tashkil etish va aholi bandligiga ko‘maklashish davlat dasturi to‘g‘risida”gi PQ-5094-son Qarori ijrosi.

Bunda, aholi bandligi va daromadlarini oshirishga har tomonlama ko‘maklashish, ishsizlar, ayniqsa, yoshlar va xotin-qizlar hamda mehnat bozoriga ilk bor kirib kelayotganlar uchun yangi ish o‘rinlari tashkil etgan tadbirkorlik subyektlarini qo‘llab-quvvatlash yana bir bor ustuvor vazifa etib belgilandi. Mehnat bozoridagi tendensiyalarga muvofiq, 2021-yilda yangi ish o‘rinlarini tashkil etish va aholi bandligiga ko‘maklashish davlat dasturiga asosan 457,1 mingta doimiy yangi ish o‘rinlarini tashkil etish belgilangan.

Bunda, yuridik shaxs tashkil etgan holda kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni rivojlantirish hisobiga 121,0 mingta ish o‘rnini yaratishga Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirligi, Davlat soliq qo‘mitasi, Savdo sanoat palatasi, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari mas’ul etib belgilandi.

Ushbu yo‘nalishda joriy yilning yanvar-noyabr oylarida jami 73 602 ta tadbirkorlik subyektlari tomonidan 147 847 ta yangi ish o‘rinlari tashkil etildi.

Ish o‘rinlari tahlil qilinganda, Toshkent shahri (27,2 mingta), Qashqadaryo viloyati (18 mingta), Samarqand viloyati (16,2 mingta), Toshkent viloyati (13,9 mingta)  va Andijon viloyati (12,1 mingta) ning ulushi yuqoriligi kuzatildi.


Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirligi

Axborot xizmati