OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI IQTISODIY TARAQQIYOT VA KAMBAGʻALLIKNI QISQARTIRISH VAZIRLIGI MARKAZIY APPARATDA MAVJUD BOʻSH ISH OʻRINLARIGA TANLOV EʻLON QILADI

21/12/2021 - 10:43 3556

     Tanlov jarayoni Iqtisodiy taraqqiyot va kambagʻallikni qisqartirish vazirligining 2021-yil 5-martdagi “Iqtisodiy taraqqiyot va kambagʻallikni qisqartirish vazirligi  markaziy apparati, hududiy boʻlinmalar, tizimdagi tashkilotlar va muassasalaridagi vakant lavozimlarga ishga qabul qilish, xodimlarni boshqa lavozimdan oʻtkazishda tanlov asosida saralab olish” toʻgʻrisidagi Tartibi asosida maxsus tuzilgan komissiya tomonidan 3 bosqichda amalga oshiriladi.

 

   1-bosqich: Tanlovda ishtirok etish istagi boʻlgan nomzodlar Davlat xizmatini rivojlantirish agentligining “Davlat fuqarolik xizmatchilari vakant lavozimlarining yagona ochiq portali” (https://vacancy.argos.uz)da roʻyxatdan oʻtishlari, Iqtisodiy taraqqiyot va kambagʻallikni qisqartirish vazirligida mavjud boʻsh lavozimlardan birini tanlab, soʻralgan hujjatlarni elektron shaklda taqdim etishlari zarur.

     Nomzodlardan ariza va kerakli hujjatlarni qabul qilish                             

     2021-yil 21-dekabrdan 30-dekabrgacha davom etadi.

 

  2-bosqich: Birinchi bosqichdan oʻtgan nomzodlar bilan test sinovlari oʻtkaziladi. Nomzodlar 2-bosqich suhbat jarayoniga taklif qilinishlari uchun ularning test natijalari 60 balldan kam boʻlmasligi kerak.  

 

  3-bosqich: Ikkinchi bosqichdan oʻtgan nomzodlar bilan yuqoridagi talablarga javob berishlarini tekshirish maqsadida oʻzbek, rus va ingliz tillarida suhbat oʻtkaziladi. Suhbat natijasi 100 ball tizimi boʻyicha baholanadi (10 ta mezon boʻyicha har biri 1-10 balldan, eng yuqori 10, eng past 1 ball), bunda komissiyaning har bir a’zosi suhbat natijasi bo’yicha nomzodlarga ball qoʻyib chiqadi.

 

  Komissiya tomonidan har bir nomzod boʻyicha ballar hisoblab chiqiladi va tanlovning yakuniy natijalari Iqtisodiy taraqqiyot va kambagʻallikni qisqartirish vazirligi rasmiy veb-sayti orqali ma’lumot beriladi (www.mineconomy.uz) hamda har bir nomzodning shaxsiy elektron pochtasi yoki telefoni orqali xabar beriladi.

 

Bogʻlanish uchun (+99871) 232-64-29, (+99871) 232-65-40  telefon raqamlariga murojaat qilishingiz mumkin.

 

Tanlovda ishtirok etayotgan nomzod bir vaqtning oʻzida uchta boʻsh lavozim uchun ariza bilan murojaat etish imkoniyatiga ega.

Tanlovda ishtirok etish bo’yicha arizalarni qabul qilish faqat nomzodlar tomonidan saytdagi elektron soʻrovnomani toʻldirish orqali amalga oshiriladi.

Ariza va hujjatlarni qabul qilish vaqti o’tgandan so’ng yuborilgan ariza va hujjat egalari tanlovda ishtirok eta olmaydi.

 

Hujjatlarni qabul qilish uchun havolahttps://vacancy.argos.uz

 

 

VAZIR KOTIBIYATI

 

Kotibiyat mudiri o‘rinbosari lavozimiga mos asosiy talab va vazifalar

 

Talablar:

  1. Iqtisodiyot va moliya sohalarida oliy ma’lumotga ega bo‘lishi;
  2. Iqtisodiyot, moliya yoki bank sohasida 5 yildan kam bo‘lmagan mehnat tajribasiga ega bo‘lishi;
  3. Mamlakat iqtisodiyotining barqarorligini ta’minlash, tadbirkorlikni rivojlantirish, raqobat muhitini yaxshilash borasidagi ishlarni tashkil etishga doir takliflar ishlab chiqish ko‘nikmasiga ega bo‘lishi;
  4. Ish yuritish boʻyicha meʼyoriy hujjatlar bilan ishlash koʻnikmasiga ega boʻlib, sohaga oid maʼlumotlarni tahlil qilishi;
  5. Jamoada ishlash, tahliliy va kreativ fikrlash, tashabbuskorlik va oʻz vazifasiga masʼuliyat bilan yondoshish qobiliyatlariga ega boʻlishi;
  6. AKT, MS Office, Internetdan foydalanish, maʼlumotlar bazasi va elektron xatlar bilan ishlay olishi;
  7. Oʻzbek, rus va ingliz tillarini yuqori darajada bilgan nomzodlar ijobiy baholanadi.

 

Vazifalar:

  1. Iqtisodiyot hamda ijtimoiy sohadagi muammolarni har tomonlama tahlil qilish va shu asosda strategik hamda ustuvor vazifalarni amalga oshirishga doir takliflar ishlab chiqish;
  2. Kambag‘allikni qisqartirish siyosatini yuritish va dasturlar ishlab chiqish;
  3. Biznes muhitini yaxshilash, tadbirkorlikni rivojlantirish va aholida tadbirkorlikning zamonaviy ko‘nikmalarini shakllantirish;
  4. Hududlarda kambag‘allikni qisqartirish va tadbirkorlikni rivojlantirish ishlarini tashkil qilish masalalari bilan shug‘ullanish;
  5. Hududlardagi iqtisodiy va ijtimoiy ahvolni, jumladan, joyiga borib o‘rganadi, ijtimoiy-iqtisodiy, tarkibiy va ma’muriy islohotlar bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi qonunlari, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari va farmoyishlari, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorlari ijrosini o‘rganadi hamda Vazirlar Mahkamasi rahbariyatiga hisobot berish uchun tegishli tahliliy materiallar va takliflar tayyorlaydi;
  6. Ijro intizomi hamda kotibiyat faoliyatiga oid qoʻshimcha va boshqa umumiy ishlarni amalga oshirish;
  7. Kotibiyatga kelib tushgan XDFU hujjatlar va topshiriqlar roʻyxatini yuritish va ularni saqlash;

8.Vakolat doirasida rahbariyat tomonidan yuklatiladigan boshqa topshiriqlar ijrosini taʼminlash

 

DAVLAT INVESTISIYA SIYOSATINI YURITISH
VA MUVOFIQLASHTIRISH DEPARTAMENTI

 

  1. DAVLAT INVESTISIYA DASTURLARINI YIG‘MA TAHLIL BOSHQARMASI

 

Boshqarma boshlig‘i  o’rinbosari vakant lavozimiga

Lavozimga mos asosiy talab va vazifalar

Talablar:

  1. Iqtisodiyot yoki moliya sohalarida oliy maʼlumotga ega bo‘lish.
  2. Umumiy 7 yil, soha bo‘yicha davlat boshqaruv organlarida kamida 3 yil ish tajribasiga ega bo‘lish.
  3. Investitsiya loyihalari va raqamlarni tahlil qilish bo‘yicha ilg‘or tajriba mavjudligi;
  4. Kompyuter dasturlarida ishlay olish qobiliyati (MS Excel, MS Office, MS Power Point).
  5. Kreativ, tanqidiy, srategik va tahliliy fikrlash qobiliyatiga ega bo‘lish.
  6. Jamoada ishlash, masʼuliyatli, mehnatsevar, fidoiy, tashkilotchilik qobiliyatiga ega bo‘lish.
  7. O‘zbek tilini mukammal bilishi lozim, shuningdek rus va ingliz tillarini yuqori darajada bilgan, IELTS sertifikatiga ega bo‘lgan (kamida 6,0 ball), nufuzli xorijiy oliy taʼlim muassasalarda tahsil olgan hamda davlat organlarida mehnat faoliyatini olib borgan nomzodlar yuqori baholanadi.

Vazifalar:

  1. Davlat investitsiya dasturi doirasida amalga oshiralyotgan loyihalarning holati bo‘yicha maʼlumotlarni tahrir qilish.
  2. To‘plangan maʼlumotlar asosida yig‘ma axborot shakllantirish, ular asosida hisobotlar tayyorlash.
  3. Hisobotlar asosida taqdimot materiallarini tayyorlash.
  4. Zarur holatlarda hisobot shakllari va yakuniy hisobotni yuqori turuvchi va (yoki) manfaatdor davlat boshqaruv organlari bilan kelishish.
  5. Faoliyat doirasida manfaatdor vazirlik, idora, xo‘jalik birlashmalari hamda mahalliy hokimiyat organlari bilan maʼlumotlar almashinuvini taʼminlash.
  6. Sohaga oid davlat va mahalliy dasturlarni ishlab chiqish va manfaatdor davlat boshqaruv organlari bilan kelishishda ishtirok etish.
  7. Sohaga oid normativ-huquqiy hujjatlar bazasini doimiy ravishda yangilab borish, normativ-huquqiy hujjatlarni takomillashtirish yuzasidan takliflar ishlab chiqish.
  8. Boshqarma ish faoliyatiga oid Hukumat qarorlarini va boshqa meʼyoriy hujjatlarni o‘rganib borish va doimiy ravishda o‘z malakasini oshirib borish.
  9. Boshqarma vakolatiga taalluqli masalalar yuzasidan jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlariga javob berish.
  10. Sohadagi yangiliklarga intilish, tashabbus ko‘rsatib borish.
  11. Hisobot va maʼlumotlarni belgilangan muddatlarda sifatli taqdim etib borilishini taʼminlash.
  12. Boshqarma faoliyatiga oid yangiliklar, fikr va mulohazalarni ommaviy axborot vositalarida kuzatib borish, zarur hollarda ularni to‘plash.
  13. Boshqarma boshlig‘i mavjud bo‘lmagan hollarda boshqarma ishini tashkillashtirish, xodimlar faoliyatini muvofiqlashtirish.
  14. Vakolat doirasida rahbariyat tomonidan yuklatiladigan boshqa topshiriqlar ijrosini taʼminlash.

           1.Bosh mutaxassis vakant lavozimiga

Lavozimga mos asosiy talab va vazifalar

Talablar:

  1. Iqtisodiyot yoki moliya sohalarida oliy maʼlumotga ega bo‘lish.
  2. Umumiy 5 yil, soha bo‘yicha davlat boshqaruv organlarida kamida 3 yil ish tajribasiga ega bo‘lish.
  3. Investitsiya loyihalari va raqamlarni tahlil qilish bo‘yicha ilg‘or tajriba mavjudligi;
  4. Kompyuter dasturlarida ishlay olish qobiliyati (MS Excel, MS Office, MSPower Point).
  5. Kreativ, tanqidiy, srategik va tahliliy fikrlash qobiliyatiga ega bo‘lish.
  6. Jamoada ishlash, masʼuliyatli, mehnatsevar, fidoiy, tashkilotchilik qobiliyatiga ega bo‘lish.
  7. O‘zbek tilini mukammal bilishi lozim, shuningdek rus va ingliz tillarini yuqori darajada bilgan, IELTS sertifikatiga ega bo‘lgan (kamida 5,5 ball), nufuzli xorijiy oliy taʼlim muassasalarda tahsil olgan hamda davlat organlarida mehnat faoliyatini olib borgan nomzodlar yuqori baholanadi.

 

Vazifalar:

  1. Davlat investitsiya dasturi doirasida amalga oshiralyotgan loyihalarning holati bo‘yicha maʼlumotlarni to‘plash, tahrir qilish.
  2. To‘plangan maʼlumotlar asosida yig‘ma axborot shakllantirish, ular asosida hisobotlar tayyorlash.
  3. Hisobotlar asosida taqdimot materiallarini tayyorlash.
  4. Faoliyat doirasida manfaatdor vazirlik, idora, xo‘jalik birlashmalari hamda mahalliy hokimiyat organlari bilan maʼlumotlar almashinuvini taʼminlash.
  5. Sohaga oid davlat va mahalliy dasturlarni ishlab chiqish va manfaatdor davlat boshqaruv organlari bilan kelishishda ishtirok etish.
  6. Sohaga oid normativ-huquqiy hujjatlar bazasini doimiy ravishda yangilab borish, normativ-huquqiy hujjatlarni takomillashtirish yuzasidan takliflar ishlab chiqish.
  7. Boshqarma ish faoliyatiga oid Hukumat qarorlarini va boshqa meʼyoriy hujjatlarni o‘rganib borish va doimiy ravishda o‘z malakasini oshirib borish.
  8. Boshqarma vakolatiga taalluqli masalalar yuzasidan jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlariga javob berish.
  9. Sohadagi yangiliklarga intilish, tashabbus ko‘rsatib borish.
  10. Hisobot va maʼlumotlarni belgilangan muddatlarda sifatli taqdim etib borilishini taʼminlash.
  11. Boshqarma faoliyatiga oid yangiliklar, fikr va mulohazalarni ommaviy axborot vositalarida kuzatib borish, zarur hollarda ularni to‘plash.
  12. Vakolat doirasida rahbariyat tomonidan yuklatiladigan boshqa topshiriqlar ijrosini taʼminlash.

 

XIZMATLAR SOHASINI RIVOJLANTIRISH DEPARTAMENTI

XIZMATLAR SOHASINI JAHON SAVDO TASHKILOTI TALABLARIGA MUVOFIQLASHTIRISH BO‘LIMI

                      

                           Bosh mutaxassis vakant lavozimiga

Lavozimga mos asosiy talab va vazifalar

Talablar:

  1. Iqtisodiyot, bank va moliya bo‘yicha oliy ma’lumotga ega, ushbu sohalarda, jumladan, xizmatlar yo‘nalishida 3 yildan kam bo‘lmagan mehnat stajiga ega bo‘lish (xalqaro tashkilotlar ofislarida faoliyat yuritgan nomzodlar ijobiy baholanadi);
  2. Bo‘lim faoliyatiga oid normativ-huquqiy hujjatlar bilan ishlay olish hamda zarur axborot-tahliliy ma’lumotlarni sifatli tayyorlay olish;
  3. Jahon savdo tashkilotining (JST) Xizmatlar savdosi to‘g‘risidagi asosiy kelishuvi (GATS) bo‘yicha yetarlicha bilim va ko‘nikmalarga ega bo‘lish;
  4. Xalqaro savdo va iqtisodiyot yo‘nalishlaridagi xalqaro kelishuvlar
    va davlatlar o‘rtasida qabul qilinadigan hujjatlar bilan ishlay olish;
  5. Shaxsiy mas’uliyatni his etish hamda ish yuzasidan lozim darajada muzokaralar olib borish ko‘nikmasiga ega bo‘lish;
  6. 6. O‘zbek tilini mukammal, rus va ingliz tillarini yuqori darajada bilish lozim (IELTS sertifikatiga ega bo‘lgan (kamida 6 ball) nomzodlar ijobiy baholanadi).

Vazifalar:

  1. O‘zbekistonning JSTga a’zo bo‘lishida xizmatlar sohasidagi munosabatlarni tartibga soluvchi normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarini ishlab chiqishda qatnashadi, qonunchilik asosini kuchaytirish bo‘yicha takliflar ishlab chiqadi;
  2. Respublikaning JSTga a’zo bo‘lishining xizmatlar sohasiga ta’sirini o‘rganadi, tahlil qiladi hamda JSTga a’zo bo‘lish jarayonida qatnashadi;
  3. 3.  Yevropa Ittifoqi bilan kengaytirilgan sheriklik va hamkorlik kelishuvi hamda MDH davlatlari o‘rtasida xizmatlar sohasida erkin savdo zonasini tashkil etish talablarini o‘rganib chiqadi va ularning iqtisodiyotga ta’sirini tahlil qiladi;
  4. Vakolat doirasida O‘zbekistonning JSTga a’zo bo‘lish jarayonida xizmatlar sohasi yo‘nalishida tegishli vazirlik va idoralar bilan birgalikda ish olib boradi.