OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI IQTISODIY TARAQQIYOT VA KAMBAGʻALLIKNI QISQARTIRISH VAZIRLIGI MARKAZIY APPARATDA MAVJUD BOʻSH ISH OʻRINLARIGA TANLOV EʻLON QILADI
09/12/2021 - 15:26 3957
Tanlov jarayoni Iqtisodiy taraqqiyot va kambagʻallikni qisqartirish vazirligining 2021-yil 5-martdagi “Iqtisodiy taraqqiyot va kambagʻallikni qisqartirish vazirligi markaziy apparati, hududiy boʻlinmalar, tizimdagi tashkilotlar va muassasalaridagi vakant lavozimlarga ishga qabul qilish, xodimlarni boshqa lavozimdan oʻtkazishda tanlov asosida saralab olish” toʻgʻrisidagi Tartibi asosida maxsus tuzilgan komissiya tomonidan 3 bosqichda amalga oshiriladi.
1-bosqich: Tanlovda ishtirok etish istagi boʻlgan nomzodlar Davlat xizmatini rivojlantirish agentligining “Davlat fuqarolik xizmatchilari vakant lavozimlarining yagona ochiq portali” (https://vacancy.argos.uz)da roʻyxatdan oʻtishlari, Iqtisodiy taraqqiyot va kambagʻallikni qisqartirish vazirligida mavjud boʻsh lavozimlardan birini tanlab, soʻralgan hujjatlarni elektron shaklda taqdim etishlari zarur.
Nomzodlardan ariza va kerakli hujjatlarni qabul qilish
2021-yil 7-dekabrdan 16-dekabr gacha davom etadi.
2-bosqich: Birinchi bosqichdan oʻtgan nomzodlar bilan test sinovlari oʻtkaziladi. Nomzodlar 2-bosqich suhbat jarayoniga taklif qilinishlari uchun ularning test natijalari 60 balldan kam boʻlmasligi kerak.
3-bosqich: Ikkinchi bosqichdan oʻtgan nomzodlar bilan yuqoridagi talablarga javob berishlarini tekshirish maqsadida oʻzbek, rus va ingliz tillarida suhbat oʻtkaziladi. Suhbat natijasi 100 ball tizimi boʻyicha baholanadi (10 ta mezon boʻyicha har biri 1-10 balldan, eng yuqori 10, eng past 1 ball), bunda komissiyaning har bir a’zosi suhbat natijasi bo’yicha nomzodlarga ball qoʻyib chiqadi.
Komissiya tomonidan har bir nomzod boʻyicha ballar hisoblab chiqiladi va tanlovning yakuniy natijalari Iqtisodiy taraqqiyot va kambagʻallikni qisqartirish vazirligi rasmiy veb-sayti orqali ma’lumot beriladi (www.mineconomy.uz) hamda har bir nomzodning shaxsiy elektron pochtasi yoki telefoni orqali xabar beriladi.
Bogʻlanish uchun (+99871) 232-64-29, (+99871) 232-65-40 telefon raqamlariga murojaat qilishingiz mumkin.
Tanlovda ishtirok etayotgan nomzod bir vaqtning oʻzida uchta boʻsh lavozim uchun ariza bilan murojaat etish imkoniyatiga ega.
Tanlovda ishtirok etish bo’yicha arizalarni qabul qilish faqat nomzodlar tomonidan saytdagi elektron soʻrovnomani toʻldirish orqali amalga oshiriladi.
Ariza va hujjatlarni qabul qilish vaqti o’tgandan so’ng yuborilgan ariza va hujjat egalari tanlovda ishtirok eta olmaydi.
Hujjatlarni qabul qilish uchun havola – https://vacancy.argos.uz
XALQARO REYTINGLAR VA TADBIRKORLIK MUHITINI
YAXSHILASH DEPARTAMENTI
- NORMATIV-HUQUQIY HUJJATLAR LOYIHALARINI TARTIBGA SOLISH VA RAQOBAT MUHITIGA TA’SIRINI BAHOLASH BOSHQARMASI
Boshqarma boshlig‘i lavozimiga mos asosiy talab va vazifalar
Talablar:
- Iqtisodiyot va moliya sohalarida oliy ma’lumotga ega bo‘lishi;
- Iqtisodiyot sohasida 5 yildan kam bo‘lmagan mehnat tajribasiga ega bo‘lishi, shundan eng kamida 1 yil rahbarlik lavozimida ishlagan bo‘lishi;
- Mamlakat iqtisodiyotida biznes muhitini yaxshilash va tadbirkorlikni rivojlantirish, raqobat muhitini yaxshilash borasidagi ishlarni tashkil etishda harakatlarni amalga oshirish uchun takliflar ishlab chiqa olish ko‘nikmasiga ega bo‘lishi;
- Iqtisodiyotni bozor tamoyillari asosida boshqarish bo‘yicha institutsional islohotlarni amalga oshirish orqali amaldagi va qabul qilinadigan normativ-huquqiy hujjatlarning biznes muhitiga, shu jumladan tadbirkorlik subyektlariga ta’sirini baholash hamda natijasi yuzasidan tegishli xulosalar shakllantirish qobiliyatiga ega bo‘lishi;
- Normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarini ishlab chiqishda, baholashda chuqur o‘ylangan hamda hisob-kitob qilingan qarorlar qabul qilish imkonini beruvchi yangi innovatsion “aqlli tartibga solish” usullarini joriy etish yuzasidan takliflar ishlab chiqish;
- Ilg‘or xorijiy tajribalarni qo‘llagan holda ishlarni tashkillashtirish, analitik va kreativ fikrlash, jamoani bir maqsadga yo‘naltira olish, o‘z fikr-mulohaza hamda takliflarini himoya qila olish va boshqaruv qarorlarini to‘g‘ri va tezkor qabul qila olish qobiliyatiga ega bo‘lishi;
- Xalqaro tashkilot va moliya institutlari bilan ishlash tajribasiga ega bo‘lishi;
- O‘zbek tilini mukammal, rus va ingliz tillarini yaxshi darajada bilishi;
- Kompyuter dasturlarida ishlay olish qobiliyati.
Vazifalar:
- Normativ-huquqiy hujjatlar loyihalari va qabul qilingan normativ-huquqiy hujjatlarda tadbirkorlik subyektlari tomonidan asossiz xarajat qilishni, ularga ortiqcha majburiyat yuklashni, taqiq va cheklovlar mavjudligini aniqlash;
- Normativ-huquqiy hujjatlarni, shuningdek, ularni “ex-ante” va “ex-post” usullari orqali tartibga solish ta’sirini baholash natijalari yuzasidan tayyorlangan hisobotlarni biznes muhitiga, shu jumladan, tadbirkorlik faoliyatiga ta’sirini o‘rganish natijalariga ko‘ra xulosa tayyorlash;
- Zamonaviy talablarga javob bermaydigan, umrini o‘tab bo‘lgan, tadbirkorlik subyektlariga nisbatan ortiqcha ma’muriy yuklarni keltirib chiqarayotgan tartibga solish vositalarini aniqlash nuqtai nazaridan amaldagi tadbirkorlik faoliyati sohasidagi normativ-huquqiy hujjatlarni tahlil qilish, o‘rganish hamda ularni takomillashtirish, shu jumladan, normativ-huquqiy hujjatlarni tartibga solish ta’siridan o‘tkazish rejasiga takliflar ishlab chiqish;
- Normativ-huquqiy hujjatlar loyihalari va qabul qilingan normativ-huquqiy hujjatlarni tartibga solish ta’sirini baholash bo‘yicha hisobotlarni tayyorlashda vazirlik va idoralarga vakolati doirasida uslubiy va amaliy yordamlar ko‘rsatish;
- Davlat organlari va tashkilotlarining tartibga solish ta’sirini baholash uchun mas’ul xodimlarining sohadagi malaka va ko‘nikmalarini oshirib borishga qaratilgan o‘quv tadbirlarida muntazam qatnashib borish;
- Boshqarma vakolatiga kiradigan masalalar bo‘yicha vazirlik rahbariyatining ruxsatiga ko‘ra xalqaro tashkilotlar bilan muzokaralar olib borish, sohadagi xalqaro tashkilotlar bilan o‘tkaziladigan xalqaro va mahalliy uchrashuvlarda qatnashish, forum, konferensiya va taqdimotlarni o‘tkazish bilan bog‘liq hujjatlarni rasmiylashtirish.
- XALQARO REYTINGLAR VA BIZNES INFRASTRUKTURASINI
YAXSHILASH BOSHQARMASI
Boshqarma boshlig‘i lavozimiga mos asosiy talab va vazifalar
Talablar:
- Iqtisodiyot va moliya, ishlab chiqarish sohalarida oliy ma’lumotga ega bo‘lishi;
- Iqtisodiyot sohasida 5 yildan kam bo‘lmagan mehnat tajribasiga ega bo‘lishi, shundan 1 yil rahbarlik lavozimida ishlagan bo‘lishi;
- Vazirlik mas’ul bo‘lgan reyting va indekslarning metodologiyasiga ko‘ra ilg‘or xorijiy tajribani o‘rgangan holda eng yaxshi xalqaro amaliyot va tahlillar asosida tegishli yo‘nalishlardan kelib chiqib o‘z takliflarini ishlab chiqishiga ega bo‘lishi;
- 4. Mamlakat iqtisodiyotida biznes infrastrukturasini yaxshilash va tadbirkorlikni rivojlantirish borasidagi ishlarni tashkil etishda harakatlarni amalga oshirish uchun takliflar ishlab chiqa olish ko‘nikmasiga ega bo‘lishi;
- 5. Ilg‘or xorijiy tajribalarni qo‘llagan holda ishlarni tashkillashtirish, tahliliy
va kreativ fikrlash, jamoani bir maqsadga yo‘naltira olish, o‘z fikr-mulohaza hamda takliflarini himoya qila olish va boshqaruv qarorlarini to‘g‘ri va tezkor qabul qila olish qobiliyatiga ega bo‘lishi; - 6. Xalqaro tashkilot va moliya institutlari bilan ishlash tajribasiga ega bo‘lishi;
- 7.O‘zbek tilini mukammal, rus va ingliz tillarini yaxshi darajada bilishi;
- 8.Kompyuter dasturlarida ishlay olish qobiliyati.
Vazifalar:
- Mamlakatda biznes infratuzilmasini hamda xalqaro reyting va indekslarda O‘zbekiston o‘rnini yaxshilashga qaratilgan “Yo‘l xaritalari”da belgilangan chora-tadbirlarni mutasaddi vazirlik va idoralar tomonidan o‘z vaqtida bajarilishi ustidan monitoring ishlarini olib boradi;
- Vazirlik masʼul bo‘lgan reyting va indekslardagi ishlarni muvofiqlashtiradi
va umumlashtiradi hamda amalga oshirilgan chora-tadbirlarning natijadorligi yuzasidan ma’lumotlar tayyorlaydi, shuningdek, biznes infrastrukturani rivojlantirish borasida xorijiy tajribani o‘rgangan holda tegishli takliflarni ishlab chiqadi; - Xalqaro reyting va indekslar bilan ishlash bo‘yicha Respublika kengashi, Ustuvor xalqaro reyting va indekslar bilan ishlashni muvofiqlashtirish bo‘yicha komissiya bilan amalga oshirilgan ishlar yuzasidan yaqindan hamkorlik qiladi.
- Hisobot va maʼlumotlarni yuqori turuvchi organlar ya’ni O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi hamda Moliya va Adliya vazirliklariga belgilangan muddatlarda o‘z vaqtida taqdim etadi.
- Biznes infrastrukturasini yaxshilash, ishbilarmonlik faoliyatini tartibga solish, ularga sharoit yaratish va tadbirkorlikni tashkil etish hamda rag‘batlantirishga ko‘maklashish yuzasidan qonunchilikka o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish bo‘yicha takliflar ishlab chiqadi.
DEMOGRAFIYA, INSON KAPITALINI RIVOJLANTIRISH TAʼLIM VA SOGʻLIQNI SAQLASH BILAN QAMROV DARAJASINI OSHIRISH DEPARTAMENTI
INSON KAPITALINI RIVOJLANTIRISH, TAʼLIM VA SOGʻLIQNI SAQLASH BILAN QAMROV DARAJASINI OSHIRISH BOSHQARMASI
Bosh mutaxassisi lavozimiga mos asosiy talab va vazifalar
Talablar:
- Iqtisodiyot yoʻnalishi boʻyicha oliy maʼlumotga, davlat organlarida bevosita ijtimoiy sohani rivojlantirishga oid yoʻnalishda kamida 3 yil ish tajribasiga ega boʻlishi;
- Oʻzbekiston Respublikasida ijtimoiy sohada amalga oshirilayotgan islohot va amaliy chora-tadbirlar toʻgʻrisida umumiy maʼlumotga ega boʻlishi;
- Ish yuritish boʻyicha meʼyoriy hujjatlar, arxiv ishlarini yuritish koʻnikmasiga ega boʻlib, sohaga oid maʼlumotlarni tahlil qilishi;
- Jamoada ishlash, tahliliy va kreativ fikrlash, tashabbuskorlik va oʻz vazifasiga masʼuliyat bilan yondoshish qobiliyatlariga ega boʻlishi;
- AKT, MC Office, Internetdan foydalanish, maʼlumotlar bazasi va elektron xatlar bilan ishlay olishi;
- Oʻzbek, rus va ingliz tillarini yuqori darajada bilgan nomzodlar ijobiy baholanadi.
Vazifalar:
ijro intizomi hamda boshqarma faoliyatiga oid qoʻshimcha va boshqa umumiy ishlarni amalga oshirish;
boshqarmaga kelib tushgan XDFU hujjatlar va topshiriqlar roʻyxatini yuritish va ularni saqlash;
ijtimoiy sohalarida umumiy statistika, standartlar tasnifi asosida klassifikatsiya va metodologiyalarni takomillashtirishda ishtirok etish;
ijtimoiy sohalarga aloqador maqsadli dasturlar, nizomlarni ishlab chiqish, shuningdek, tarmoqdagi zarur boʻlgan tuzilmaviy oʻzgarishlar boʻyicha takliflar tayyorlab borish;
oʻz vakolati doirasida ijtimoiy sohalaridagi dasturlarni amalga oshirishda ishtirok etuvchi xalqaro tashkilotlar uchun tahliliy materiallar va takliflar tayyorlashda ishtirok etish;
boshqarma vakolatiga taalluqli masalalar boʻyicha quyi tuzilmalarga maslahat va metodik yordam koʻrsatish;
malaka va kasbiy darajasini oshirish uchun muntazam ravishda ish olib borish, majburiyatlari bilan bogʻliq hukumat qarorlari va boshqa normativ hujjatlarni oʻrganish;
elektron hujjatlar aylanish tizimlariga tegishli topshiriqlarning bajarilish holati toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni kiritish.
HUDUDLARNI KOMPLEKS RIVOJLANTIRISH DEPARTAMENTI
HUDUDLARNI IJTIMOIY-IQTISODIY RIVOJLANTIRISH REYTINGINI YURITISH VA DASTURLARNI SHAKLLANTIRISH BOSHQARMASI
Bosh mutaxassis lavozimga mos asosiy talab va vazifalar
Talablar:
- Iqtisodiyot, moliya, xalqaro iqtisodiy munosabatlar, xalqaro munosabatlar va yuridik yo‘nalishlarda oliy ma’lumotga ega bo‘lishi,
- Davlat boshqaruvi organlari, Vazirlik va uning hududiy bo‘linmalarida ish tajribasiga ega bo‘lishi;
- Hududlarni rivojlantirishda yangicha va samarali yondashuvlarini, xorij ilg‘or tajribalarini qo‘llagan holda ishlarni tashkillashtirish, tahliliy va kreativ fikrlash qobiliyatiga ega bo‘lish;
- Jamoani bir maqsadga yo‘naltira olish, o‘z qarashlarini himoya qila olish va boshqaruv qarorlarini to‘g‘ri va tezkor qabul qila olish qobiliyatiga ega bo‘lish;
- O‘zbek, rus va ingliz tillarini mukammal darajada bilishi IELTS sertifikati (6 ball va undan yuqori) ga ega bo‘lishi;
- Shuningdek, kompyuter savodxonligi bo‘yicha - Microsoft Office (MS Word, MS Exsel va MS Power Point) dasturlarida bemalol ishlay oladigan nomzodlar ijobiy baholanadi.
Vazifalar:
- Hududlarning ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanish darajasi o‘rtasidagi farqni qisqartirishga qaratilgan chora-tadbirlarni belgilash;
- Ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanish darajasi ortda qolayotgan tuman va shaharlarda sanoat va xizmat ko‘rsatishni rivojlantirish, ularning tabiiy boyliklari, geografik joylashuvi, mehnat resurslari va boshqa salohiyatidan samarali foydalanilishni nazarda tutuvchi dasturlar ishlab chiqish bo‘yicha takliflar tayyorlash;
- Hududlarni kompleks ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish dasturlari doirasida loyihalar va tadbirlarni amalga oshirish, ularni o‘z vaqtida va sifatli bajarishga to‘sqinlik qiluvchi tizimli muammoli masalalarni aniqlash choralarini belgilash;
- Hududlar ixtisoslashuvini belgilash, shu bilan birga, hudud iqtisodiyotini diversifikatsiya qilish orqali tarkibiy o‘zgarishlarning borishini belgilash;
- Hududlarda foydalanilmagan mehnat zaxiralarini va ishlab chiqarish salohiyatlarini aniqlash va ulardan samarali foydalanish bo‘yicha takliflar ishlab chiqish;
- Hududlarning ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishida davlat tomonidan bevosita va bilvosita yordam berilishi bo‘yicha yo‘nalishlarni aniqlash;
- Har bir tuman va shahar iqtisodiyotining jadal rivojlanishiga turtki bo‘ladigan yo‘nalishlarni aniqlash;
- Hududiy investitsiya dasturlari shakllantirish jarayonida loyihalarni, xususan ishlab chiqarish kuchlari, infratuzilma va turar joylarni hududga tabiiy, iqtisodiy, arxitektura-qurilish, shuningdek iste’mol bozori kabi omillarni inobatga olgan holda maqbul joylashtirish yuzasidan takliflar tayyorlash;
- Hududlarni kompleks ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish dasturlari doirasidagi loyihalarini samarali va sifatli amalga oshirish bo‘yicha takliflar tayyorlash, ularni o‘z vaqtida va sifatli bajarishga to‘sqinlik qiluvchi tizimli muammoli masalalarni aniqlash choralarini belgilash.