IQTISODIY ATAMALARNING IZOHLI LUG‘ATI LOYIHASI
07/12/2021 - 16:26 6767
Prezidentimiz ma’ruzalarida ta’kidlaganidek, davr ruhi va talabidan kelib chiqib, ko‘plab yangi iqtisodiy atamalar amaliyotda keng qo‘llanilmoqda. Xususan, “Halollik vaksinasi”, “Kambag‘allik”, “Kambag‘allik darajasi”, “Kambag‘allik chegarasi”, “Samarali bandlik”, “Klaster”, “Temir daftar”, “Ayollar daftari”, “Yoshlar daftari”, “Mahallabay”, “Xonadonbay”, “Fuqarobay”, “Investitsion faollik”, “Investitsion jozibadorlik”, “Iqtisodiy faollik”, “Kriptovalyuta”, “Elektron hamyon”, “Keshbek”, “Blokcheyn”, “Turistik zona” kabi ko‘plab yangi moliyaviy-iqtisodiy atamalar jamiyat hayotiga tatbiq etilgan bo‘lsa-da, ularning mazmun-mohiyati atroflicha sharhlanib, jamlangan izohli lug‘at mavjud emas.
Shuningdek, iqtisodiyotdagi jahon tan olgan turli terminlarni qo‘llash hamda ularning mazmunini jamiyatning barcha qatlamlari uchun tushunarli tilda yoritib berish ham dolzarb vazifa bo‘lib turibdi.
Yuqoridagilarni inobatga olib, Yangi O‘zbekiston mohiyati va ruhiyatiga moslashtirilgan, 300 betga yaqin o‘zbek tilida iqtisodiy atamalarning izohli lug‘ati loyihasi tayyorlandi.
Lug‘at loyihasi O‘zbekiston milliy universiteti, Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti, Toshkent moliya instituti, Prognozlashtirish va makroiqtisodiy tadqiqotlar instituti professor-o‘qituvchilarining tavsiya va ko‘rsatmalari asosida qayta ishlandi hamda taqrizlar olindi.
Barcha tashqi taqrizlar ijobiy bo‘lishiga qaramasdan, mazkur lug‘at loyihasi Iqtisodiy kompleksga kiruvchi vazirlik va idoralar hamda mustaqil ekspertlar atroflicha ko‘rib chiqib, taklif va mulohazalarini sislamov@mineconomy.uz elektron pochtasiga yuborishlarini yoki 71-232-60-05, 71-232-60-02, 71-232-64-99 telefon orqali berishlarini so‘raymiz.
Iqtisodiy atamalarning izohli lug‘ati loyihasi ilova qilinadi.