OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI IQTISODIY TARAQQIYOT VA KAMBAGʻALLIKNI QISQARTIRISH VAZIRLIGI MARKAZIY APPARATDA MAVJUD BOʻSH ISH OʻRINLARIGA TANLOV EʻLON QILADI

29/11/2021 - 13:35 3814

Tanlov jarayoni Iqtisodiy taraqqiyot va kambagʻallikni qisqartirish vazirligining 2021-yil 5-martdagi “Iqtisodiy taraqqiyot va kambagʻallikni qisqartirish vazirligi  markaziy apparati, hududiy boʻlinmalar, tizimdagi tashkilotlar va muassasalaridagi vakant lavozimlarga ishga qabul qilish, xodimlarni boshqa lavozimdan oʻtkazishda tanlov asosida saralab olish” toʻgʻrisidagi Tartibi asosida maxsus tuzilgan komissiya tomonidan 3 bosqichda amalga oshiriladi.

 

1-bosqich: Tanlovda ishtirok etish istagi boʻlgan nomzodlar Davlat xizmatini rivojlantirish agentligining “Davlat fuqarolik xizmatchilari vakant lavozimlarining yagona ochiq portali” (https://vacancy.argos.uz)da roʻyxatdan oʻtishlari, Iqtisodiy taraqqiyot va kambagʻallikni qisqartirish vazirligida mavjud boʻsh lavozimlardan birini tanlab, soʻralgan hujjatlarni elektron shaklda taqdim etishlari zarur.

Nomzodlardan ariza va kerakli hujjatlarni qabul qilish                             

2021-yil  29-noyabrdan  8-dekabrgacha davom etadi.

 

2-bosqich: Birinchi bosqichdan oʻtgan nomzodlar bilan test sinovlari oʻtkaziladi. Nomzodlar 2-bosqich suhbat jarayoniga taklif qilinishlari uchun ularning test natijalari 60 balldan kam boʻlmasligi kerak.  

 

3-bosqich: Ikkinchi bosqichdan oʻtgan nomzodlar bilan yuqoridagi talablarga javob berishlarini tekshirish maqsadida oʻzbek, rus va ingliz tillarida suhbat oʻtkaziladi. Suhbat natijasi 100 ball tizimi boʻyicha baholanadi (10 ta mezon boʻyicha har biri 1-10 balldan, eng yuqori 10, eng past 1 ball), bunda komissiyaning har bir a’zosi suhbat natijasi bo’yicha nomzodlarga ball qoʻyib chiqadi.

 

Komissiya tomonidan har bir nomzod boʻyicha ballar hisoblab chiqiladi va tanlovning yakuniy natijalari Iqtisodiy taraqqiyot va kambagʻallikni qisqartirish vazirligi rasmiy veb-sayti orqali ma’lumot beriladi (www.mineconomy.uz) hamda har bir nomzodning shaxsiy elektron pochtasi yoki telefoni orqali xabar beriladi.

Bogʻlanish uchun (+99871) 232-64-29, (+99871) 232-65-40  telefon raqamlariga murojaat qilishingiz mumkin.

 

Tanlovda ishtirok etayotgan nomzod bir vaqtning oʻzida uchta boʻsh lavozim uchun ariza bilan murojaat etish imkoniyatiga ega.

Tanlovda ishtirok etish bo’yicha arizalarni qabul qilish faqat nomzodlar tomonidan saytdagi elektron soʻrovnomani toʻldirish orqali amalga oshiriladi.

Ariza va hujjatlarni qabul qilish vaqti o’tgandan so’ng yuborilgan ariza va hujjat egalari tanlovda ishtirok eta olmaydi.

 

Hujjatlarni qabul qilish uchun havolahttps://vacancy.argos.uz

 

BOʻSH ISH OʻRINLARI HAMDA ULARGA QOʻYILADIGAN

MINIMAL TALABLAR

DEMOGRAFIYA, INSON KAPITALINI RIVOJLANTIRISH TAʼLIM VA SOGʻLIQNI SAQLASH BILAN QAMROV DARAJASINI OSHIRISH DEPARTAMENTI

INSON KAPITALINI RIVOJLANTIRISH, TAʼLIM VA SOGʻLIQNI SAQLASH BILAN QAMROV DARAJASINI OSHIRISH BOSHQARMASI

Yetakchi mutahassis vakant lavozimiga mos asosiy talab va vazifalar

 

Talablar:

  1. Iqtisodiyot yoʻnalishi boʻyicha oliy maʼlumotga, davlat organlarida bevosita ijtimoiy sohani rivojlantirishga oid yoʻnalishda kamida 2 yil ish tajribasiga ega boʻlishi;
  2. Oʻzbekiston Respublikasida ijtimoiy sohada amalga oshirilayotgan islohot va amaliy chora-tadbirlar toʻgʻrisida umumiy maʼlumotga ega boʻlishi;
  3. Ish yuritish boʻyicha meʼyoriy hujjatlar, arxiv ishlarini yuritish koʻnikmasiga ega boʻlib, sohaga oid maʼlumotlarni tahlil qilishi;
  4. Jamoada ishlash, tahliliy va kreativ fikrlash, tashabbuskorlik va oʻz vazifasiga masʼuliyat bilan yondoshish qobiliyatlariga ega boʻlishi;
  5. AKT, MC Office, Internetdan foydalanish, maʼlumotlar bazasi va elektron xatlar bilan ishlay olishi;
  6. Oʻzbek, rus va ingliz tillarini yuqori darajada bilgan nomzodlar ijobiy baholanadi.

Vazifalar:

ijro intizomi hamda boshqarma faoliyatiga oid qoʻshimcha va boshqa umumiy ishlarni amalga oshirish;

boshqarmaga kelib tushgan XDFU hujjatlar va topshiriqlar roʻyxatini yuritish va ularni saqlash;

ijtimoiy sohalarida umumiy statistika, standartlar tasnifi asosida klassifikatsiya va metodologiyalarni takomillashtirishda ishtirok etish;

ijtimoiy sohalarga aloqador maqsadli dasturlar, nizomlarni ishlab chiqish, shuningdek, tarmoqdagi zarur boʻlgan tuzilmaviy oʻzgarishlar boʻyicha takliflar tayyorlab borish;

oʻz vakolati doirasida ijtimoiy sohalaridagi dasturlarni amalga oshirishda ishtirok etuvchi xalqaro tashkilotlar uchun tahliliy materiallar va takliflar tayyorlashda ishtirok etish;

boshqarma vakolatiga taalluqli masalalar boʻyicha quyi tuzilmalarga maslahat va metodik yordam koʻrsatish;

malaka va kasbiy darajasini oshirish uchun muntazam ravishda ish olib borish, majburiyatlari bilan bogʻliq hukumat qarorlari va boshqa normativ hujjatlarni oʻrganish;

elektron hujjatlar aylanish tizimlariga tegishli topshiriqlarning bajarilish holati toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni kiritish.

 

XALQARO HAMKORLIKNI RIVOJLANTIRISH VA PROTOKOL XIZMATI DEPARTAMENTI

 

JAHON BANKI GURUHI BILAN HAMKORLIK BOSHQARMASI

 

1.Boshqarma boshlig‘i o‘rinbosari vakant lavozimiga mos asosiy talab va vazifalar

 

Talablar:

1.Iqtisodiyot, moliya yo‘nalishlari bo‘yicha oliy ma’lumotga ega bo‘lishi;

2.Davlat boshqaruvi organlarida kamida 2 yillik ish tajribasiga ega bo‘lishi;

3.Xalqaro moliyaviy institutlar (XMI), xususan, Jahon banki guruhining umumiy va O‘zbekistondagi faoliyati to‘g‘risida to‘liq tushunchasi bo‘lishi;

4.XMIlar yordamida O‘zbekistonda amalga oshirilayotgan investitsion loyihalarning operativ holati, ular bo‘yicha o‘zlashtirish holati, muammolari bo‘yicha tahlil qilish malakasiga ega bo‘lishi va va muammolarning yechimlarini taklif qila bilishi;

5.Qisqa muddatda katta hajmdagi materiallarni tahlil qilish va buning asosida tahliliy ma’lumot tayyorlash, ish jarayonini samarali boshqarish ko‘nikmasiga ega bo‘lish;

6.Jamoada ishlash, boshqaruv qarorlarini to‘g‘ri va tezkor qabul qila olish, tahliliy va kreativ fikrlash, tashabbuskorlik va o‘z vazifasiga mas’uliyat bilan yondashish qobiliyatlariga ega bo‘lish;

7.AKT, MS Office, Internetdan foydalanish, ma’lumotlar bazasi va elektron xatlar bilan yuqori darajada ishlash;

8.O‘zbek, rus va ingliz tillarini mukammal darajada bilishi, shuningdek, boshqa chet tillarini yuqori darajada bilgan nomzodlar ijobiy baholanadi.  Vazifalar:

  1. Jahon banki guruhi bilan ishchi aloqalarni o‘rnatadi, olib boradi, ma’lumotlar almashinuvini yo‘lga qo‘yadi, doimiy o‘zaro hamkorlikni ta’minlaydi;
  2. Jahon banki guruhi yordamida O‘zbekistonda amalga oshirilayotgan loyihalar bo‘yicha operativ va tahliliy ma'lumotlarni muntazam ravishda to‘playdi, tahlil qiladi va hisobot tayyorlaydi;
  3. Jahon banki guruhi investitsion loyihalar portfeli yuzasidan tahliliy ma’lumotlar bazasini shakllantiradi, bu borada barcha tegishli vazirlik va idoralar, loyihani amalga oshirish guruhlari bilan hamkorlik qiladi;
  4. Yuqori va ishchi tartibdagi uchrashuvlarni tashkil etishda ishtirok etadi, kerakli ma’lumotlarni tayyorlaydi, lozim bo‘lganda uchrashuvlarda ishtirok etadi;
  5. Boshqarmaning O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirligi tizimiga kiruvchi tegishli bo‘linma va tashkilotlar bilan o‘zaro aloqasini ta’minlaydi;
  6. Boshqarma vakolatiga kiradigan masalalar bo‘yicha vazirlik rahbariyati ko‘rsatmalarining bajarilishini tashkil etishni ta’minlaydi;
  7. Boshqarma vakolatiga kiradigan masalalar bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi va Vazirlar Mahkamasining nazorat topshiriqlarining bajarilishini ta’minlaydi va ko‘maklashadi;
  8. Vazirlik rahbariyati tomonidan o‘tkaziladigan kengash va boshqa yig‘ilishlarda qatnashadi;
  9. Tashqi iqtisodiy faoliyat sohasidagi bilimlarni oshirish maqsadida boshqarma xodimlarini rag‘batlantirish va maxsus o‘quv kurslariga malaka oshirish uchun yuborish to‘g‘risidagi takliflarni vazirlik rahbariyatiga ko‘rib chiqishi uchun kiritadi.

 

2.Bosh mutaxassisi vakant lavozimiga mos asosiy talab va vazifalar

 

  1. Lavozimga mos asosiy talab va vazifalar

Talablar:

1.Iqtisodiyot, moliya yo‘nalishlari bo‘yicha oliy ma’lumotga ega bo‘lishi;

2.Davlat boshqaruv organlarida kamida 1 yillik ish tajribasiga ega bo‘lishi;

3.Xalqaro moliyaviy institutlar (XMI), xususan, Jahon banki Guruhining umumiy va O‘zbekistondagi faoliyati to‘g‘risida to‘liq tushunchasi bo‘lishi;

4.XMIlar yordamida O‘zbekistonda amalga oshirilayotgan investitsion loyihalarning operativ holati, ular bo‘yicha o‘zlashtirish holati, muammolari bo‘yicha tahlil qilish malakasiga ega bo‘lishi va va muammolarning yechimlarini taklif qila bilishi;

5.Qisqa muddatda katta hajmdagi materiallarni tahlil qilish va buning asosida tahliliy ma’lumot tayyorlash, ish jarayonini samarali boshqarish ko‘nikmasiga ega bo‘lish;

6.Jamoada ishlash, tahliliy va kreativ fikrlash, tashabbuskorlik va o‘z vazifasiga mas’uliyat bilan yondashish qobiliyatlariga ega bo‘lish;

7.AKT, MS Office, Internetdan foydalanish, ma’lumotlar bazasi va elektron xatlar bilan yuqori darajada ishlash;

8.O‘zbek, rus va ingliz tillarini mukammal darajada bilish, shuningdek, boshqa chet tillarini yuqori darajada bilgan nomzodlar ijobiy baholanadi. 

Vazifalar:

  1. Jahon banki Guruhi bilan ishchi aloqalarni o‘rnatadi, olib boradi, ma’lumotlar almashinuvini yo‘lga qo‘yadi, doimiy o‘zaro hamkorlik qiladi;
  2. Jahon banki Guruhi yordamida O‘zbekistonda amalga oshirilayotgan loyihalar bo‘yicha operativ va tahliliy ma’lumotlarni muntazam ravishda to‘playdi, tahlil qiladi va hisobot tayyorlaydi;
  3. Jahon banki Guruhi investitsion loyihalar portfeli yuzasidan tahliliy ma’lumotlar bazasini shakllantiradi, bu borada barcha tegishli vazirlik va idoralar, loyihani amalga oshirish guruhlari bilan hamkorlik qiladi;
  4. Yuqori va ishchi tartibdagi uchrashuvlarni tashkil etishda ishtirok etadi, kerakli ma’lumotlarni tayyorlaydi, lozim bo‘lganda uchrashuvlarda ishtirok etadi.
  5. Boshqarma vakolatiga kiradigan masalalar bo‘yicha vazirlik rahbariyati ko‘rsatmalarining bajarilishini tashkil etishni ta’minlaydi;
  6. Vazirlik rahbariyati tomonidan berilgan topshiriqlarni belgilangan muddatlarda va miqdorlarda amalga oshiradi;
  7. Boshqarma vakolatiga kiradigan masalalar bo‘yicha me’yoriy-huquqiy hujjatlarni ko‘rib chiqib, taklif va xulosalarni tayyorlaydi;
  8. Boshqarma vakolatiga kiruvchi masalalar bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administrasiyasi va Vazirlar Mahkamasining nazorat topshiriqlarini bajaradi va ko‘maklashadi;
  9. Boshqarma vakolatiga kiruvchi masalalar bo‘yicha tashkilotlarning loyihalari so‘rovlariga va xatlariga javoblar tayyorlaydi;
  10. Xalqaro tashkilotlar vakolatxonalarining tashriflarini kelishadi va vazirlikning protokol xizmati bilan tayyorlaydi, ularning tashriflarini belgilangan tartibda rasmiylashtiradi;
  11. Vazirlik rahbarlari tomonidan o‘tkaziladigan uchrashuvlar natijalari bo‘yicha bayonnoma loyihalari, memorandumlar, eslatmalar tayyorlaydi;
  12. Rahbariyat topshirig‘iga binoan boshqarma vakolatiga kiruvchi masalalar bo‘yicha muzokaralarda, konferensiyalarda, seminarlarda, simpoziumlarda va boshqa forumlarda qatnashadi;
  13. Boshqarmaga yuklatilgan topshiriqlarni, departament direktori va boshqarma boshlig‘ining topshiriqlarini bajaradi;
  14. Nazoratdagi topshiriqlar ijrosini nazorat qiladi, shuningdek boshqarma ish yurituvini olib boradi;
  15. O‘z vazifalar va funksiyalarning samarali bajarilishi uchun shaxsan javobgardir

 

URBANIZATSIYA VA UY-JOY QURILISHINI RIVOJLANTIRISH DEPARTAMENTI

 

UY-JOY QURILISHINI RIVOJLANTIRISH BOSHQARMASI

 

Uy-joy dasturlarini muvofiqlashtirish va ipoteka bozorini monitoring qilish bo‘limi

1.Bo‘lim boshlig‘i  o‘rinbosari vakant lavozimiga mos asosiy talab va vazifalar

    Talablar:

 

  1. Moliya-iqtisodiyot mutaxassisligi bo‘yicha oliy ma‘lumotga ega bo‘lishi;
  2. Iqtisodiyot, moliya, bank ishi, uy-joy qurilishi, urbanizatsiya va ipoteka krediti bozori sohalarida yoki shunga o‘xshash yo‘nalishlarda kamida 3 yillik ish tajribaga ega bo‘lishi;
  3. Makroiqtisodiyot, iqtisodiy nazariyani bilish va iqtisodiy tahlil qila olish ko‘nikmalariga ega bo‘lish;
  4. Kompyuter savodxonligi bo‘yicha - Microsoft Word, Exsel va Power Point dasturlarida professional darajada ishlay olish;
  5. Bank-moliya sohasidagi asosiy qonunchilik hujjatlari hamda uy-joy qurish davlat dasturlari va ipoteka bozori bo‘yicha normativ-huquqiy hujjatlarni yaxshi bilish;
  6. Jamoa bilan ishlash, tahliliy va kreativ fikrlash, tashabbuskorlik va o‘z vazifasiga mas’uliyat bilan yondashish hamda qaror qabul qilishda professional yondashish qobiliyatlariga ega bo‘lish;
  7. O‘zbek tilini mukammal, rus va ingliz (nemis, fransuz) tillarini yuqori darajada bilgan, nufuzli xorijiy oliy ta’lim muassasalarda tahsil olgan hamda Hukumatda mehnat faoliyatini olib borgan nomzodlar ijobiy baholanadi.

 

Vazifalar:

  1. O‘zbekiston Respublikasida davlat uy-joy qurilishi siyosatini va ipoteka bozorini takomillashtirish yuzasidan takliflar tayyorlash;
  2. Amaldagi subsidiya dasturlari monitoringini tashkil etish;
  3. Subsidiya davlat dasturlari to‘g‘risidagi (yillik, choraklik) hisobotlarni tayyorlash va uni rahbariyatga kiritib borish;
  4. Respublikadagi makroiqtisodiy holat va o‘zgarishlarni hamda xalqaro moliya bozorlaridagi vaziyatni aks ettiruvchi ko‘rsatkichlar bilan ishlay olish, tahlil qilish va sharhlash;
  5. Subsidiya va uy-joy dasturlari samaradorligini tahlil qilish, ularni birlashtirish va konsolidatsiya qilishda hamda yangi davlat maqsadli dasturlarini ishlab chiqishda ishtirok etish;
  6. Xorijiy mamlakatlarning ilg‘or tajribasini inobatga olgan holda aholini uy-joy bilan ta’minlash siyosati va ipoteka bozorini rivojlantirish va ipoteka kreditlari mexanizmlarini kengaytirish bo‘yicha takliflar tayyorlash;
  7. Ipoteka kreditlarini qayta moliyalashtirish manbalari bo‘yicha takliflar tayyorlash;
  8. Ipoteka bozori holati bo‘yicha to‘liq ma’lumotlarni aks ettiruvchi hisobot shakllarini Davlat statistika qo‘mitasi bilan birgalikda yangi yondashuvni amalga oshirish va takomillashtirib borish;
  9. Osiyo taraqqiyot banki bilan amalga oshiriladigan O‘zbekistonda ipoteka bozorini rivojlantish dasturi bo‘yicha tasdiqlangan chora-tadbirlar matritsasida belgilangan vazifalarni bajarilishini ta’minlash bo‘yicha tegishli takliflarni tayyorlash;
  10. Har yili manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda kvartiralarning bir kvadrat metrining tegishli hududdagi o‘rtacha bozor qiymati va kvartiralar maydonining eng kam me’yorlarini inobatga olgan holda uy-joylar uchun ajratiladigan subsidiyalarning hisoblangan qiymatini belgilashda ishtirok etish;
  11. Uy-joy qurish davlat dasturlari doirasida ipoteka kreditlari bo‘yicha davlat tomonidan subsidiyalar ajratish mexanizmlarini takomillashtirish bo‘yicha tahlillar o‘tkazish;
  12. Bo‘lim vakolatiga taalluqli bo‘lgan yuridik va jismoniy shaxslarning xatlari, takliflari, ariza va shikoyatlarini O‘zbekiston Respublikasining “Jismoniy va yuridik shaxslar murojaatlari to‘g‘risida”gi Qonuniga muvofiq ijrosini ta’minlash;
  13. Iqtisod, moliya, bank sohalaridagi bilimlarini muntazam oshirib borish va xorijiy tillarni o‘rganish bo‘yicha o‘z ustida ishlash.

 

  1. Yetakchi mutaxassisi vakant lavozimiga mos asosiy talab va vazifalar

 

Talablar:

 

  1. Moliya-iqtisodiyot mutaxassisligi bo’yicha oliy ma’lumotga ega bo‘lishi;
  2. Makroiqtisodiyot, iqtisodiy nazariyani bilish va iqtisodiy tahlil qila olish ko‘nikmalariga ega bo‘lish;
  3. Kompyuter savodxonligi bo‘yicha - Microsoft Word, Exsel va Power Point dasturlarida professional darajada ishlay olish;
  4. Bank-moliya sohasidagi asosiy qonunchilik hujjatlari hamda uy-joy qurish davlat dasturlari va ipoteka bozori bo‘yicha normativ-huquqiy hujjatlarni yaxshi bilish;
  5. O‘zbek tilini mukammal, rus va ingliz (nemis, fransuz) tillarini yuqori darajada bilgan, nufuzli xorijiy oliy ta’lim muassasalarda tahsil olgan hamda Hukumatda mehnat faoliyatini olib borgan nomzodlar ijobiy baholanadi.

    Vazifalar:

 

  1. Subsidiya dasturlari ijrosi samaradorligi bo‘yicha monitoringida ishtirok etish;
  2. Uy-joy qurish davlat dasturlari va ipoteka kreditlarini taqdim etish mexanizmlarini takomillashtirish bo‘yicha takliflar tayyorlashda statistik va boshqa ma’lumotlarni umumlashtirish;
  3. Xorijiy mamlakatlarda uy-joy sotib olishini rivojlantirish va aholini uy-joyga bo‘lgan ehtiyojini qondirish tajribasi bo‘yicha ma’lumotlarni yig‘ish;
  4. Ipoteka krediti va qayta moliyalashtirish sohasida, shu jumladan, xorijiy ekspert va mutaxassislarni xulosalari asosida metodologik va normativ-huquqiy bazani ishlab chiqishda ishtirok etish;
  5. Davlat statistika qo‘mitasi tomonidan taqdim etilgan ma’lumotlar asosida uy-joy bozoridagi narxlar bo‘yicha umumlashtirilgan ma’lumotlarni tayyorlash;
  6. Bo‘lim tomonidan tegishli vazirlik va idoralarga yuborilgan xatlar (hujjatlar) bo‘yicha taqdim etilgan ma’lumotlar va javob xatlarini umumlashtirish;
  7. Bo‘limdagi xat-hujjatlarni tartibli yuritilishi va saqlanishini ta’minlash.