Teatr – bu ibratxonadir
22/11/2021 - 16:28 3604
Vazirlik tizimida maʼnaviy-maʼrifiy ishlarning yangi tizimini yaratish boʻyicha tasdiqlangan 2021-yil uchun “Yoʻl xaritasi”ning 20-bandiga muvofiq, joriy yilning 20-noyabr kuni vazirlik xodimlari O‘zbekiston Rus akademik drama teatrining “Ezop” tragikomediyasiga tashrif buyurdilar.
Bu spektakl qadimgi Gretsiya madaniyatini o‘zida aks ettirgan va o‘tmishda yashab o‘tgan o‘zining topqirligi va sadoqati bilan xojasining barcha yumushlarini yengillatgan donishmand qul Ezop haqida. U o‘z aql-zakovati bilan ozodligini qo‘lga kiritgan, lekin oxir-oqibat yaxshilik va rostgo‘yligi mukofotlanishi o‘rniga nohaqlikning qurboniga aylangan inson hayoti aks ettirilgan.
Mahorat bilan ijro etgan aktyorlar tufayli ushbu spektakl tomoshabinlar e’tirofiga sazovor bo‘ldi.
Xodimlarining dam olish kuni ajoyib sahna asari tufayli mazmunli o‘tdi.
Axborot, tahlil va hujjatlarni korreksiyalash bo‘limi