OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI IQTISODIY TARAQQIYOT VA KAMBAGʻALLIKNI QISQARTIRISH VAZIRLIGI MARKAZIY APPARATDA MAVJUD BOʻSH ISH OʻRINLARIGA TANLOV EʻLON QILADI
12/11/2021 - 18:04 4003
Tanlov jarayoni Iqtisodiy taraqqiyot va kambagʻallikni qisqartirish vazirligining 2021-yil 5-martdagi “Iqtisodiy taraqqiyot va kambagʻallikni qisqartirish vazirligi markaziy apparati, hududiy boʻlinmalar, tizimdagi tashkilotlar va muassasalaridagi vakant lavozimlarga ishga qabul qilish, xodimlarni boshqa lavozimdan oʻtkazishda tanlov asosida saralab olish” toʻgʻrisidagi Tartibi asosida maxsus tuzilgan komissiya tomonidan 3 bosqichda amalga oshiriladi.
1-bosqich: Tanlovda ishtirok etish istagi boʻlgan nomzodlar Davlat xizmatini rivojlantirish agentligining “Davlat fuqarolik xizmatchilari vakant lavozimlarining yagona ochiq portali” (https://vacancy.argos.uz)da roʻyxatdan oʻtishlari, Iqtisodiy taraqqiyot va kambagʻallikni qisqartirish vazirligida mavjud boʻsh lavozimlardan birini tanlab, soʻralgan hujjatlarni elektron shaklda taqdim etishlari zarur.
Nomzodlardan ariza va kerakli hujjatlarni qabul qilish
2021-yil 12-noyabrdan 21-noyabrgacha davom etadi.
2-bosqich: Birinchi bosqichdan oʻtgan nomzodlar bilan test sinovlari oʻtkaziladi. Nomzodlar 2-bosqich suhbat jarayoniga taklif qilinishlari uchun ularning test natijalari 60 balldan kam boʻlmasligi kerak.
3-bosqich: Ikkinchi bosqichdan oʻtgan nomzodlar bilan yuqoridagi talablarga javob berishlarini tekshirish maqsadida oʻzbek, rus va ingliz tillarida suhbat oʻtkaziladi. Suhbat natijasi 100 ball tizimi boʻyicha baholanadi (10 ta mezon boʻyicha har biri 1-10 balldan, eng yuqori 10, eng past 1 ball), bunda komissiyaning har bir a’zosi suhbat natijasi bo’yicha nomzodlarga ball qoʻyib chiqadi.
Komissiya tomonidan har bir nomzod boʻyicha ballar hisoblab chiqiladi va tanlovning yakuniy natijalari Iqtisodiy taraqqiyot va kambagʻallikni qisqartirish vazirligi rasmiy veb-sayti orqali ma’lumot beriladi (www.mineconomy.uz) hamda har bir nomzodning shaxsiy elektron pochtasi yoki telefoni orqali xabar beriladi.
Bogʻlanish uchun (+99871) 232-64-29, (+99871) 232-65-40 telefon raqamlariga murojaat qilishingiz mumkin.
Tanlovda ishtirok etayotgan nomzod bir vaqtning oʻzida uchta boʻsh lavozim uchun ariza bilan murojaat etish imkoniyatiga ega.
Tanlovda ishtirok etish bo’yicha arizalarni qabul qilish faqat nomzodlar tomonidan saytdagi elektron soʻrovnomani toʻldirish orqali amalga oshiriladi.
Ariza va hujjatlarni qabul qilish vaqti o’tgandan so’ng yuborilgan ariza va hujjat egalari tanlovda ishtirok eta olmaydi.
Hujjatlarni qabul qilish uchun havola – https://vacancy.argos.uz
DAVLAT INVESTISIYA SIYOSATINI YURITISH
VA MUVOFIQLASHTIRISH DEPARTAMENTI
DAVLAT INVESTISIYA DASTURLARINI YIG‘MA TAHLIL BOSHQARMASI
Yetakchi mutahassis vakant lavozimiga mos asosiy talab va vazifalar
Talablar:
- Iqtisodiyot yoki moliya sohalarida oliy maʼlumotga ega bo‘lish.
- Umumiy 3 yil ish tajribasiga ega bo‘lish.
- Investitsiya loyihalarini va raqamlarni tahlil qilish bo‘yicha tajriba mavjudligi.
- Loyiha hujjatlarini texnik va iqtisodiy tahlil qilish tajribasiga ega bo’lish.
- Kompyuter dasturlarida ishlay olish qobiliyati (MS Excel, MS Office, MS Power Point).
- Kreativ, tanqidiy, srategik va tahliliy fikrlash qobiliyatiga ega bo‘lish.
- Jamoada ishlash, masʼuliyatli, mehnatsevar, fidoiy, tashkilotchilik qobiliyatiga ega bo‘lish.
- O‘zbek tilini mukammal bilishi lozim, shuningdek rus va ingliz tillarini yuqori darajada bilgan, IELTS sertifikatiga ega bo‘lgan (kamida 5,5 ball), nufuzli xorijiy oliy taʼlim muassasalarida tahsil olgan hamda davlat organlarida mehnat faoliyatini olib borgan nomzodlar yuqori baholanadi.
Vazifalar:
- Davlat investitsiya dasturi doirasida amalga oshiralyotgan loyihalarning holati bo‘yicha maʼlumotlarni to‘plash, tahrir qilish.
- To‘plangan maʼlumotlar asosida yig‘ma axborot shakllantirish, ular asosida hisobotlar tayyorlash.
- Sohaga oid normativ-huquqiy hujjatlar bazasini shakllantirish va doimiy ravishda yangilab borish.
- Boshqarma bo‘yicha hujjatlar, shu jumladan elektron hujjatlar aylanish tizimlarini yuritish, xat-hujjatlarni tartibli yuritilishi va saqlanishini taʼminlash.
- Boshqarma tomonidan tegishli vazirlik, idoralar va mahalliy hokimiyat organlariga yuborilgan xatlar (hujjatlar) bo‘yicha taqdim etilgan maʼlumotlar va javob xatlarini umumlashtirish.
- Boshqarma ish faoliyatiga oid Hukumat qarorlarini va boshqa meʼyoriy hujjatlarni o‘rganib borish va doimiy ravishda o‘z malakasini oshirib borish.
- Sohadagi yangiliklarga intilish, tashabbus ko‘rsatib borish.
- Hisobot va maʼlumotlarni belgilangan muddatlarda sifatli taqdim etib borilishini taʼminlash.
- Boshqarma faoliyatiga oid yangiliklar, fikr va mulohazalarni ommaviy axborot vositalarida kuzatib borish, zarur hollarda ularni to‘plash.
- Vakolat doirasida rahbariyat tomonidan yuklatiladigan boshqa topshiriqlar ijrosini taʼminlash.
MASHINASOZLIK (USKUNASOZLIK) VA MUDOFAA SANOATINI RIVOJLANTIRISH BOSHQARMAS
Bosh mutaxassis vakant lavozimiga mos asosiy talab va vazifalar
Talablar:
- Iqtisodiyot yo‘nalishi bo‘yicha oliy ma’lumotga, ishlab chiqarish yoki sanoat yo‘nalishlari bo‘yicha kamida 2 yil ish tajribasiga ega bo‘lishi;
- O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti va O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining iqtisodiyotni rivojlantirish yo‘nalishida qabul qilingan normativ-huquqiy hujjatlarini bilishi;
- O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti va O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining iqtisodiyotni rivojlantirish hamda sanoat yo‘nalishida normativ-huquqiy hujjat loyihalarini tayyorlash ko‘nikmasining mavjudligi;
- Sanoatda ilg‘or xorijiy tajribani O‘zbekiston sharoitida qo‘llash bo‘yicha ko‘nikmasining shakllanganligi hamda xalqaro tashkilotlar bilan ishlash tajribasiga egaligi;
- Jamoa bilan ishlash, tahliliy va kreativ fikrlash, tashabbuskorlik
va o‘z vazifasiga mas’uliyat bilan yondashish hamda qaror qabul qilishda professional yondashish qobiliyatlariga ega bo‘lish;
- O‘zbek tilini mukammal, rus va ingliz (nemis, fransuz) tillarini yuqori darajada bilgan nomzodlar ijobiy baholanadi.
Vazifalar:
- Sanoat tarmoqlarini, shu jumladan, mashinasozlik (uskunasozlik) va mudofaa sanoati tarmoqlarini rivojlantirish bo‘yicha strategiya va dasturlar joriy qilish bo‘yicha takliflarni ishlab chiqish;
- Hududlarni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish dasturlari bilan Sanoat tarmoqlarining dasturlarini o‘zaro bog‘liqligini ta’minlash mexanizmini amalga oshirish;
- Mas’ul vazirlik va idoralar hamda xalqaro tashkilotlar bilan birgalikda mashinasozlik (uskunasozlik) va mudofaa sanoati tarmoqlarini rivojlantirish yo‘nalishida hamkorlik qilish;
- Mashinasozlik (uskunasozlik) va mudofaa sanoati tarmoqlarini rivojlantirish bo‘yicha statistik hisobotlar va hisobot berish metodologiyasini takomillashtirish bo‘yicha takliflar ishlab chiqish;
- Sanoat sohalariga investitsiya loyihalarini keng jalb etilishi bilan bog‘lagan holda mahsulot ishlab chiqarish va eksport ko‘rsatkichlarining qisqa, o‘rta va uzoq muddatli prognoz ko‘rsatkichlarini shakllantirishda hamda respublika iqtisodiyoti va sanoatining ko‘p tarmoqli prognoz ko‘rsatkichlarini ishlab chiqishda ishtirok etish;
- Tarmoq yo‘nalishlari doirasida doimiy ravishda ma’lumotlar bazasi shakllantirilishi, yuritilishi va yangilab borilishini ta’minlash.
DEMOGRAFIYA, INSON KAPITALI DARAJASI VA SIFATINI OSHIRISH DEPARTAMENTI
MEHNAT BOZORI, DEMOGRAFIYA VA MIGRATSIYA JARAYONLARI TAHLIL QILISH VA PROGNOZLASH BOSHQARMASI
Boshqarma boshlig‘i o‘rinbosari vakant lavozimiga mos asosiy talab va vazifalar
- Lavozimga mos asosiy talab va vazifalar
Talablar:
- 1. Iqtisodiyot, moliya yo‘nalishlari bo‘yicha oliy maʼlumotga, soha bo‘yicha bo‘lim boshlig‘i lavozimida kamida 4 yil ish tajribasiga ega bo‘lishi;
- O‘zbekiston Respublikasi Hukumati va O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining mehnat bozori va undagi jarayonlariga oid qaror va farmonlarini bilishi;
- Mehnat bozorini baholash metodikasi, unga taʼsir etuvchi iqtisodiy tahlillarni amalga oshira bilishi, hujjatlar aylanmasi va ish yuritish bo‘yicha meʼyoriy hujjatlar yuritish ko‘nikmasiga ega bo‘lishi;
- Qisqa muddatda sohaga doir katta hajmdagi materiallarni tahlil qilish va buning asosida tahliliy maʼlumot tayyorlash, ish jarayonida samarali ishtirok etish ko‘nikmasiga ega bo‘lishi;
- Jamoada ishlash, qarorlarini to‘g‘ri va tezkor qabul qila olish, tahliliy va kreativ fikrlash, tashabbuskorlik va o‘z vazifasiga masʼuliyat bilan yondashish qobiliyatlariga ega bo‘lishi;
- AKT, MS Office, Internetdan foydalanish, maʼlumotlar bazasi va elektron xatlar bilan yuqori darajada ishlashi;
- O‘zbek tilini mukammal, rus va ingliz tillarida erkin fikrini bildira oladigan nomzodlar ijobiy baholanadi.
Vazifalar:
- Mehnat bozori, demografiya va migratsiya jarayonlarini tahlil qilish va prognozlashtirish, shuningdek, ishchi kuchi migratsiyasi jarayonlarini tahlil qilish, takomillashtirish hamda mehnat resurslarini taqsimlash borasida o‘rganishlar olib borish va takomillashtirish bo‘yicha takliflar tayyorlash.
- Aholi bandligini oshirishni ta’minlash bo‘yicha rivojlantirish dasturlarini amalga oshirish natijalari yuzasidan tahliliy ma’lumotlar tayyorlash.
- Mehnat bozori va uning tarkibini sifat jihatdan rivojlantirish, ishchi kuchi migratsiyasi jarayonlarini tahlil qilish, takomillashtirish hamda mehnat resurslarini taqsimlash borasida o‘rganishlar olib borish va takomillashtirish bo‘yicha takliflarni ishlab chiqish.
- Aholi bandligini ta’minlash va yangi ish o‘rinlarini barpo qilish dasturi loyihasini shakllantirish uchun mehnat resurslariga talab va taklif muvozanatining prognoz ko‘rsatkichlarini ishlab chiqish.
- Aholining muhtoj qatlamlari, birinchi navbatda yoshlarni, ayollarni, imkoniyati cheklangan toifadagi shaxslarni ishga joylashtirish bo‘yicha takliflarni tayyorlash.
PUDRAT BOZORINI RIVOJLANTIRISH VA QURILISHDA NARXLARNI SHAKLLANTIRISHNI TAHLIL QILISH BOSHQARMASI
- Boshqarma boshlig‘i vakant lavozimiga mos asosiy talab va vazifalar
Talablar:
- Muhandis-quruvchi, muhandis-menejment va xalqaro iqtisodiy munosabatlar sohalarida oliy maʼlumotga ega boʻlish;
- Umumiy 15 yil, sohada (kamida 10 yil) ish tajribasiga ega boʻlish;
- Qurilish-pudrat sohasida, buyurtmachilik sohasida va qurilishda loyiha-smeta hujjatlarini ekspertizasidan oʻtkazishda ish tajribasiga va yetarli bilimlarga ega boʻlish, kreativ, tanqidiy, strategik va tahliliy fikrlash qobiliyatiga ega boʻlish;
- Kompyuter dasturlarida ishlay olish qobiliyati;
- Qurilishni moliyalashtirish yoʻnalishida (kamida 1 yil) ish tajribasiga ega boʻlish;
- Buyurtmachi xizmati sohasida (kamida 3 yil) ish tajribasiga ega boʻlish;
- Qurilish sohasida, birlamchi ruxsat beruvchi, loyihaoldi va loyiha hujjatlarini tayyorlash boʻyicha (kamida 3 yil) ish tajribasiga ega boʻlish;
- Oʻzbek tilini mukammal, rus va ingliz tillarini yuqori darajada bilgan IELTS sertifikatiga ega boʻlgan (kamida 6,0 ball) nomzodlar ijobiy baholanadi.
Vazifalar:
- Umumiy iqtisodiy bilimlar;
- Qurilish-pudrat tashkilotlarining ish samaradorligini oshirish, qurilish-montaj ishlariga zamonaviy texnologiyalarni jalb qilish boʻyicha taklif va tavsiyalar ishlab chiqish;
- Zamonaviy talablarga mos keladigan qurilish-pudrat tashkilotlarini tashkil etish va xorijiy davlatlarda qurilish-pudrat ishlari bozoriga ushbu mahalliy qurilish-pudrat tashkilotlarini ishtirok etishiga koʻmaklashish;
- Investitsiya dasturiga taklif qilinayotgan loyihalarning qurilish narxlari toʻgʻri shakllantirilganligini tahlil qilish;
- Qurilish-pudrat tashkilotlarining yagona maʼlumotlar bazasini tashkil etish boʻyicha dastur ishlab chiqilishini hamda manfaatdor vazirlik va idoralar bilan integratsiyalashishini tashkil etish.
- Qurilishda narxlarning shakllantirilishini tahlil qilish, bozor, birjani oʻrganish, qurilish materiallarning narxlarini oʻsish dinamikasini tayyorlash;
- Qurilishda tasdiqlangan loyiha-smeta hujjatlariga nisbatan oshib ketgan qurilish obyektlarining ish hajmlariga kiritilgan oʻzgartirish va qoʻshimchalar hamda qurilishning ikkinchi va keyingi yillarida shartnomaviy joriy narxlarda qurilish shartnomaviy qiymatini aniqlashtirish;
- Boshqarma vakolatiga taalluqli masalalar yuzasidan jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlariga javob berish;
- Sohadagi yangiliklarga intilish, tashabbus koʻrsatib borish.
- Yetakchi mutaxassisi vakant lavozimiga mos asosiy talab va vazifalar
Talablar:
1.Qurilish, iqtisodiyot va moliya sohalarida oliy maʼlumotga ega boʻlish;
- Umumiy 8 yil, sohada kamida 5 yil ish tajribasiga ega boʻlish;
- Qurilish-pudrat va buyurtmachilik sohasida ish tajribasiga va yetarli
bilimlarga ega boʻlish, kreativ, tanqidiy, strategik va tahliliy fikrlash qobiliyatiga
ega boʻlish;
- Kompyuter dasturlarida ishlay olish qobiliyati;
- Jamoada ishlash, masʼuliyatli, mehnatsevar, fidoiy, tashkilotchilik
qobiliyatiga ega boʻlish;
- Oʻzbek tilini mukammal, rus va ingliz tillarini yuqori darajada bilgan IELTS
sertifikatiga ega boʻlgan (kamida 6,0 ball) nomzodlar ijobiy baholanadi.
Vazifalar:
- Umumiy iqtisodiy bilimlar;
- Qurilish pudrat va maxsus montaj ishlari bozorini va qurilish tashkilotlari faoliyatini muvofiqlashtirish, ular faoliyati samaradorligini oshirish va zamonaviy talablarga mos keladigan qurilish-pudrat tashkilotlarini tashkil etish va ularga imtiyozlar berish toʻgʻrisida takliflar tayyorlash va kiritish;
- Zamonaviy talablarga mos keladigan qurilish-pudrat tashkilotlarini tashkil etish va xorijiy davlatlarda qurilish-pudrat ishlari bozoriga ushbu mahalliy qurilish-pudrat tashkilotlarini ishtirok etishiga koʻmaklashish;
- Qurilish-pudrat tashkilotlarining yagona maʼlumotlar bazasini tashkil etish boʻyicha dastur ishlab chiqilishini hamda manfaatdor vazirlik va idoralar bilan integratsiyalashishini tashkil etish.
- Qurilishda narxlarning shakllantirilishini tahlil qilish, bozor, birjani oʻrganish, qurilish materiallarning narxlarini oʻsish dinamikasini tayyorlash;
- Qurilishda hisoblangan qiymati tasdiqlangan loyiha-smeta hujjatlariga nisbatan oshib ketgan qurilish obyektlarining ish hajmlariga kiritilgan oʻzgartirish va qoʻshimchalar hamda qurilishning ikkinchi va keyingi yillarida shartnomaviy joriy narxlarda qurilish shartnomaviy qiymatini aniqlashtirish;
- Boshqarma vakolatiga taalluqli masalalar yuzasidan jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlariga javob berish;
- Sohadagi yangiliklarga intilish, tashabbus koʻrsatib borish.
SANOAT SIYOSATINI YURITISH DEPARTAMENTI
STRATEGIK TARMOQLARNI ISLOH QILISH VA MEHNAT UNUMDORLIGINI OSHIRISH MASALASI BOSHQARMASI
Boshqarma boshlig‘i vakant lavozimiga mos asosiy talab va vazifalar
Talablar:
- Oliy ma’lumotli, iqtisodiyot (hududiy iqtisodiyot, tarmoqlar iqtisodiyoti) sohasida umumiy ish tajribasi 5 yil, shundan rahbarlik lavozimida kamida 3 yil ish tajribasiga ega bo‘lish;
- Strategik tarmoqlar korxonalari normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarini va ularning faoliyatini tartibga solish bo‘yicha metodik materiallarni ishlab chiqish qobiliyatlariga ega bo‘lish;
3.Qisqa muddatda katta hajmdagi materiallarni tahlil qilish
va buning asosida tahliliy ma’lumot tayyorlash, ish jarayonini samarali boshqarish ko‘nikmasiga ega bo‘lish;
- Jamoada ishlash, boshqaruv qarorlarini to‘g‘ri va tezkor qabul qila olish, tahliliy va kreativ fikrlash, tashabbuskorlik va o‘z vazifasiga mas’uliyat bilan yondashish qobiliyatlariga ega bo‘lish;
- O‘zbek tilini mukammal, rus va ingliz tillarini yuqori darajada bilgan IELTS sertifikatiga ega bo‘lgan (kamida 6 ball) nomzodlar ijobiy baholanadi.
Vazifalar:
- Davlat ishtirokida strategik tarmoqlar korxonalarini isloh qilishda quyidagilarda ishtirok etadi:
vazirliklar va idoralarning strategik korxonalarni isloh qilish borasidagi faoliyatini muvofiqlashtirish, shu jumladan, davlat korxonalarini, xo‘jalik birlashmalarini iqtisodiy va tartibga solish funksiyalari ajratish yo‘li bilan qayta tashkil etishni amalga oshirish;
strategik tarmoq korxonalarini xususiy sektor bilan teng bozor sharoitida to‘liq ishlashi uchun o‘z tovarlari va xizmatlariga narxlar va tariflarni erkin shakllantirishga o‘tishi, davlat ishtirokida strategik korxonalar uchun mavjud bo‘lgan barcha imtiyozlarni doimiy ravishda xatlov qilish va ularni optimallashtirish bo‘yicha takliflarni kiritish;
xalqaro moliyaviy institutlar va kompaniyalar bilan strategik korxonalar qo‘shma loyihalarini tayyorlab amalga oshirish.
- O‘zbekistonning iqtisodiy rivojlanish strategiyasining maqsadlari va ustuvor yo‘nalishlaridan kelib chiqqan holda, qisqa, o‘rta va uzoq muddatli istiqbolda strategik tarmoqlarni rivojlantirish dasturlari va konsepsiyalarini ishlab chiqishda ishtirok etish, ichki va tashqi bozorlarda zamonaviy, raqobatbardosh mahsulotlarning keng turlarini ishlab chiqarish, modernizatsiya, texnik va texnologik yangilash, yuqori texnologiyali resurs hamda energiya tejaydigan texnologiyalarni joriy etish sohasida strategik tarmoqlarni rivojlantirish bo‘yicha tegishli qonun hujjatlarini ishlab chiqadi.
- Jahon tajribasi, ilmiy tadqiqotlar, bozor tamoyillari va iqtisodiy modellashtirishdan foydalangan holda strategik tarmoqlarning rivojlanish parametrlarini tahlil qilish hamda prognozlashni takomillashtirish sohasida:
jahon bozoridagi tendensiyalarni tahlil qilish va strategik tarmoqlarning rivojlanish parametrlarini optimallashtirish;
sohalarning kompleks rivojlanishini ta’minlovchi dasturlarni ishlab chiqishda ko‘maklashish;
jahon tajribasi va ilmiy tadqiqotlarni qo‘llash orqali ularni rivojlantirish hamda isloh qilish bo‘yicha qabul qilingan qarorlarning bajarilishini nazorat qiladi.
- Strategik tarmoq korxonalari sanoati mahsulotlarini ishlab chiqarishni ta’minlaydigan zamonaviy yuqori texnologik uskunalar va innovatsion texnologiyalarni keng joriy etishga qaratilgan chora-tadbirlar ishlab chiqishda strategik tarmoqlar faoliyatini har tomonlama chuqur tahlil qilish hamda ishlab chiqarilayotgan mahsulotni diversifikatsiyalash hamda mavjud mineral xomashyolarni chuqur qayta ishlashni hisobga olgan holda sohalarni yanada rivojlantirish bo‘yicha normativ-huquqiy hujjatlarni va konsepsiyalarni ishlab chiqish.
- Strategik tarmoqlarning tarkibiy o‘zgartirishlar masalalari, me’yoriy-huquqiy hujjatlar va tashkiliy-uslubiy hujjatlar loyihalarini ishlab chiqishda, ularning faoliyati samaradorligini tahlil qilishda ishtirok etadi.
- Strategik tarmoqlarning davlat unitar korxonalari va aksiyadorlik jamiyatlari aksiyalarini davlat tasarrufidan chiqarish, shuningdek, ularni strategik korxonalar ro‘yxatiga kiritish (yoki chiqarish) bo‘yicha takliflarni ishlab chiqishda qatnashadi.
- Normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarini, shuningdek, bo‘lim vakolatiga kiradigan masalalar bo‘yicha metodik materiallar ishlab chiqishda ishtirok etadi.
- Rahbariyat bilan kelishilgan holda Boshqarma vakolati doirasida sohaga oid uchrashuvlarda, seminarlarda va boshqa tadbirlarda ishtirok etadi.
XALQARO HAMKORLIKNI RIVOJLANTIRISH VA PROTOKOL XIZMATI DEPARTAMENTI
PROTOKOL XIZMATI BO‘LIMI
Boshlig‘i o’rinbosari vakant lavozimiga mos asosiy talab va vazifalar
Talablar:
- Iqtisodiyot, xalqaro aloqalar yo‘nalishlari bo‘yicha oliy ma’lumotga ega bo‘lishi;
- Davlat boshqaruvi organlarida kamida 3 yillik, xalqaro aloqalar yo’nalishida kamida 1 yillik ish tajribasiga ega bo‘lishi;
- Diplomatik munosabatlar to‘g‘risidagi Vena bitimini, Diplomatik protokolni to‘liq va batafsil bilishi;
- Ish yuritish malakasiga, ishbilarmonlik etikasiga ega bo‘lishi;
- Rasmiy tashqi ko‘rinishga ega bo‘lishi;
- O‘z faoliyati doirasida rahbariyat topshiriqlarining so‘zsiz va samarali bajarilishini ta’minlashga tayyor bo‘lishi;
- Mamlakat bo‘ylab va xorijiy davlat xizmat safarlariga tayyor bo‘lishi;
- Jamoada ishlash, boshqaruv qarorlarini to‘g‘ri va tezkor qabul qila olish, tahliliy va kreativ fikrlash, tashabbuskorlik va o‘z vazifasiga mas’uliyat bilan yondashish qobiliyatlariga ega bo‘lish;
- AKT, MS Office, Internetdan foydalanish, ma’lumotlar bazasi va elektron xatlar bilan yuqori darajada ishlash;
- O‘zbek, rus va ingliz tillarini mukammal darajada bilishi, shuningdek, boshqa chet (fransuz, nemis, yapon, xitoy) tillarini yuqori darajada bilgan nomzodlar ijobiy baholanadi.
Vazifalar:
- Yuqori va ishchi tartibdagi uchrashuvlarni tashkil etadi, kerakli ma’lumotlarni tayyorlaydi va umumlashtiradi, uchrashuvlarda ishtirok etadi va natijasi bo‘yicha hisobotni tayyorlaydi;
- Xalqaro tadbirlarni tayyorlash va o‘tkazishda ishtirok etadi, natijasi bo‘yicha hisobotni tayyorlaydi;
- Bo‘limning O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirligi tizimiga kiruvchi tegishli bo‘linma va tashkilotlar bilan o‘zaro aloqasini ta’minlaydi;
- Bo‘lim vakolatiga kiradigan masalalar bo‘yicha vazirlik rahbariyati ko‘rsatmalarining bajarilishini tashkil etishni ta’minlaydi;
- Xizmat topshiriqlarini xodimlar o‘rtasida taqsimlashni ta’minlaydi va ularning o‘z vaqtida bajarilishini nazorat qiladi;
- Bo‘lim xodimlari tomonidan mehnat va ijro intizomiga amal qilinishi ustidan nazoratni amalga oshiradi;
- Bo‘lim vakolatiga kiradigan masalalar bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi va Vazirlar Mahkamasining nazorat topshiriqlarining bajarilishini ta’minlaydi va ko‘maklashadi;
- Xalqaro tashkilot vakolatxonalarining tashriflarini kelishadi va tayyorlaydi, ularning tashriflarini belgilangan tartibda rasmiylashtiradi;
- O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirligi rahbarlari tomonidan o‘tkaziladigan uchrashuvlar natijalari bo‘yicha bayonnoma loyihalari, memorandumlar, eslatmalar tayyorlaydi;
- Vazirlik rahbariyati tomonidan o‘tkaziladigan kengash va boshqa yig‘ilishlarda qatnashadi;
- Tashqi iqtisodiy faoliyat hamda diplomatik protokol sohalaridagi bilimlarni oshirish maqsadida bo‘lim xodimlarini rag‘batlantirish va maxsus o‘quv kurslariga malaka oshirish uchun yuborish to‘g‘risidagi takliflarni vazirlik rahbariyatiga ko‘rib chiqishi uchun kiritadi;
- Bo‘limda xodimlarni tanlash va joylashtirish bo‘yicha takliflarni department direktoriga kiritadi;
- Bo‘limga yuklangan vazifalar va funksiyalarning samarali bajarilishi uchun shaxsan javobgardir.