“OʻZBEK TILIDAGI ENG YAXSHI SHEʼR, HIKOYA, GʻAZAL” ONLAYN TANLOVI!!!
29/10/2021 - 18:28 3654
Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiy taraqqiyot va kambagʻallikni qisqartirish vazirligida Oʻzbek tili bayramining 32 yilligini munosib tarzda nishonlash shuningdek, xodimlar oʻrtasida kitob mutolaasi va kitobxonlik madaniyatini rivojlantirish maqsadida “Oʻzbek tilidagi eng yaxshi sheʼr, hikoya, gʻazal” onlayn tanloviga start berildi!
Quyida ilova qilingan Nizomda onlayn tanlovning shartlari, oʻtkazilish sanasi va gʻoliblarni ragʻbatlantirish tartibi toʻgʻrisida toʻliq maʼlumot berilgan.
Ishtirokchilardan Nizomni diqqat bilan oʻqib, tanishib chiqishlari soʻraladi. Barcha ishtirokchilarga omad yor boʻlsin!