O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirligida tashkil etilgan Xotin-qizlar va erkaklar uchun teng huquq va imkoniyatlarni ta’minlash masalalari bo‘yicha maslahat-kengashi tomonidan amalga oshirilgan ishlar

29/10/2021 - 11:47 4230

O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirligining (keyingi o‘rinlarda – Vazirlik) “Xotin-qizlar va erkaklar uchun teng huquq hamda imkoniyatlarni ta’minlash masalalari bo‘yicha maslahat-kengashi tashkil etish to‘g‘risida” 2020-yil 19-oktabrda 58-sonli buyrug‘i qabul qilingan, shuningdek, 2021-yil 25 avgustda 31-sonli buyruq bilan tegishli o‘zgartirishlar kiritilgan.

Ushbu buyruq bilan 9 kishidan iborat maslahat-kengashi tarkibi tasdiqlangan.

Bugungi kunda, Vazirlik maslahat-kengashining faoliyati O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi, O‘zbekiston Respublikasining “Xotin-qizlar va erkaklar uchun teng huquq hamda imkoniyatlar kafolatlari to‘g‘risida”gi, “Xotin-qizlarni tazyiq va zo‘ravonlikdan himoya qilish to‘g‘risida”gi Qonunlari, Gender tenglikni ta’minlash masalalari bo‘yicha komissiya tomonidan ishlab chiqilgan tavsiyalar hamda Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirligida Xotin-qizlar va erkaklar uchun teng huquq hamda imkoniyatlarni ta’minlash masalalari bo‘yicha maslahat-kengashi to‘g‘risidagi Nizom asosida amalga oshirib kelinmoqda.

Ma’lumot uchun: Vazirlik tizimida 308 nafar ayollar faoliyat ko‘rsatib kelmoqda. Jumladan, ularning 44 nafarini rahbar ayollar tashkil etadi.

Vazirlikning hududiy bosh boshqarmalari va idoraviy mansub tashkilotlarida ham maslahat-kengashlari (7 kishidan iborat) tashkil etilgan.

Joriy yil 22-yanvar kuni maslahat-kengashi tomonidan 2021-yilda amalga oshiriladigan Ish rejasi tasdiqlangan va bir qator tadbirlar amalga oshirilgan, jumladan:

Vazirlik tizimida faoliyat ko‘rsatayotgan ayollarning o‘rni va mavqeini mustahkamlash bo‘yicha tegishli tadbirlar belgilangan, bunda rahbarlik lavozimlariga xotin-qizlar zaxiralarini shakllantirish yuzasidan tegishli choralar ko‘rilmoqda;

Vazirlik va uning tizimida faoliyat ko‘rsatayotgan xotin-qizlarning shart-sharoitlarini o‘rganish bo‘yicha ishlar tashkil etilgan;

Vazirlikda faoliyat ko‘rsatayotgan xotin-qizlar va erkaklarni ijtimoiy himoya qilish bo‘yicha ishlar olib borilmoqda;

ish faoliyatida alohida o‘rnak ko‘rsatgan xodimlarni rag‘batlantirish masalasi bo‘yicha takliflar kiritilmoqda.

Shuningdek, Vazirlik rasmiy veb-saytida “Gender tengligi” bo‘yicha alohida sahifa ochilgan (https://mineconomy.uz/uz/category/view/86)

Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirligi

Axborot xizmati