OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI IQTISODIY TARAQQIYOT VA KAMBAGʻALLIKNI QISQARTIRISH VAZIRLIGI MARKAZIY APPARATDA MAVJUD BOʻSH ISH OʻRINLARIGA TANLOV EʻLON QILADI
27/10/2021 - 10:09 3648
Tanlov jarayoni Iqtisodiy taraqqiyot va kambagʻallikni qisqartirish vazirligining 2021-yil 5-martdagi “Iqtisodiy taraqqiyot va kambagʻallikni qisqartirish vazirligi markaziy apparati, hududiy boʻlinmalar, tizimdagi tashkilotlar va muassasalaridagi vakant lavozimlarga ishga qabul qilish, xodimlarni boshqa lavozimdan oʻtkazishda tanlov asosida saralab olish” toʻgʻrisidagi Tartibi asosida maxsus tuzilgan komissiya tomonidan 3 bosqichda amalga oshiriladi.
1-bosqich: Tanlovda ishtirok etish istagi boʻlgan nomzodlar Davlat xizmatini rivojlantirish agentligining “Davlat fuqarolik xizmatchilari vakant lavozimlarining yagona ochiq portali” (https://vacancy.argos.uz)da roʻyxatdan oʻtishlari, Iqtisodiy taraqqiyot va kambagʻallikni qisqartirish vazirligida mavjud boʻsh lavozimlardan birini tanlab, soʻralgan hujjatlarni elektron shaklda taqdim etishlari zarur.
Nomzodlardan ariza va kerakli hujjatlarni qabul qilish
2021-yil 27-oktabrdan 5-noyabrgacha davom etadi.
2-bosqich: Birinchi bosqichdan oʻtgan nomzodlar bilan test sinovlari oʻtkaziladi. Nomzodlar 2-bosqich suhbat jarayoniga taklif qilinishlari uchun ularning test natijalari 60 balldan kam boʻlmasligi kerak.
3-bosqich: Ikkinchi bosqichdan oʻtgan nomzodlar bilan yuqoridagi talablarga javob berishlarini tekshirish maqsadida oʻzbek, rus va ingliz tillarida suhbat oʻtkaziladi. Suhbat natijasi 100 ball tizimi boʻyicha baholanadi (10 ta mezon boʻyicha har biri 1-10 balldan, eng yuqori 10, eng past 1 ball), bunda komissiyaning har bir a’zosi suhbat natijasi bo’yicha nomzodlarga ball qoʻyib chiqadi.
Komissiya tomonidan har bir nomzod boʻyicha ballar hisoblab chiqiladi va tanlovning yakuniy natijalari Iqtisodiy taraqqiyot va kambagʻallikni qisqartirish vazirligi rasmiy veb-sayti orqali ma’lumot beriladi (www.mineconomy.uz) hamda har bir nomzodning shaxsiy elektron pochtasi yoki telefoni orqali xabar beriladi.
Bogʻlanish uchun (+99871) 232-64-29, (+99871) 232-65-40 telefon raqamlariga murojaat qilishingiz mumkin.
Tanlovda ishtirok etayotgan nomzod bir vaqtning oʻzida uchta boʻsh lavozim uchun ariza bilan murojaat etish imkoniyatiga ega.
Tanlovda ishtirok etish bo’yicha arizalarni qabul qilish faqat nomzodlar tomonidan saytdagi elektron soʻrovnomani toʻldirish orqali amalga oshiriladi.
Ariza va hujjatlarni qabul qilish vaqti o’tgandan so’ng yuborilgan ariza va hujjat egalari tanlovda ishtirok eta olmaydi.
Hujjatlarni qabul qilish uchun havola – https://vacancy.argos.uz
KORRUPSIYAGA QARSHI ICHKI NAZORAT BO‘LIMI
- Bo‘lim boshlig‘i vakant lavozimiga mos asosiy talab va vazifalar
Talablar:
oliy ma’lumot (iqtisodiyot, moliya va yuridik yo‘nalishlar bo‘yicha);
mehnat faoliyati bo‘yicha kamida 5 yil ish stajiga ega, shundan kamida 1 yil rahbarlik lavozimida ishlagan hamda korrupsiyaga qarshi kurashish sohasida yetarli ko‘nikmaga ega bo‘lishi;
davlat tilini mukammal bilishi;
zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan foydalana bilish (a’lo darajada);
tezkor qaror qabul qilish va uni amalga oshira olish.
Bo‘lim boshlig‘iga qo‘yiladigan shaxsiy fazilatlar:
tahliliy va muqobil fikrlash;
tashabbuskorlik;
bozor talablarini hisobga olgan holda professional ishbilarmonlik;
burch va javobgarlik hissi;
prinsipiallik, halollik, odoblilik;
jamoada ijobiy munosabatlarni yaratish qobiliyati;
yangi, ilg‘or tajribalarni ko‘ra olish, qo‘llab-quvvatlash va ishda qo‘llay olish qobiliyati;
tanqidni ko‘tara olish.
Vazifalar:
- Vazirlikning korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha faoliyatini takomillashtirish;
- Vazirlikda korrupsiyaga oid huquqbuzarliklarni profilaktika qilish va ularga qarshi kurashish;
- Vazirlikda korrupsiyaga qarshi kurashish tizimini samarali ishlashini ta’minlash va nazorat qilish;
- Korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha faoliyatni amalga oshiruvchi hamda unda ishtirok etuvchi boshqa davlat organlari va tashkilotlari bilan hamkorlikni olib borish.
- Bosh mutaxassis vakant lavozimiga mos asosiy talab va vazifalar
Talablar:
oliy ma’lumot (iqtisodiyot, moliya va yuridik yo‘nalishlar bo‘yicha);
mehnat faoliyati bo‘yicha kamida 2 yil ish stajiga ega bo‘lishi hamda korrupsiyaga qarshi kurashish sohasida yetarli ko‘nikmaga ega bo‘lishi;
davlat tilini mukammal bilishi;
zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan foydalana bilish (a’lo darajada);
tezkor qaror qabul qilish va uni amalga oshira olish.
Bosh mutaxassis lavozimining shaxsiy fazilatlari:
tahliliy, tanqidiy va muqobil fikrlash;
tashabbuskorlik;
burch va javobgarlik hissi;
prinsipiallik, halollik, odoblilik;
jamoada ijobiy munosabatlarni yaratish qobiliyati;
yangi, ilg‘or tajribalarni ko‘ra olish, qo‘llab-quvvatlash va ishda qo‘llay olish qobiliyati.
Vazifalar:
- Vazirlikning korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha faoliyatini takomillashtirish;
- Vazirlikda korrupsiyaga oid huquqbuzarliklarni profilaktika qilish va ularga qarshi kurashish;
- Vazirlikda korrupsiyaga qarshi kurashish tizimini samarali ishlashini ta’minlash va nazorat qilish;
- Korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha faoliyatni amalga oshiruvchi hamda unda ishtirok etuvchi boshqa davlat organlari va tashkilotlari bilan hamkorlikni olib borish.