Joriy yilning 1-24-oktabr kunlari davomida asosiy turdagi qishloq xo‘jaligi va go‘sht mahsulotlarining ulgurji narxlari o‘zgarishi yuzasidan tahliliy ma’lumot

26/10/2021 - 10:11 3122

Joriy yilning 1-24 oktabr kunlari Iqtisodiy taraqqiyot vazirligi tomonidan “Toshkent qishloq ho‘jaligi mahsulotlari ulgurji bozori” AJ (Qo‘yliq) va Eski jo‘va (Chorsu) dehqon bozorlarida asosiy iste’mol tovarlarining ulgurji narxlari bo‘yicha kuzatuv natijalari e’lon qilinib borildi.

Ushbu davr mobaynida bozorda sariq sabzi 500 so‘mga, qizil sabzi 250 so‘mga, import olma 2 500 so‘mga, rizamat uzumi 1 500 so‘mga, import nok 2 500 so‘mga va limon 9 000 so‘mga arzonlagan.

Shu bilan birga, kartoshka 675 so‘mga, piyoz 100 so‘mga, sarimsoq piyoz 2 500 so‘mga, bodring 625 so‘mga, pomidor 2 000 so‘mga, bulg‘ori qalampiri 1 500 so‘mga, baqlajon 250 so‘mga, olma 2 500 so‘mga, uzum 2 000 so‘mga, nok 1 000 so‘mga, tarvuz 900 so‘mga va qovun 1 000 so‘mga oshgan.

Tezkor ma’lumotlarga asosan, “Qo‘yliq” bozoriga 1-24 oktabr kunlari hududlardan jami 18,3 ming tonna, xususan, 9,5 ming tonna kartoshka, 6,7 ming tonna piyoz, 727 tonna karam va 1,5 ming tonna sabzi keltirilgan.

Shundan, Toshkent viloyatidan 632 tonna kartoshka, 1 190 tonna piyoz727 tonna karam, 465 tonna sabzi, Samarqand viloyatidan 763 tonna kartoshka, 78 tonna sabzi, Namangan viloyatidan 69 tonna kartoshka, Jizzax viloyatidan 5,5 ming tonna piyoz va 27 tonna sabzi, Farg‘ona viloyatidan 175 tonna, Qashqadaryo viloyatidan 458 tonna, Xorazm viloyatidan 27 tonna, Buxoro viloyatidan 131 tonna, Sirdaryo viloyatidan 

85 tonna va Andijon viloyatidan 53 tonna sabzi mahsulotlari yetkazib berilgan.

Shuningdek, “Qo‘yliq” bozoriga Qozog‘iston Respublikasidan 

4 146 tonna, Qirg‘iziston Respublikasidan 763 tonna, Afg‘oniston Islom Respublikasidan 439 tonna va Eron davlatidan 2 652 tonna kartoshka keltirilgan.

Shu bilan birga, hududlardan “Chorsu” dehqon bozoriga 1-24 oktabr kunlari jami 286,9 tonna, shu jumladan 245,6 tonna mol go‘shti va  41,3 tonna qo‘y go‘shti keltirib sotilgan.

 

Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirligi

Axborot xizmati