OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI IQTISODIY TARAQQIYOT VA KAMBAGʻALLIKNI QISQARTIRISH VAZIRLIGI MARKAZIY APPARATDA MAVJUD BOʻSH ISH OʻRINLARIGA TANLOV EʻLON QILADI
24/10/2021 - 21:16 3611
Tanlov jarayoni Iqtisodiy taraqqiyot va kambagʻallikni qisqartirish vazirligining 2021-yil 5-martdagi “Iqtisodiy taraqqiyot va kambagʻallikni qisqartirish vazirligi markaziy apparati, hududiy boʻlinmalar, tizimdagi tashkilotlar va muassasalaridagi vakant lavozimlarga ishga qabul qilish, xodimlarni boshqa lavozimdan oʻtkazishda tanlov asosida saralab olish” toʻgʻrisidagi Tartibi asosida maxsus tuzilgan komissiya tomonidan 3 bosqichda amalga oshiriladi.
1-bosqich: Tanlovda ishtirok etish istagi boʻlgan nomzodlar Davlat xizmatini rivojlantirish agentligining “Davlat fuqarolik xizmatchilari vakant lavozimlarining yagona ochiq portali” (https://vacancy.argos.uz)da roʻyxatdan oʻtishlari, Iqtisodiy taraqqiyot va kambagʻallikni qisqartirish vazirligida mavjud boʻsh lavozimlardan birini tanlab, soʻralgan hujjatlarni elektron shaklda taqdim etishlari zarur.
Nomzodlardan ariza va kerakli hujjatlarni qabul qilish
2021-yil 22-оktabrdan 31-oktabrgacha davom etadi.
2-bosqich: Birinchi bosqichdan oʻtgan nomzodlar bilan test sinovlari oʻtkaziladi. Nomzodlar 2-bosqich suhbat jarayoniga taklif qilinishlari uchun ularning test natijalari 60 balldan kam boʻlmasligi kerak.
3-bosqich: Ikkinchi bosqichdan oʻtgan nomzodlar bilan yuqoridagi talablarga javob berishlarini tekshirish maqsadida oʻzbek, rus va ingliz tillarida suhbat oʻtkaziladi. Suhbat natijasi 100 ball tizimi boʻyicha baholanadi (10 ta mezon boʻyicha har biri 1-10 balldan, eng yuqori 10, eng past 1 ball), bunda komissiyaning har bir a’zosi suhbat natijasi bo’yicha nomzodlarga ball qoʻyib chiqadi.
Komissiya tomonidan har bir nomzod boʻyicha ballar hisoblab chiqiladi va tanlovning yakuniy natijalari Iqtisodiy taraqqiyot va kambagʻallikni qisqartirish vazirligi rasmiy veb-sayti orqali ma’lumot beriladi (www.mineconomy.uz) hamda har bir nomzodning shaxsiy elektron pochtasi yoki telefoni orqali xabar beriladi.
Bogʻlanish uchun (+99871) 232-64-29, (+99871) 232-65-40 telefon raqamlariga murojaat qilishingiz mumkin.
Tanlovda ishtirok etayotgan nomzod bir vaqtning oʻzida uchta boʻsh lavozim uchun ariza bilan murojaat etish imkoniyatiga ega.
Tanlovda ishtirok etish bo’yicha arizalarni qabul qilish faqat nomzodlar tomonidan saytdagi elektron soʻrovnomani toʻldirish orqali amalga oshiriladi.
Ariza va hujjatlarni qabul qilish vaqti o’tgandan so’ng yuborilgan ariza va hujjat egalari tanlovda ishtirok eta olmaydi.
Hujjatlarni qabul qilish uchun havola – https://vacancy.argos.uz
AXBOROT, TAHLIL VA HUJJATLARNI KORREKSIYALASH BOʻLIMI
- Bosh mutaxassis vakant lavozimiga
Lavozimga mos asosiy talab va vazifalar
Talablar:
- Iqtisodiyot va moliya yoʻnalishlarida 2 yildan kam boʻlmagan mehnat stajiga ega boʻlishi (xalqaro tashkilotlar ofislarida faoliyat yuritgan nomzodlarga ustuvorlik beriladi);
- Boʻlim faoliyatiga oid normativ-huquqiy hujjatlar bilan ishlash hamda maʼlumotlarni tahlil qila olish koʻnikma va tajribasiga ega boʻlishi;
- Iqtisodiy tahlil malaka va koʻnikmasiga ega, xususan boʻlim faoliyatiga oid masalalar yuzasidan zaruriy axborot-tahliliy maʼlumotlarni sifatli tayyorlay olishi;
- Jamoada ishlay olish, shaxsiy masʼuliyatni his etish hamda ish yuzasidan lozim darajada muzokaralarni olib borish koʻnikmasiga ega boʻlishi;
- Oʻzbek tilini mukammal, rus va ingliz tillarini yuqori darajada bilishi (IELTS sertifikatiga ega boʻlgan (kamida 6 ball) nomzodlar ijobiy baholanadi).
Vazifalar:
- vazirlik xodimlari tomonidan ishlab chiqilayotgan normativ-huquqiy hujjatlar va xatlarni tahrir qilish hamda tuzatish (elektron koʻrinishda va qogʻozda), matn elementlarining grafik va leksik jihatdan bir xilligini taʼminlash, imlo va punktuatsiya xatolarini bartaraf etish;
- yuzaga kelishi mumkin boʻlgan xatoliklar, faktik materiallarni taqdim etishda noaniqliklar, semantik va uslubiy kamchiliklarni tuzatish;
- xodimlarga ish xatlari va boshqa hujjatlarni yozish va rasmiylashtirish boʻyicha amaliy yordam berish;
- aniqlangan punktuatsion, uslubiy xatolarni masʼul muvofiqlashtirish;
- hujjatlarning standartlarga va ichki qoidalarga muvofiqligini nazorat qilish.
- boʻlim faoliyati samaradorligini oshirish nuqtai nazaridan har chorakda boʻlimda amalga oshirilgan umumiy ishlar yuzasidan monitoringni yoʻlga qoʻyish («Prezi» dasturi yordamida infografik usulda tayyorlash), tegishli taklif va natijalarni boʻlim boshligʻiga taqdim etib borish.
- vazirlik xodimlariga davlat tilini chuqur oʻrganishlari uchun zarur shart-sharoitlar yaratishda tegishli departament, boshqarma va boʻlimlar bilan hamkorlik qilish;
- vazirlik muassisligida taʼsis etilgan ommaviy axborot vositalari, veb-sayti hamda ijtimoiy tarmoqlar sahifalarida joylashtirilayotgan materiallarni kuzatib borish. Xato va kamchiliklar, sayoz ijtimoiy-iqtisodiy materiallar mavjudligi aniqlangan holatlarda ularni bartaraf etishda tegishli boʻlinmalar bilan bevosita ishlash.
SANOATNING BAZAVIY TARMOQLARINI RIVOJLANTIRISH DEPARTAMENTI
YOQILG‘I-ENERGETIKA VA KIMYO SANOATINI RIVOJLANTIRISH BOSHQARMASI
1.Boshqarmasi boshlig‘i vakant lavozimiga
Lavozimga mos asosiy talab va vazifalar
Talablar:
- Iqtisodiyot, moliya va yoqilg‘i-energetika yo‘nalishlari bo‘yicha oliy ma’lumot;
- Davlat boshqaruvi organlarida mutaxassisligi bo‘yicha kamida 4 yillik ish tajribaga ega bo‘lishi (xalqaro tashkilotlar ofislarida faoliyat yuritgan nomzodlar ijobiy baholanadi);
- Qisqa muddatda katta hajmdagi materiallarni tahlil qilish va bu asosida tahliliy ma’lumotlar tayyorlash, ish jarayonini samarali boshqarish ko‘nikmasiga ega bo‘lish;
- Rahbariyat va yuqori tashkilotlarning topshiriqlarini sifatli va o‘z vaqtida bajarilishini taʼminlash;
- Boshqarma ish rejasini tuzish, ish rejaga muvofiq ishni tashkil qilish va rahbariyatga ishlarning bajarilishi to‘g‘risida hisobot berish;
- Boshqarma mutaxassislari faoliyatini muvofiqlashtirish va nazorat qilish, kiruvchi hujjat va yozishmalarni xodimlarga belgilangan tartibda taqsimlash;
7.Jamoada ishlash, boshqaruv qarorlarini to‘g‘ri va tezkor qabul qila olish, tahliliy va kreativ fikrlash, tashabbuskorlik va o‘z vazifasiga masʼuliyat bilan yondashish qobiliyatlariga ega bo‘lish;
- Shaxsiy masʼuliyatni his etish hamda ish yuzasidan lozim darajada muzokaralarni olib borish ko‘nikmasiga ega bo‘lishi;
- AKT, MS Office, internetdan foydalanish, ma’lumotlar bazasi va elektron xatlar bilan yuqori darajada ishlash;
- O‘zbek tilini mukammal, rus, ingliz va boshqa chet tillarini yuqori darajada bilgan nomzodlar ijobiy baholanadi.
Vazifalar:
- Yoqilg‘i-energetika va kimyo sanoati tarmoqlari bilan birgalikda tarmoqlarni rivojlantirish bo‘yicha strategiyalar, dasturlar va istiqbolli prognozlarni ishlab chiqish;
- Yoqilg‘i-energetika va kimyo sanoatining mavjud ishlab chiqarish, ilmiy-texnik
va kadrlar salohiyatidan samarali foydalanishni taʼminlovchi qisqa, o‘rta va uzoq muddatli prognozlarni, shuningdek yoqilg‘i-energetika va kimyo sanoatini rivojlantirish dasturlarini ishlab chiqishni tashkil qilish va muvofiqlashtirish; - Tegishli tavsiyalar va takliflarni ishlab chiqish bilan yoqilg‘i-energetika va kimyo sanoati tarmoqlarining iqtisodiy va ijtimoiy holatini har tomonlama va tizimli tahlil qilishni amalga oshirish;
- Yoqilg‘i-energetika va kimyo sanoati tarmog‘ining rivojlanish tendentsiyalarini aniqlash, shuningdek ularni rivojlantirish asoslari bilan ularni rivojlantirishdagi mavjud nomutanosibliklarni aniqlash;
- Prezident Аdministratsiyasiga, Vazirlar Mahkamasiga va O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisiga asosiy strategik ijtimoiy-iqtisodiy muammolarni hal etishga, normativ-huquqiy bazani shakllantirishga, iqtisodiyotni boshqariladigan tarmoqlarda chuqurlashtirish va liberallashtirishga qaratilgan takliflar, tavsiyalar va tahliliy eslatmalarni ishlab chiqish;
- Yoqilg‘i-energetika va kimyo sanoati resurslarining yillik balanslarini va yoqilg‘i-energetika va kimyo sanoati tarmoqlarining barqaror, dinamik va mutanosib rivojlanishini taʼminlash usullarini ishlab chiqish;
- Yoqilg‘i-energetika va kimyo sanoati resurslari balanslarining bajarilishi to‘g‘risida choraklik va yillik ma‘lumotlarni tayyorlash;
- Narxlar va monopoliyaga qarshi siyosat yo‘nalishlari bo‘yicha takliflar tayyorlash, yoqilg‘i-energetika va kimyo sanoati resurslari narxlari va tariflarini tartibga solish mexanizmini takomillashtirish;
- Yoqilg‘i-energetika va kimyo sanoati tarmog‘ining investitsiya loyihalari bo‘yicha ekspertizani o‘tkazish va loyiha hujjatlari bo‘yicha xulosalar berish va O‘zbekiston Respublikasi hukumati tomonidan kafolatlangan xorijiy kreditlar va markazlashtirilgan kapital qo‘yilmalar shuningdek barcha davlat tomonidan moliyalashtiriladigan loyihalarning amalga oshirilishini nazorat qilib borish;
- Neft va gaz (ko‘mir) sohasida geologiya-qidiruv ishlarini rivojlantirish dasturini ko‘rib chiqish, uglevodorod (ko‘mir) zaxiralarini ko‘paytirish bo‘yicha davlat buyurtmasini bajarish bilan bog‘liq geologik tadqiqotlarni moliyalashtirish bo‘yicha takliflarni tasdiqlashga tayyorlash;
- Yoqilg‘i-energetika va kimyo sanoatini rivojlantirish bo‘yicha xorijiy tajribani o‘rganish va ularni O‘zbekiston sharoitida amalga oshirish bo‘yicha amaliy takliflarni tayyorlash;
- Boshqarma faoliyati bilan bog‘liq hukumat qarorlari, qoidalari, yo‘riqnomalari
va boshqa me‘yoriy hujjatlar loyihalarini ishlab chiqishda ishtirok etish. - Bosh mutaxassisi vakant lavozimiga
Lavozimga mos asosiy talab va vazifalar
Talablar:
- Iqtisodiyot, moliya, yoqilg‘i-energetika va boshqa texnik yo‘nalishlari bo‘yicha oliy maʼlumot;
- Davlat boshqaruvi organlarida mutaxassisligi bo‘yicha kamida 3 yillik ish tajribaga ega bo‘lishi (xalqaro tashkilotlar ofislarida faoliyat yuritgan nomzodlar ijobiy baholanadi);
- Qisqa muddatda katta hajmdagi materiallarni tahlil qilish va bu asosida tahliliy maʼlumotlar tayyorlash, ish jarayonini samarali boshqarish ko‘nikmasiga ega bo‘lish;
- Rahbariyat va yuqori tashkilotlarning topshiriqlarini sifatli va o‘z vaqtida bajarilishini taʼminlash;
- Jamoada ishlash, boshqaruv qarorlarini to‘g‘ri va tezkor qabul qila olish, tahliliy va kreativ fikrlash, tashabbuskorlik va o‘z vazifasiga masʼuliyat bilan yondashish qobiliyatlariga ega bo‘lish;
- Shaxsiy masʼuliyatni his etish hamda ish yuzasidan lozim darajada muzokaralarni olib borish ko‘nikmasiga ega bo‘lishi;
- AKT, MS Office, internetdan foydalanish, ma’lumotlar bazasi va elektron xatlar bilan yuqori darajada ishlash;
- O‘zbek tilini mukammal, rus, ingliz va boshqa chet tillarini yuqori darajada bilgan nomzodlar ijobiy baholanadi.
Vazifalar:
- Yoqilg‘i-energetika va kimyo sanoati tarmoqlari bilan birgalikda tarmoqlarni rivojlantirish boʼyicha strategiyalar, dasturlar va istiqbolli prognozlarni ishlab chiqish;
- Yoqilg‘i-energetika va kimyo sanoatining mavjud ishlab chiqarish, ilmiy-texnik va kadrlar salohiyatidan samarali foydalanishni taʼminlovchi qisqa, o‘rta va uzoq muddatli prognozlarni, shuningdek yoqilg‘i-energetika va kimyo sanoatini rivojlantirish dasturlarini ishlab chiqishni tashkil qilish va muvofiqlashtirish;
- Tegishli tavsiyalar va takliflarni ishlab chiqish bilan yoqilg‘i-energetika va kimyo sanoati tarmoqlarining iqtisodiy va ijtimoiy holatini har tomonlama va tizimli tahlil qilishni amalga oshirish;
- Yoqilg‘i-energetika va kimyo sanoati tarmog‘ining rivojlanish tendentsiyalarini aniqlash, shuningdek ularni rivojlantirish asoslari bilan ularni rivojlantirishdagi mavjud nomutanosibliklarni aniqlashda ishtirok etish.
- Ilg‘or resurslarni tejovchi texnologiyalar asosida ishlab chiqarishni va tarmoqlararo komplekslarni modernizatsiya qilish va texnik qayta jihozlashni rivojlantirish dasturining holatini nazorat qilish.
- Tabiiy gaz, neft mahsulotlari, polietilen, suyultirilgan gaz, oltingugurt, ko‘mir, elektr energiya va kimyo sanoatidagi mineral o‘g‘itlar hamda sulfat kislota balanslarini bajarilishini doimiy monitoring qilish.
DAVLAT INVESTISIYA SIYOSATINI YURITISH VA MUVOFIQLASHTIRISH DEPARTAMENTI
DAVLAT INVESTISIYA SIYOSATINI YURITISH VA MUVOFIQLASHTIRISH DEPARTAMENTI
Direktori o‘rinbosari vakant lavozimiga
Lavozimga mos asosiy talab va vazifalar
Talablar:
- Iqtisodiyot va moliya sohalarida oliy ma’lumotga ega bo‘lish;
- Umumiy 10 yil, sohada kamida 7 yil ish tajribasiga ega bo‘lish;
- Investision loyihalarni va raqamlarni tahlil qilish bo‘yicha tajriba mavjudligi;
- Kompyuter dasturlarida ishlay olish qobiliyati;
- Kreativ, tanqidiy, srategik va tahliliy fikrlash qobiliyatiga ega bo‘lish;
- 6. Jamoada ishlash, mas’uliyatli, mehnatsevar, fidoiy, tashkilotchilik qobiliyatiga ega bo‘lish;
- O‘zbek tilini mukammal, rus va ingliz tillarini yuqori darajada bilgan IELTS sertifikatiga ega bo‘lgan (kamida 6,0 ball) nomzodlar ijobiy baholanadi.
Vazifalar:
- Umumiy iqtisodiy bilimlar;
- Investisiya sohasini chuqur bilishi;
- Soha bo‘yicha yuridik va qonun hujjatlarini tahlil qila olishi.
- Elektron hujjatlar aylanish tizimlariga tegishli topshiriqlarning bajarilish holati to‘g‘risidagi ma’lumotlar kiritilishini nazorat qilish;
- Boshqarma vakolatiga taalluqli masalalar yuzasidan jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlariga javob berish;
- Boshqarma ish faoliyatiga oid Hukumat qarorlarini va boshqa me’yoriy hujjatlarni o‘rganib borish va doimiy ravishda o‘z malakasini oshirib borish;
- Sohadagi yangiliklarga intilish, tashabbus ko’rsatib borish;
- 8. Hisobot va ma’lumotlarni belgilangan muddatlarda sifatli taqdim etib borilishini ta’
DAVLAT INVESTISIYA SIYOSATINI YURITISH VA MUVOFIQLASHTIRISH DEPARTAMENTI
IJTIMOIY SOHA LOYIHALARINI ISHLAB CHIQISH VA MONITORING QILISH BO’LIMI
Bo‘limi boshlig‘i o‘rinbosari vakant lavozimiga
Lavozimga mos asosiy talab va vazifalar
Talablar:
- Iqtisodiyot va moliya sohalarida oliy ma’lumotga ega bo‘lish;
- Umumiy 3 yil, sohada kamida 2 yil ish tajribasiga ega bo‘lish;
- Investision loyihalarni tahlil va ekspertiza qilish bo‘yicha tajriba mavjudligi;
- Komp'yuter dasturlarida ishlay olish qobiliyati;
- Kreativ, tanqidiy, srategik va tahliliy fikrlash qobiliyatiga ega bo‘lish;
- 6. Jamoada ishlash, mas’uliyatli, mehnatsevar, fidoiy, tashkilotchilik qobiliyatiga ega bo‘lish;
- O‘zbek tilini mukammal, rus va ingliz tillarini yuqori darajada bilgan IELTS sertifikatiga ega bo‘lgan (kamida 6,0 ball) nomzodlar ijobiy baholanadi.
Vazifalar:
- Umumiy iqtisodiy bilimlar;
- Investisiya sohasini chuqur bilishi;
- Soha bo‘yicha yuridik va qonun hujjatlarini tahlil qila olishi.
- Elektron hujjatlar aylanish tizimlariga tegishli topshiriqlarning bajarilish holati to‘g‘risidagi ma’lumotlar kiritilishini nazorat qilish;
- Boshqarma vakolatiga taalluqli masalalar yuzasidan jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlariga javob berish;
- Boshqarma ish faoliyatiga oid Hukumat qarorlarini va boshqa me’yoriy hujjatlarni o‘rganib borish va doimiy ravishda o‘z malakasini oshirib borish;
- Sohadagi yangiliklarga intilish, tashabbus ko’rsatib borish;
- 8. Hisobot va ma’lumotlarni belgilangan muddatlarda sifatli taqdim etib borilishini ta'minlash.
URBАNIZАTSIYA VA UY-JOY QURILISHINI RIVOJLANTIRISH DEPАRTАMENTI
UY-JOY QURILISHINI RIVOJLANTIRISH BOSHQARMASI
Amalga oshirilayotgan dasturlar samaradorligini tahlil qilish shoʼʼba
SHoʼʼba mudiri-vakant lavozimiga
Lavozimga mos asosiy talab va vazifalar
Talablar:
- Iqtisodiyot yoki qurilish yo’nalishi bo’yicha oliy ma’lumotga ega, iqtisodiyot va qurilish sohalarida, shaharsozlik, arxitektura yoʻnalishlarida vazirlik va idoralarda kamida 3 yil ish tajribasiga ega boʻlishi (xalqaro tashkilotlarda faoliyat yuritgan nomzodlarga ustuvorlik beriladi);
- О‘zbekiston Respublikasi Prezidenti va О‘zbekiston Respublikasi Hukumatining iqtisodiyotni rivojlantirish hamda ipoteka bozori va uy-joy siyosati yo‘nalishida qabul qilingan normativ-huquqiy hujjatlarini bilishi;
- Uy-joy qurilishini boshqarish bo’yicha ilg‘or xorijiy tajribani O‘zbekiston sharoitida qo‘llash bo‘yicha ko‘nikmasining shakllanganligi hamda xalqaro tashkilotlar bilan ishlash tajribasiga egaligi;
- Jamoa bilan ishlash, tahliliy va kreativ fikrlash, tashabbuskorlik va о‘z vazifasiga mas’uliyat bilan yondashish hamda qaror qabul qilishda professional yondashish qobiliyatlariga ega bо‘lish;
- 5.Kompyuter dasturlarida mukammal ishlay olishi;
- Oʻzbek va ingliz tilini mukammal, rus tilini yuqori darajada bilishi (IELTS sertifikatiga ega boʻlgan (kamida 6 ball) nomzodlar ijobiy baholanadi).
Vazifalar:
- Aholini uy-joy bilan ta’minlash bo‘yicha strategiya va dasturlar joriy qilish bo‘yicha takliflarni ishlab chiqish;
- Uy-joy siyosati hamda ipoteka bozorini rivojlantirish bo’yicha tegishli Hukumat qarorlari, nizomlari, qoidalari, kо‘rsatmalari va boshqa normativ hujjatlarni ishlab chiqish;
- Hududlarni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish dasturlari bilan uy-joylarni qurish dasturlarining о‘zaro bog‘liqligini ta’minlash mexanizmini amalga oshirish;
- Mas’ul vazirlik va idoralar hamda xalqaro tashkilotlar bilan birgalikda uy-joylar qurilishini boshqarish yo‘nalishida hamkorlik qilish;
- Soha bo’yicha yuridik va qonun hujjatlarni tahlil qilish;
- Elektron hujjatlar aylanish tizimlariga tegishli topshiriqlarning bajarilish holati to’g’risidagi ma’lumotlar kiritilishini nazorat qilish;
- 13.Sektor vakolati doirasida jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlariga javob berish;
- Hukumat qarorlari va boshqa me’yoriy hujjatlarni o’rganib borish va doimiy ravishda o’z malakasini oshirib borish;
- 15.Hisobot va ma’lumotlarni belgilangan muddatlarda sifatli taqdim etib borilishini ta’
URBАNIZАTSIYA VA UY-JOY QURILISHINI RIVOJLANTIRISH DEPАRTАMENTI
UY-JOY QURILISHINI RIVOJLANTIRISH BOSHQARMASI
Uy-joy dasturlarini shakllantirish va siyosatini yuritish bo‘limi
Bosh mutaxassisi - vakant lavozimiga
Lavozimga mos asosiy talab va vazifalar
Talablar:
- Iqtisodiyot va qurilish sohalarida, shaharsozlik, arxitektura yoʻnalishlarida 1 yildan kam boʻlmagan (yoki amaliyot o’tagan) mehnat stajiga ega boʻlishi (xalqaro tashkilotlar ofislarida faoliyat yuritgan nomzodlarga ustuvorlik beriladi);
- 2. Boʻlim faoliyatiga oid normativ-huquqiy hujjatlar bilan ishlash hamda statistik maʼlumotlarni tahlil qila olish koʻnikma va tajribasiga ega boʻlishi;
- Iqtisodiy tahlil malaka va koʻnikmasiga ega, xususan boʻlim faoliyatiga oid masalalar yuzasidan zaruriy axborot-tahliliy maʼlumotlarni sifatli tayyorlay olishi;
- Jamoada ishlay olish, shaxsiy masʼuliyatni his etish hamda ish yuzasidan lozim darajada muzokaralarni olib borish koʻnikmasiga ega boʻlishi;
- Kompyuter dasturlarida mukammal ishlay olishi;
- Oʻzbek tilini mukammal, rus va ingliz tillarini yuqori darajada bilishi (IELTS sertifikatiga ega boʻlgan (kamida 6 ball) nomzodlar ijobiy baholanadi).
Vazifalar:
- Uy-joy qurilishini boshqarish hamda ipoteka bozori sohalaridagi mavjud holatni oʻrganish, natijalarga koʻra sohadagi muammolarni aniqlash va ularni bartaraf etish yuzasidan takliflar ishlab chiqadi;
- Ipoteka bozorini rivojlantirish dasturlarini amalga oshirilishini tahlil qilish hamda soha rivojlanishining holati boʻyicha axborot-tahliliy materiallarni tayyorlaydi;
- Uy-joy qurilishida xorij tajribasini oʻrganadi va Oʻzbekiston sharoitida ulardan foydalanish boʻyicha amaliy takliflar tayyorlaydi;
- Uy-joy qurilishi va ipoteka bozorini rivojlantirish sohasidagi munosabatlarni tartibga soluvchi normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarini ishlab chiqishda qatnashadi, qonunchilik asosini kuchaytirish boʻyicha takliflar ishlab chiqadi;
- Uy-joylar qurilishi sohasiga innovatsion va raqamli texnologiyalarni keng joriy qilish boʻyicha takliflarni ishlab chiqadi;
- Davlat statistika organlari bilan birgalikda uy-joylar qurilishi yoʻnalishida statistik va tahliliy maʼlumotlar bazalarini shakllantiradi;
- Soha bo’yicha yuridik va qonun hujjatlarni tahlil qilish;
- Elektron hujjatlar aylanish tizimlariga tegishli topshiriqlarning bajarilish holati to’g’risidagi ma’lumotlar kiritilishini nazorat qilish;
- 16.Bo‘lim vakolati doirasida jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlariga javob berish;
- Hukumat qarorlari va boshqa me’yoriy hujjatlarni o’rganib borish va doimiy ravishda o’z malakasini oshirib borish;
- 18.Hisobot va ma’lumotlarni belgilangan muddatlarda sifatli taqdim etib borilishini ta’minlash