“Qadring baland bo‘lsin, ona tilim” shiori ostida “O‘zbek tili bayrami kuni” munosabati bilan o‘tkazilgan yig‘ilish hamda “Yoshlar – yuqori marralar” platformasi ishtirokchilari bilan uchrashuv

22/10/2021 - 10:47 3682

Joriy yilning 21-oktabr kuni Iqtisodiy taraqqiyot va kambag'allikni qisqartirish vazirligida O`zbek tiliga Davlat tili maqomi berilganining 32 yilligiga bag`ishlab “Qadring baland bo‘lsin,ona tilim” shiori ostida “Yoshlar-yuqori marralar” platformasi ishtirokchilari hamda vazirlik yosh mutaxassislari bilan uchrashuv tashkil etildi.

           Uchrashuv boshida, Bosh vazir o‘rinbosari - Iqtisodiy taraqqiyot va kambag'allikni qisqartirish vaziri Jamshid Qo‘chqorov nutq so‘zlab, o‘zbek tilining mamlakat rivojidagi ahamiyati, millatning o‘zligini anglashi, milliy qadriyatlarning rivojlanishidagi o‘rni yuzasidan fikr bildirdi. Til har qanday millat mavjud bo‘lishida eng muhim bo‘g‘inlardan biri ekanligi ta’kidlanib, tadbir ishtirokchilari bayram munosabati bilan samimiy qutlandi.

           Tadbir davomida ishtirokchilar o‘zlari tayyorlab kelgan she’r, hikoya, g‘azal va sahna ko‘rinishlarini ijro etdilar. Shuningdek, uchrashuvda yoshlar o‘rtasida “Zakovat” intellektual o‘yini tashkil etilib, g‘olib bo‘lgan guruhlar esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandilar.

Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirligi

Axborot xizmati