Joriy yilning 1-14-oktabr kunlari davomida asosiy turdagi qishloq xo‘jaligi va go‘sht mahsulotlarining ulgurji narxlari o‘zgarishi yuzasidan tahliliy ma’lumot
15/10/2021 - 10:12 3205
Joriy yilning 1-14-oktabr kunlari Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirligi tomonidan “Toshkent qishloq xo‘jaligi mahsulotlari ulgurji bozori” AJ (Qo‘yliq) va Eski jo‘va (Chorsu) dehqon bozorlarida asosiy iste’mol tovarlarining ulgurji narxlari bo‘yicha kuzatuv natijalari e’lon qilinib borildi.
Tezkor ma’lumotlarga asosan, “Qo‘yliq” bozoriga 1-14-oktabr kunlari hududlardan jami 11,1 ming tonna, xususan, 5,5 ming tonna kartoshka, 4,2 ming tonna piyoz, 432 tonna karam va 917 tonna sabzi keltirilgan.
Shundan, Toshkent viloyatidan 161 tonna kartoshka, 689 tonna piyoz, 432 tonna karam, 283 tonna sabzi, Samarqand viloyatidan 198 tonna kartoshka, 71 tonna sabzi, Namangan viloyatidan 69 tonna kartoshka, Jizzax viloyatidan 3,5 ming tonna piyoz va 14 tonna sabzi, Farg‘ona viloyatidan 122 tonna, Qashqadaryo viloyatidan 275 tonna, Xorazm viloyatidan 7 tonna, Buxoro viloyatidan 96 tonna, Sirdaryo viloyatidan 16 tonna va Andijon viloyatidan 33 tonna sabzi mahsulotlari yetkazib berilgan.
Shuningdek, “Qo‘yliq” bozoriga Qozog‘iston Respublikasidan 2 716 tonna, Qirg‘iziston Respublikasidan 575 tonna, Afg‘oniston Islom Respublikasidan 150 tonna va Eron davlatidan 1 619 tonna kartoshka keltirilgan.
Shu bilan birga, hududlardan “Chorsu” dehqon bozoriga 1-14-oktabr kunlari jami 165,9 tonna, shu jumladan 141,9 tonna mol go‘shti va 24 tonna qo‘y go‘shti keltirib sotilgan.
Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirligi
Axborot xizmati