OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI IQTISODIY TARAQQIYOT VA KAMBAGʻALLIKNI QISQARTIRISH VAZIRLIGI MARKAZIY APPARATDA MAVJUD BOʻSH ISH OʻRINLARIGA TANLOV EʻLON QILADI
09/10/2021 - 14:55 4317
Tanlov jarayoni Iqtisodiy taraqqiyot va kambagʻallikni qisqartirish vazirligining 2021-yil 5-martdagi “Iqtisodiy taraqqiyot va kambagʻallikni qisqartirish vazirligi markaziy apparati, hududiy boʻlinmalar, tizimdagi tashkilotlar va muassasalaridagi vakant lavozimlarga ishga qabul qilish, xodimlarni boshqa lavozimdan oʻtkazishda tanlov asosida saralab olish” toʻgʻrisidagi Tartibi asosida maxsus tuzilgan komissiya tomonidan 3 bosqichda amalga oshiriladi.
1-bosqich: Tanlovda ishtirok etish istagi boʻlgan nomzodlar Davlat xizmatini rivojlantirish agentligining “Davlat fuqarolik xizmatchilari vakant lavozimlarining yagona ochiq portali” (https://vacancy.argos.uz)da roʻyxatdan oʻtishlari, Iqtisodiy taraqqiyot va kambagʻallikni qisqartirish vazirligida mavjud boʻsh lavozimlardan birini tanlab, soʻralgan hujjatlarni elektron shaklda taqdim etishlari zarur.
Nomzodlardan ariza va kerakli hujjatlarni qabul qilish
2021-yil 8-oktabrdan 17-oktabrgacha davom etadi.
2-bosqich: Birinchi bosqichdan oʻtgan nomzodlar bilan test sinovlari oʻtkaziladi. Nomzodlar 2-bosqich suhbat jarayoniga taklif qilinishlari uchun ularning test natijalari 60 balldan kam boʻlmasligi kerak.
3-bosqich: Ikkinchi bosqichdan oʻtgan nomzodlar bilan yuqoridagi talablarga javob berishlarini tekshirish maqsadida oʻzbek, rus va ingliz tillarida suhbat oʻtkaziladi. Suhbat natijasi 100 ball tizimi boʻyicha baholanadi (10 ta mezon boʻyicha har biri 1-10 balldan, eng yuqori 10, eng past 1 ball), bunda komissiyaning har bir a’zosi suhbat natijasi bo’yicha nomzodlarga ball qoʻyib chiqadi.
Komissiya tomonidan har bir nomzod boʻyicha ballar hisoblab chiqiladi va tanlovning yakuniy natijalari Iqtisodiy taraqqiyot va kambagʻallikni qisqartirish vazirligi rasmiy veb-sayti orqali ma’lumot beriladi (www.mineconomy.uz) hamda har bir nomzodning shaxsiy elektron pochtasi yoki telefoni orqali xabar beriladi.
Bogʻlanish uchun (+99871) 232-64-29, (+99871) 232-65-40 telefon raqamlariga murojaat qilishingiz mumkin.
Tanlovda ishtirok etayotgan nomzod bir vaqtning oʻzida uchta boʻsh lavozim uchun ariza bilan murojaat etish imkoniyatiga ega.
Tanlovda ishtirok etish bo’yicha arizalarni qabul qilish faqat nomzodlar tomonidan saytdagi elektron soʻrovnomani toʻldirish orqali amalga oshiriladi.
Ariza va hujjatlarni qabul qilish vaqti o’tgandan so’ng yuborilgan ariza va hujjat egalari tanlovda ishtirok eta olmaydi.
Hujjatlarni qabul qilish uchun havola – https://vacancy.argos.uz
XALQARO HAMKORLIKNI RIVOJLANTIRISH VA PROTOKOL XIZMATI DEPARTAMENTI
JAHON BANKI GURUHI BILAN HAMKORLIK BOSHQARMASI
Boshqarmasi boshlig‘i vakant lavozimiga
Lavozimga mos asosiy talab va vazifalar
Talablar:
- Iqtisodiyot, moliya yo‘nalishlari bo‘yicha oliy ma’lumotga ega bo‘lishi;
- Davlat boshqaruvi organlarida kamida 5 yillik ish tajribasiga ega bo‘lishi;
- Xalqaro moliyaviy institutlar (XMI), xususan, Jahon banki guruhining umumiy va O‘zbekistondagi faoliyati to‘g‘risida to‘liq tushunchasi bo‘lishi;
- XMIlar yordamida O‘zbekistonda amalga oshirilayotgan investitsion loyihalarning operativ holati, ular bo‘yicha o‘zlashtirish holati, muammolari bo‘yicha tahlil qilish malakasiga ega bo‘lishi va va muammolarning yechimlarini taklif qila bilishi;
- Qisqa muddatda katta hajmdagi materiallarni tahlil qilish va buning asosida tahliliy ma’lumot tayyorlash, ish jarayonini samarali boshqarish ko‘nikmasiga ega bo‘lish;
- Jamoada ishlash, boshqaruv qarorlarini to‘g‘ri va tezkor qabul qila olish, tahliliy va kreativ fikrlash, tashabbuskorlik va o‘z vazifasiga mas’uliyat bilan yondashish qobiliyatlariga ega bo‘lish;
- AKT, MS Office, Internetdan foydalanish, ma’lumotlar bazasi va elektron xatlar bilan yuqori darajada ishlash;
- O‘zbek, rus va ingliz tillarini mukammal darajada bilishi, shuningdek, boshqa chet tillarini yuqori darajada bilgan nomzodlar ijobiy baholanadi.
Vazifalar:
- Jahon banki guruhi bilan ishchi aloqalarni o‘rnatadi, olib boradi, ma’lumotlar almashinuvini yo‘lga qo‘yadi, doimiy o‘zaro hamkorlikni ta’minlaydi;
- Jahon banki guruhi yordamida O‘zbekistonda amalga oshirilayotgan loyihalar bo‘yicha operativ va tahliliy ma'lumotlarni muntazam ravishda to‘playdi, tahlil qiladi va hisobot tayyorlaydi;
- Jahon banki guruhi investitsion loyihalar portfeli yuzasidan tahliliy ma’lumotlar bazasini shakllantiradi, bu borada barcha tegishli vazirlik va idoralar, loyihani amalga oshirish guruhlari bilan hamkorlik qiladi;
- Yuqori va ishchi tartibdagi uchrashuvlarni tashkil etishda ishtirok etadi, kerakli ma’lumotlarni tayyorlaydi, lozim bo‘lganda uchrashuvlarda ishtirok etadi;
- Boshqarmaning O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirligi tizimiga kiruvchi tegishli bo‘linma va tashkilotlar bilan o‘zaro aloqasini ta’minlaydi;
- Boshqarma vakolatiga kiradigan masalalar bo‘yicha vazirlik rahbariyati ko‘rsatmalarining bajarilishini tashkil etishni ta’minlaydi;
- Xizmat topshiriqlarini xodimlar o‘rtasida taqsimlashni ta'minlaydi va ularning o‘z vaqtida bajarilishini nazorat qiladi;
- Boshqarma xodimlari tomonidan mehnat va ijro intizomiga amal qilinishi ustidan nazoratni amalga oshiradi;
- Boshqarma vakolatiga kiradigan masalalar bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi va Vazirlar Mahkamasining nazorat topshiriqlarining bajarilishini ta’minlaydi va ko‘maklashadi;
- Vazirlik rahbariyati tomonidan o‘tkaziladigan kengash va boshqa yig‘ilishlarda qatnashadi;
- Tashqi iqtisodiy faoliyat sohasidagi bilimlarni oshirish maqsadida boshqarma xodimlarini rag‘batlantirish va maxsus o‘quv kurslariga malaka oshirish uchun yuborish to‘g‘risidagi takliflarni vazirlik rahbariyatiga ko‘rib chiqishi uchun kiritadi;
- Boshqarmada xodimlarni tanlash va joylashtirish bo‘yicha takliflarni departament direktoriga kiritadi;
- Boshqarmaga yuklangan vazifalar va funksiyalarning samarali bajarilishi uchun shaxsan javobgardir.
XIZMATLAR SOHASINI RIVOJLANTIRISH DEPARTAMENTI
TRANSPORT XIZMATLARINI RIVOJLANTIRISH BO‘LIMI
Bosh mutaxassisi vakant lavozimiga
Lavozimga mos asosiy talab va vazifalar
Talablar:
- Iqtisodiyot va moliya bo‘yicha oliy ma’lumotga hamda ushbu sohalarda 1 yildan kam bo‘lmagan mehnat stajiga ega bo‘lishi;
- Bo‘lim faoliyatiga oid normativ-huquqiy hujjatlar bilan ishlash hamda statistik ma’lumotlarni tahlil qila olish ko‘nikmasiga ega bo‘lishi;
- Jamoada ishlay olish, shaxsiy mas’uliyatni his etish hamda ish yuzasidan lozim darajada muzokaralarni olib borish ko‘nikmasiga ega bo‘lishi;
- 4. O‘zbek tilini mukammal, rus va ingliz tillarini yuqori darajada bilishi lozim (IELTS sertifikatiga ega bo‘lgan (kamida 6 ball).
Vazifalar:
- Mamlakatda xizmatlar sohasini rivojlantirish dasturlarini amalga oshirilishini tahlil qiladi hamda soha rivojlanishining holati bo‘yicha axborot-tahliliy materiallarni tayyorlaydi;
- Respublikaning Jahon savdo tashkilotiga a’zo bo‘lishining transport xizmatlariga ta’sirini o‘rganadi va tahlil qiladi;
- 3. Vakolati doirasida transport xizmatlari yo‘nalishida tegishli vazirlik va idoralar bilan birgalikda ish olib boradi;
- 4. Transport xizmatlari sohasini tartibga soluvchi normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarini ishlab chiqishda qatnashadi, qonunchilik asosini kuchaytirish bo‘yicha takliflar ishlab chiqadi.