“Coca-Cola İçecek” “Coca-Cola Bottlers Uzbekistan” MChJni sotib olish jarayonini yakunladi

04/10/2021 - 10:54 4010

O‘zbekiston Respublikasi Davlat aktivlarini boshqarish agentligi ("UzSAMA") va “Coca-Cola Ichecek” o‘rtasida imzolangan aksiyalarni sotib olish to‘g‘risidagi bitimdan so'ng “Coca-Cola Bottlers Uzbekistan” MChJ kompaniyasining 57,118% ulushini sotib olish rasman yakunlandi. “CCI” va “Anadolu Group” raisi Tuncay O'zilxon “Anadolu Group sifatida biz o‘zbek xalqini ish bilan ta’minlash va mamlakatning erkinlashtirilgan va isloh qilingan iqtisodiyotiga qiymat qo'shish uchun sarmoyalar kiritishni davom ettirmoqchimiz” – deb aytib o‘tdi. “CCI” bosh direktori Burak Bosharir quyidagicha izoh berdi: “CCI sifatida, 30 yillik ushbu mintaqada ishlash tajribamiz bilan, biz o‘zbek bozoriga qiymat yaratishimiz mumkinligiga ishonamiz”.

        2021-yil 6-avgustdagi e’londan so‘ng, “CCI” “Coca-Cola Bottlers Uzbekistan” MChJ kompaniyasini xususiylashtirish bo‘yicha ochiq savdo jarayonlarida g‘olib sifatida O‘zbekiston Respublikasi Davlat aktivlarini boshqarish agentligi ("UzSAMA") bilan aksiyalarni sotib olish to‘g‘risida shartnoma imzoladi, sotib olish rasmiy ravishda tegishli va odatiy tasdiqlar, shu jumladan, hukumat roziligi bilan yakunlandi. Jarayonni yakunlash O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi mezbonligida o‘tkaziladigan 2021-yilgi O‘zbekiston iqtisodiy forumi paytida imzolangan shartnoma orqali e’lon qilindi.

        Jarayonning yakunlanishi natijasida va UzSAMAga to‘langan 252,28 million AQSh dollari miqdorida sotib olish narxini hisobga olgan holda, “Coca-Cola İçecek” “Coca-Cola Bottlers Uzbekistan”ning 57,118% ulushining egasi bo'ldi. CCBUning qolgan ulushi bilvosita The Coca-Cola Companyga tegishli.

        “CCI” va “Anadolu Group” raisi Tuncay O‘zilxon imzolash marosimidagi nutqida shunday dedi: "Biz tarixiy va madaniy aloqalari mustahkam bo‘lgan birodar ikki mamlakat bo‘lgan O‘zbekiston va Turkiya o‘rtasidagi munosabatlarni boyitadigan va chuqurlashtiradigan yangi qadam tashlaganimizdan g‘ururlanamiz. Anadolu Group Markaziy Osiyoda uzoq yillik sarmoyalar tarixiga ega. Biz har doim mintaqaning imkoniyatlariga va natijalariga ishonardik, har bir investitsiya qarorimizni to‘g‘riligi va har doim ishonchimizning ratsionalligini isbotladik. Anadolu Group sifatida biz o‘zbek xalqini ish bilan ta’minlash va mamlakatning erkinlashtirilgan va isloh qilingan iqtisodiyotiga qiymat qo‘shish uchun sarmoyalar kiritishni davom ettirmoqchimiz".

        CCI bosh direktori janob Burak Bosharir, sotib olish haqida izoh berar ekan, shunday dedi: «Ochiq savdo jarayoni biz uchun muvaffaqiyatli yakunlanganidan juda xursandmiz va CCBU aksioneri bo‘lish imkoniyatidan juda mamnunmiz. Bu bitim Coca-Cola tizimidagi eng kuchli hamkorlardan biri sifatida bizning pozitsiyamizni mustahkamlaydi. Bu bizning geografiyamizda “FMCG” (tez harakatlanuvchi iste'molchi) bo‘yicha eng yaxshi ishtirokchi bo‘lish haqidagi tasavvurimiz uchun xizmat qiladi. Biz CCBU xalqi va tarixiga mahalliy Coca-Cola Bottlers sifatida katta hurmat bilan qaraymiz. Biz CCBU biznesini rivojlantirish va uning imkoniyatlarini iste’molchilar, xodimlar, jamiyat va O‘zbekiston davlati manfaati uchun rivojlantirish niyatidamiz. Biz, shuningdek, O‘zbekiston alkogolsiz ichimliklar bozorining qisqa va o‘rta muddatli istiqbolda barqaror va daromadli o‘sishi uchun ulkan o‘sish salohiyatiga ishonamiz. Bu bizning sifat o‘sish algoritmimizga mos keladi. O‘zbekiston aholisi soni bo‘yicha Markaziy Osiyodagi eng yirik davlatdir, lekin aholi jon boshiga “NARTD” (alkogolsiz ichishga tayyor mahsulot) iste’moli past ko‘rsatkichga ega. CCI sifatida, 30 yillik tajribamiz va ushbu mintaqada faoliyat yuritishni o‘rgangan holda, biz o‘zimizni O‘zbekiston bozori uchun qiymat yaratishimiz mumkinligiga ishonamiz”.

        O‘zbekiston Respublikasi Davlat aktivlarini boshqarish agentligi (UzSAMA) direktori Akmalxon Ortiqov O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Miromonovich Mirziyoev boshchiligida iqtisodiyotda tarkibiy islohotlar amalga oshirilayotganini, iqtisodiyotda davlat ulushini pasaytirish va davlat korxonalarini xususiylashtirish choralari o‘zining birinchi mevasini bera boshlaganini ta'kidladi. «Bu bitimni xususiylashtirishning birinchi muvaffaqiyatli misollaridan biri deb hisoblash mumkin. CCIning O'zbekiston alkogolsiz ichimliklar bozoriga kirishi mamlakat iqtisodiyotining tez sur'atlar bilan o'sib borayotganini yana bir bor tasdiqlaydi va turk sarmoyadorlari tomonidan mustahkam qadam sifatida baholanadi. Ishonchim komilki, CCI tajribasi bilan Coca-Cola Bottlers Uzbekistan sifat, bozor rivojlanishi va mehnat unumdorligining yangi darajasiga ko'tariladi”,-dedi Ortiqov.

        “Coca-Cola Ichecek” haqida: CCI - bu ko‘p millatli ichimliklar ishlab chiqaruvchi kompaniya bo‘lib, u Turkiya, Pokiston, Qozog‘iston, Ozarbayjon, Qirg‘iziston, Turkmaniston, Iordaniya, Iroq, Tojikiston va O‘zbekistonda ishlaydi. “CCI” Coca-Cola tizimining asosiy kuchlaridan biri sifatida The Coca-Cola Company gazli va gazlangan ichimliklarini ishlab chiqaradi, tarqatadi va sotadi.

        O‘zbekiston bilan birgalikda, CCIda 10 000 ga yaqin xodim ishlaydi va 11 mamlakatda jami 29 ta zavod mavjud bo‘lib, ular 430 million kishilik iste’molchilar bazasiga keng turdagi ichimliklar taklif qiladi. Gazlangan ichimliklardan tashqari, mahsulot portfeli sharbatlar, suvlar, sport va energetik ichimliklar hamda salqin choylarni o‘z ichiga oladi.

        CCI aksiyalari Istanbul fond birjasida (BIST) "CCOLA.IS" belgisi ostida, Yevrobondda esa "CCOLAT" belgisi ostida Irlandiya fond birjasida sotiladi.

Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirligi

Axborot xizmati