O‘zbekiston Iqtisodiy Forumi 2021 — da 50 dan ortiq xalqaro shartnomalar imzolandi, ular Markaziy Osiyoning eng gavjum davlatlarining 5 yillik qaytarilmas islohotlarni mustahkamlaydi

04/10/2021 - 10:02 4103

O‘zbekistonning birinchi Xalqaro Iqtisodiy Forumi Toshkentda yakunlandi, bu islohotlarning keyingi bosqichiga va mamlakatning barqaror va inklyuziv o‘sishini qo‘llab-quvvatlash uchun iqtisodiyotning 50 foizdan ko‘prog‘ini xususiylashtirishga mo‘ljallangan xususiylashtirish dasturiga zamin yaratadi.

Toshkentda 2021-yil 30-sentabr – O‘zbekiston Iqtisodiy Forumi — 2021 bo‘lib o‘tdi. Forum doirasida dunyo bo‘ylab xalqaro moliya institutlari va xususiy sektorning 1200 dan ortiq yetakchilari fikr almashish, kelgusida yo‘lga qo‘yilgan imkoniyatlarni muhokama qilish va hukumat islohotlarini qo‘llab-quvvatlashlarini bildirish uchun poytaxtga tashrif buyurishdi.

 

“Boshqa mamlakatlar o‘n yillar davomida qilgan ishlarni O‘zbekiston 5 yil ichida bajardi” – deydi o‘z nutqida Jahon bankining Yevropa va Markaziy Osiyo bo‘yicha vitse-prezidenti Anna Byerde. U tadbirdan so‘ng, hukumatni hayot darajasini oshirish va ish o‘rinlarini yaratish majburiyatini ikki baravar oshirishga chaqirdi.

Mamlakat kelgusi besh yil mobaynida davlat aktivlarining qariyb to‘rtdan uch qismini sotish majburiyatini alohida ta’kidlab, hukumat 600 mln dollarlik xususiylashtirish shartnomalarini e’lon qildi: jumladan, Coca-Cola Bottlers Uzbekistan (CCBU) ning 57 foiz aksiyasini 250 mln – Coca-Cola Icecek (CCI) va mamlakatning 5ta yirik bankdan biri bo‘lgan Ipoteka kreditorining 75 foiz ulushi Vengriyaning OTP bankiga tegishliligi shular jumlasidandir.

O‘zbekiston Bosh vazir o‘rinbosari Jamshid Qo‘chqorov islohotlarning qaytarilmasligini ta’kidlab, 2024-yilda birlamchi ommaviy taklif orqali dunyoning eng yirik uran va oltin ishlab chiqaruvchilardan biri bo‘lgan Navoiy kon-metallurgiya kombinatining 10-15 foizini sotish mumkinligini e’lon qildi. Hammasi bo‘lib, infratuzilma va qayta tiklanadigan energiya manbalaridan tortib moliyaviy xizmatlargacha bo‘lgan 55 ta shartnoma: jumladan, davlat-xususiy sheriklikda – 2,6 mlrd doll. shartnomalar imzolandi.

Moliya vaziri Timur Ishmetov tadbirning o‘ndan ortiq panel muhokamasining so‘ngida so‘zga chiqib, hukumatning inklyuziv o‘sishga sodiqligini yana bir bor ta’kidladi: “Biz mahalliy hamjamiyat va har bir oila va biznesda ishonchni mustahkamlashni davom ettiramiz”, Prezident Mirziyoyev keyingi besh yilda - 2030-yilga kelib O‘zbekistonni o‘rtacha daromadli mamlakatga aylantirishni va aholining 11 foizini tashkil etuvchi qashshoqlikni ikki baravar kamaytirishni maqsad qilganligini aytib o‘tdi.

Forumning oxirgi kunida, shuningdek, har bir sektorning keng ko‘lamli majburiyatlari ochildi, jumladan:

• teng bandlik va ko‘nikmalarni rivojlantirish orqali ijtimoiy imkoniyatlar va qiymat yaratish;

• moliyaviy xizmatlar: moliyalashtirishdan o‘tish imkoniyatini yaxshilash va KO‘B va jamiyatga imkoniyatlarni yaxshilash;

• infratuzilma, energetika va kommunal xizmatlar: xalqaro investorlarga kuchli moliyaviy daromad keltiruvchi ichki o‘sishni qo'llab-quvvatlash imkoniyatini yaratish.

Hukumat vakillari bu majburiyatlar hamkorlikka yanada chuqurroq zamin yaratishini, O‘zbekiston iqtisodiyoti va mamlakatning shakllanayotgan xususiy sektorini xalqaro investorlar uchun jozibador bo‘lishiga umid qilishlarini aytdi.

Forum Prezident Shavkat Mirziyoyev tashabbusi bilan mamlakatda amalga oshirilayotgan keng ko‘lamli islohotlar va xususiylashtirish dasturini jadallashtirishga qaratilgan dadil majburiyatlar, kelishuvlar va yangi hamkorlik bilan yakunlandi.

Forumga tegishli barcha ma'lumotlar bilan quyidagi havolalar orqali tanishishingiz mumkin:

https://t.me/minfinuzb/4197

https://t.me/minfinuzb/4206

https://t.me/minfinuzb/4208

https://t.me/minfinuzb/4209

https://t.me/minfinuzb/4210

https://t.me/minfinuzb/4212

https://t.me/minfinuzb/4213

https://t.me/minfinuzb/4214

https://t.me/minfinuzb/4215

 

Forumga tegishli jonli efirlar:

https://t.me/minfinuzb/4205

https://t.me/minfinuzb/4222

https://t.me/minfinuzb/4236

https://t.me/minfinuzb/4259

 

Forumga oid video-lavhalar:

https://t.me/minfinuzb/4181

https://t.me/minfinuzb/4178

https://t.me/minfinuzb/4194

https://t.me/minfinuzb/4200

https://t.me/minfinuzb/4202

https://t.me/minfinuzb/4207

https://t.me/minfinuzb/4211

 

O‘zbekiston Iqtisodiy Forumi.