QADRING BALAND BO‘LSIN, ONA TILIM!

24/09/2021 - 22:22 3848

Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirligida “Qadring baland bo‘lsin, ona tilim!” shoiri ostida ma’naviy-ma’rifiy tadbir bo‘lib o‘tdi.

         Tadbirda Vazirlar Mahkamasining Ma’naviyat va davlat tilini rivojlantirish  masalalari departamenti hamkorligida tayyorlangan “Ijtimoiy-siyosiy terminlarning qisqacha izohli lug‘ati”, “Xalqaro terminelementlarning izohli-illyustrativ lug‘ati” va “Bank-moliya terminlarining o‘zbek tilidagi izohli lug‘ati” kitoblarining taqdimoti ham o‘tkazildi.

         Ushbu lug‘atlar keng doiradagi kitobxonlar uchun mo‘ljallangan bo‘lib, o‘zbek tiliga kirib kelgan xalqaro terminlarning ma’nolari ochib berilib ularga izoh keltirilgan.

         Vazirlik markaziy apparatida ma’naviy-ma’rifiy ishlar samaradorligini oshirish, davlat tili to‘g‘risidagi qonun hujjatlariga rioya etilishini ta’minlash bo‘yicha samarali faoliyat olib borgan bir guruh xodimlarga ushbu kitoblar taqdim etildi.

 

Axborot, tahlil va hujjatlarni korreksiyalash bo‘limi xodimi.