HUDUDLARNING EKOTURISTIK IMKONIYATLARI TAHLIL ETILDI
24/09/2021 - 22:16 3902
Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirligida “Yangi O‘zbekiston” debat-klubi doirasida “O‘zbekistonning turistik-rekreatsion salohiyati va ekoturizmni rivojlantirish imkoniyatlari” mavzusida ilmiy-amaliy seminar bo‘lib o‘tdi.
Seminarda O‘zbekiston Ekoturizm jamiyati raisi, O‘zMU “Tabiiy geografiya” kafedrasi dotsenti, geografiya fanlari nomzodi Nigora Shamuratova, Toshkent viloyati Chirchiq davlat pedagogika instituti katta o‘qituvchisi, geografiya fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) Shahnoza Shomurodova hamda turizm sohasida ilmiy izlanish olib borayotgan yosh tadqiqotchilardan Adhamjon Mamadiyorov o‘z ma’ruzalari bilan ishtirok etishdi.
Ma’ruzachilar tomonidan o‘tkazilgan taqdimotlar fan, ta’lim va ishlab chiqarish o‘rtasida integratsiyasini ta’minlashga, vazirlik xodimlarining ekoturizm bo‘yicha bilimlarini oshirishga xizmat qildi. Xususan, “Chorvoq”, “Zomin” turistik zonalarida turizmni yanada rivojlantirish va bu orqali aholi bandligini ta’minlashning muhim yo‘nalishlari muhokama etildi.
Tadbir yakunida O‘zbekiston Ekoturizm jamiyati bilan hududlarda ekoturizmni rivojlantirish bo‘yicha hamkorlikni yo‘lga qo‘yish, ushbu yo‘nalishdagi innovatsion loyihalarni amalga oshirishga kelishib olindi.
Axborot, tahlil va hujjatlarni korreksiyalash bo‘limi