Iqtisodiy hamkorlik va taraqqiyot tashkiloti vakillari bilan uchrashuv
10/09/2021 - 00:01 4785
Joriy yilning 8-sentabr kuni Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirligida Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirining birinchi o‘rinbosari Ilhom Norqulov Germaniya Atrof-muhit, tabiatni muhofaza qilish va yadro reaktorlari xavfsizligi Federal vazirligining boshqarma boshlig‘i Yurgen Keynxorst boshchiligidagi Iqtisodiy hamkorlik va taraqqiyot tashkiloti vakillari bilan uchrashuv o‘tkazdi.

Uchrashuvda, shuningdek, Iqtisodiy hamkorlik va taraqqiyot tashkiloti Yashil o‘sish va global aloqalar bo'limi boshlig'i Kumi Kitamori, bosh dastur menejeri Metyu Griffit, Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirligi departament direktori Shuhrat Matkarimov va boshqarma boshlig'i O'tkirjon Xolbadalov va vazirlikning boshqa mutaxassislari ishtirok etdilar.

Kun tartibiga "Energetika-suv-yer o‘zaro bog‘liqligi transformatsiyasi sohasida Markaziy Osiyoda mintaqaviy hamkorlikning afzalliklari" mintaqaviy muloqotida ishtirok etish, Iqtisodiy hamkorlik va taraqqiyot tashkilotini O'zbekistondagi loyihalarni amalga oshirishga jalb qilish va boshqalar kiritilgan edi.
Iqtisodiy hamkorlik va taraqqiyot tashkiloti delegatsiyasi o'zbek hamkorlariga 2021-yil 15-oktyabrga Toshkentda bo‘lib o‘tishi rejalashtirilgan "Energetika-suv-yer o‘zaro bog‘liqligi transformatsiyasi sohasida Markaziy Osiyoda mintaqaviy hamkorlikning afzalliklari" mintaqaviy muloqoti haqida ma'lumot berdi hamda ushbu tadbirda ishtirok etishga taklif qildilar.

O'zbekiston tomoni bu muloqotda ishtirok etishga tayyor ekanligini bildirgan holda ushbu masala yuzasidan O'zbekistondan muvofiqlashtiruvchi boshqarmani aniqlash zarurligini ta'kidladi.
Shuningdek, O'zbekiston tomoni "yashil" iqtisodiyotni rivojlantirish, xususan, energiya samaradorligini oshirish muhim ekanligini ta'kidladi. Shu nuqtai nazardan janob Keyxorst O'zbekiston Respublikasi Energetika vazirligi huzuridagi Energiya samaradorligini oshirish jamg'armasini qo'llab-quvvatlash masalasini o'rganishni taklif qildi. Yurgen Keynxorstning so'zlariga ko'ra, Iqtisodiy hamkorlik va taraqqiyot tashkiloti Ukrainada bunday loyihani amalga oshirishda ijobiy tajribaga ega.
Bundan tashqari, tashkilot vakillari uzoq muddatli istiqbolda yashil iqtisodiyotni rivojlantirish strategiyasini ishlab chiqish bo'yicha konsultativ yordam taklif qildi.
O`z navbatida, O`zbekiston tomoni mehmonlarga Toshkent viloyatini rivojlantirish bo`yicha me'yoriy hujjat tayyorlanishi haqida ma`lumot berdi hamda OECD va BMU ekspertlarini mintaqadagi infratuzilma loyihalarini amalga oshirishga jalb qilishdan manfaatdor ekanligini bildirdi.
Uchrashuv yakunida tomonlar kun tartibidagi masalalar va kelgusidagi rejalar bo'yicha o'zaro hamkorlikni kuchaytirishga kelishib oldilar.
Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirligi
Axborot xizmati