Bosh vazir o'rinbosari - Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vaziri Jamshid Qo'chqorovning Twitter sahifasidan:
09/09/2021 - 00:51 3745
Bosh vazir o'rinbosari - Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vaziri Jamshid Qo'chqorovning Twitter sahifasidan:
"Shavkat Miromonovich Mirziyoyev Prezidentlikka kirishgan ilk kunlardanoq iqtisodiyotni qayta qurish, shu jumladan, bozor prinsiplarini iqtisodiyotga joriy qilish, raqobatbardosh va qulay ishbilarmonlik muhitini yaratish uchun keng qamrovli tarkibiy va institutsional islohotlarni amalga oshirish, pirovardida aholi farovonligini oshirishga qaratilgan barqaror va inklyuziv iqtisodiy o‘sishga erishishni ta’minlashga qaratilgan chora-tadbirlarni kun tartibining birlamchi vazifasi qilib qo‘ydilar.
Jamiyatda iqtisodiy siyosat, biznes muhitni yaxshilash, samaradorlikni oshirish va ijtimoiy himoyani kuchaytirish bo‘yicha o‘ziga xos yangi qoidalar paydo bo‘ldi.
O‘tgan yillar sarhisobi va istiqboldagi iqtisodiy g‘oyalarni muloqotlar maydonida dunyoning yetakchi iqtisodchilari, moliyachilari, ekspertlari bilan birgalikda tahlil va muhokama qilamiz."