«Milliy iqtisodiyotning maʼnaviy asoslari» mavzusidagi maqolalar tanlovi yakuniga yetdi!

07/09/2021 - 18:19 3450

Vazirlik tizimida maʼnaviy-maʼrifiy ishlarning yangi tizimini yaratish boʻyicha 2021-yil uchun “Yoʻl xaritasi”ning 40-bandiga muvofiq, soha xodimlari oʻrtasida tashkillashtirilgan “Milliy iqtisodiyotning maʼnaviy asoslari” mavzusida maqolalar tanlovi gʻoliblari aniqlandi.

Tanlov natijalariga koʻra:

birinchi oʻrinni — Prognozlashtirish va makroiqtisodiy tadqiqotlar instituti yetakchi mutaxassisi Odashev Iqboljon,

ikkinchi oʻrinni — Buxoro viloyat Iqtisodiy taraqqiyot va kambagʻallikni qisqartirish bosh boshqarmasi Ijtimoiy soha va inson kapitalini rivojlantirish boʻlimi bosh mutaxassisi Istat Bahronova,

uchinchi oʻrinni — Makroiqtisodiy dasturlash va modellashtirish boshqarmasi bosh mutaxassisi  Nuriddinov Zufar qoʻlga kiritdilar.

                    Hurmat bilan,

 Vazirlik maʼnaviyat va maʼrifat kengashi