Joriy yilning 1-29-avgust kunlari davomida asosiy turdagi qishloq xo‘jaligi va go‘sht mahsulotlarining ulgurji narxlari o‘zgarishi yuzasidan tahliliy ma’lumot

01/09/2021 - 23:37 3767

Joriy yilning 1-29-avgust kuniga qadar Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirligi tomonidan “Toshkent qishloq xo‘jaligi mahsulotlari ulgurji bozori” AJ (Qo‘yliq) va Eski jo‘va (Chorsu) dehqon bozorlarida asosiy iste’mol tovarlarining ulgurji narxlari bo‘yicha kuzatuv natijalari e’lon qilib borildi.

Hafta davomida qishloq xo‘jaligi va go‘sht mahsulotlarining ulgurji narxlarida barqarorlik saqlanib qoldi.

Joriy yilning 20-avgustidan boshlab, Toshkent shahri hamda hududlardagi yirik bozorlarda qishloq xo‘jaligi va oziq-ovqat mahsulotlarining arzonlashtirilgan yarmarkalari hamda dehqon bozorlariga yondosh hududlarda, aholi gavjum joylarda “maktab bozori” rastalari faoliyati yo‘lga qo‘yildi.

Yarmarka savdolariga qishloq xo‘jaligi mahsulotlari va oziq-ovqat mahsulotlari ishlab chiqaruvchilari biriktirilib, ular tomonidan to‘g‘ridan-to‘g‘ri dehqon bozorlariga olib kelib arzon narxlarda sotishni tashkil etilishi bozorlardagi narxlarni sezilarli darajada arzonlashtirishga xizmat qilmoqda.

Savdo yarmarkalariga Qoraqalpog‘iston Respublikasi va viloyatlar tomonidan shu kunga qadar jami 1 590,9 tonna quyidagi mahsulotlar olib kelindi:

Qishloq xo‘jaligi mahsulotlari 1 226,4 tonna (197,8 tonna kartoshka, 288 tonna sabzi, 231,7 tonna piyoz, 104,6 tonna meva, 44,5 tonna uzum, 181,4 tonna poliz va 178,5 tonna boshqa sabzavotlar);

Chorvachilikda go‘sht mahsuloti 114,7 tonna (73,8 tonna mol go‘sht, 3,5 tonna qo‘y go‘sht), parrandachilikda tovuq go‘shti 7,8 tonna va tuxum 512,8 ming dona, shuningdek, baliq 40 tonna;

Asalarichilikda asal 8,2 tonna va guruch mahsuloti 241,6 tonna (Qoraqalpog‘iston Respublikasi 124 tonna, Xorazm 114,2 tonna, Sirdaryo 3,4 tonna).

Shu bilan birga, Davlat bojxona qo‘mitasining tezkor ma’lumotiga ko‘ra 1-29-avgust kunlari davomida tashqi bozorlarga jami 98,5 ming tonna, 63,3 mln.dollarlik qishloq xo‘jaligi mahsulotlari eksporti amalga oshirildi.

Xususan, 38,1 ming tonna uzum, 13,8 ming tonna qovun, 6,7 ming tonna loviya, 3,7 ming tonna shaftoli, 3,6 ming tonna olxo‘ri, 6,1 ming tonna piyoz, 938 tonna karam, 229 tonna pomidor va boshqa turdagi qishloq xo‘jaligi mahsulotlari tashqi bozorlarga yetkazib berilgan.

Shuningdek, 1-29-avgustkunlari davomida 5,1 mln.dollar qiymatdagi jami 12,7 ming tonna, qishloq xo‘jaligi mahsulotlari importi amalga oshirilgan.

Xususan, 4,7 ming tonna kartoshka, 5 ming tonna banan, 166 tonna limon, 271 tonna olma, 45 tonna nok, 141 tonna sabzi, 28 tonna ananas, 118,7 tonna sarimsoq piyoz import qilingan.

Tezkor ma’lumotga asosan, “Qo‘yliq” bozoriga 1-29-avgust kunlari hududlardan jami 18,6 ming tonna, shundan, 8,5 ming tonna kartoshka, 8,1 ming tonna piyoz, 581 tonna karam va 1,3 ming tonna sabzi keltirilgan.

Xususan, Toshkent viloyatidan 839 tonna kartoshka, 4,9 ming tonna piyoz, 581 tonna karam, 394 tonna sabzi, Samarqand viloyatidan 7,7 ming tonna kartoshka, 372 tonna sabzi, Namangan viloyatidan 82 tonna kartoshka, Surxondaryo viloyatidan 3,3 ming tonna piyoz, Farg‘ona viloyatidan 370 tonna va Qashqadaryo viloyatidan 192 tonna sabzi mahsulotlari keltirilgan.

Shu bilan birga, “Chorsu” dehqon bozoriga 1-29-avgust kunlari hududlardan jami 279,2 tonna shundan 234,3 tonna mol go‘shti va 44,9 tonna qo‘y go‘shti keltirib sotilgan.

Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirligi

Axborot xizmati