Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirligi, BMTTD va YuNESKOning qo‘shma loyihasi Muvofiqlashtiruvchi kengashining yakuniy yig‘ilishi

27/08/2021 - 10:02 4271

Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirligi, BMTTD va YuNESKOning "Barqaror qishloq hududlari rivojlanishini qoʻllab-quvvatlash orqali Orolboʻyi mintaqasida inson xavfsizligining dolzarb muammolarini hal qilish" qo‘shma loyihasi Muvofiqlashtiruvchi kengashining yakuniy yig‘ilishi

 

Joriy yilning 26-avgust BMT Taraqqiyot dasturi va YuNESKOning "Barqaror qishloq hududlari rivojlanishini qoʻllab-quvvatlash orqali Orolboʻyi mintaqasida inson xavfsizligining dolzarb muammolarini hal qilish" loyihasini Muvofiqlashtiruvchi kengashining yakuniy yigʻilishi boʻlib oʻtdi.

Yigʻilishda Iqtisodiy taraqqiyot va kambagʻallikni qisqartirish vazirining birinchi oʻrinbosari Saidqahhor Xolxoʻjayev, BMTTDning Oʻzbekistondagi doimiy vakilining oʻrinbosari Doina Munteanu, YuNESKOning Oʻzbekistondagi vakolatxonasi rahbari Aleksandros Makarigakis va boshqa mutaxassislar ishtirok etishdi.

Uchrashuv avvalida Saidqahhor Xolxo‘jayev o‘zining kirish nutqida 2019-2021-yillarda Qoraqalpog‘iston Respublikasining 3 tumanida amalga oshirilgan chora-tadbirlar doirasida inson kapitalini rivojlantirish, 5 ta mahalla infratuzilmasini rivojlantirish va Taxtako‘pir tumani o‘rmon xo‘jaligi moddiy-texnik bazasini yaxshilash asosiy yo‘nalish sifatida belgilab qo‘yilganini ta’kidladi. Ushbu loyiha "vazirlik va chet ellik hamkorlar, jumladan, BMTTD va YuNESKO tashkilotlari bilan samarali hamkorlikning yana bir yutug‘i" hisoblanadi.

O‘z navbatida, BMTTD va YuNESKO mutaxassislari loyihaning ustuvor vazifasi – Orol dengizi mintaqasining eng zaif ekologik, ijtimoiy va iqtisodiy barqarorlikni, shuningdek, erishilgan natijalar bo‘yicha so‘zlab berishdi. Xususan, Qoraqalpog‘istonning Taxtako‘pir tumanida umumiy uzunligi 18 ming km dan ortiq bo‘lgan suv ta’minoti tarmoqlarini qurish va tegishli suv tozalash uskunalarini sotib olish orqali 3400 dan ortiq aholi toza ichimlik suvidan foydalanish imkoniyatiga ega bo‘ldi.

Shuningdek, mahalliy aholining, asosan, ayollarning bandligini va ularning barqaror daromad manbalarini ta’minlashga alohida e’tibor qaratilmoqda. Bugungi kunda 6 ta tugallangan va 7 ta faol pilot loyihalar doirasida 50 dan ortiq ish o‘rinlari yaratildi.

Taqdimot davomida ishtirokchilariga Taxtako‘pir o‘rmon xo‘jaligining moddiy-texnik bazasini yaxshilash haqida ma’lumot berildi. Loyiha doirasida radiotelefonlar, traktorlar, buldozer va boshqalarni o‘z ichiga olgan 17 turdagi maxsus texnika o‘tkazildi.

Uchrashuv yakunlari bo‘yicha tomonlar erishilgan natijalarni mustahkamlash va Orol dengizi hududida joriy va rejalashtirilgan loyihalar, jumladan, tadbirkorlikni rivojlantirish doirasida yangi loyiha takliflarini birgalikda ishlab chiqish to‘g‘risida kelishib oldilar.

Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirligi

Axborot xizmati