Germaniya konsalting xizmat ko‘rsatish tashkilotlari vakillari bilan uchrashuv
24/08/2021 - 14:23 4174
Joriy yilning 23-avgust sanasida Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vaziri o‘rinbosari Bobur Abdinazarov hamda Moliya vaziri birinchi o‘rinbosari Omonullo Nasritdinxo‘jayev “Berling Economics” vakillari bilan videokonferensiya orqali uchrashuv o‘tkazdilar.

Uchrashuvda “Berlin Economics” konsultanti Voldemar Volter, “Projekt Consult GmbH” boshqaruv direktori Moritz Lorcher, “Projekt Consult GmbH”ning tog‘-kon va mineral resurslar bo‘yicha konsultanti Kristofer Demel, “ECTerra” boshqaruv direktori Kritian Masurenko, “ECTerra” texnik direktori Eynar Rosman hamda Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirligi mas’ul department vakillari ishtirok etdilar.

Uchrashuv davomida tomonlar tog‘-kon sanoatidagi mavjud muommolar va uzoq muddatli taraqqiyot strategiyalari, hususan, O‘zbekiston mis qazib olish sanoati, uning eng yuqori darajadagi xalqaro tajribalar asosida rivojlantirilishi, uning geologik-texnik, boshqaruv-huquqiy jihatlari, ushbu soha bo‘yicha shakllantiriladigan loyihalar hamda konsalting tashkilotlarining bu boradagi taklif etadigan xizmatlarini muhokama qildilar.

Shuningdek, konsalting tashkilotlari vakillari o‘zlarining tog‘-kon sanoatida tashkilotlar bilan hamkorlikda ishlash, tog‘-kon sanoatini rivojlantirish strategiyalarini ishlab chiqish, xaridlar va tender jarayonlari, geologiya, foydali qazilmalarni qidirish, yirik tog‘-kon sanoati bilan bog‘liq korxonalarni loyihalashtirish hamda foydali qazilma zaxiralarini baholash bo‘yicha tajribalari bilan o‘rtoqlashdilar.
Uchrashuv so‘nggida, tomonlar kelgusi jarayonlarda yuqori o‘rinda qayd etilgan masalalar yuzasidan hamkorlik aloqalarini kengaytirishga kelishib oldilar.
Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirligi
Axborot xizmati