Joriy yilning 1-15-avgust kunlari davomida “Qo‘yliq dehqon bozori” va Eski juva (Chorsu) bozorlarida asosiy turdagi qishloq xo‘jaligi va go‘sht mahsulotlarining ulgurji narxlari o‘zgarishi yuzasidan tahliliy ma’lumot
16/08/2021 - 17:39 3825
Joriy yilning 1-15 avgust kuniga qadar Iqtisodiy taraqqiyot vazirligi tomonidan “Toshkent qishloq ho‘jaligi mahsulotlari ulgurji bozori” AJ (Qo‘yliq) va Eski jo‘va (Chorsu) dehqon bozorlarida asosiy iste'mol tovarlarining ulgurji narxlari bo‘yicha kuzatuv natijalari e'lon qilib borildi.
Hafta davomida qishloq ho‘jaligi va go‘sht mahsulotlarining ulgurji narxlarida barqarorlik saqlanib qoldi, mahsulotlar narxida sezilarli o‘zgarishlar kuzatilmadi.
Shu bilan birga, Davlat bojxona qo‘mitasining tezkor ma'lumotiga ko‘ra 1-15 avgust kunlari davomida tashqi bozorlarga jami 48,6 ming tonna, 32,2 mln.dollarlik qishloq xo‘jaligi mahsulotlari eksporti amalga oshirildi.
Xususan, 18,1 ming tonna uzum, 4,2 ming tonna loviya, 5,0 ming tonna qovun, 2,3 ming tonna shaftoli, 2,5 ming tonna olxo‘ri, 3,5 ming tonna piyoz, 641 tonna karam, 182 tonna pomidor va boshqa turdagi qishloq xo‘jaligi mahsulotlari tashqi bozorlarga yetkazib berilgan.
Shuningdek, 1-15 avgust kunlari davomida 2,5 mln.dollar qiymatdagi jami 7,0 ming tonna, qishloq xo‘jaligi mahsulotlari importi amalga oshirilgan.
Xususan, 3,7 ming tonna kartoshka, 2,1 ming tonna banan, 141 tonna limon, 147,5 tonna olma, 28,1 tonna nok, 79 tonna sabzi, 18,7 tonna ananas, 49,2 tonna sarimsoq piyoz importi amalga oshirilgan. Qishloq xo‘jaligi mahsulotlari importining asosiy ulushi respublikada ichki resurslar hisobidan ta'minlash imkoniyati cheklangan mahsulotlar hissasiga to‘g‘ri kelmoqda.
Bundan tashqari, “Toshkent qishloq ho‘jaligi mahsulotlari ulgurji bozori” AJning tezkor ma'lumotiga asosan 1-15 avgust kunlari hududlardan bozorga jami 9,7 ming tonna shundan 4,4 ming tonna kartoshka, 4,3 ming tonna piyoz, 286 tonna karam va 750 tonna sabzi keltirilgan.
Xususan, Toshkent viloyatidan 390 tonna kartoshka, 2,5 ming tonna piyoz, 286 tonna karam, 247 tonna sabzi, Samarqand viloyatidan 3,9 ming tonna kartoshka, 199 tonna sabzi, Namangan viloyatidan 82 tonna kartoshka, Surxondaryo viloyatidan 1,8 ming tonna piyoz, Farg‘ona viloyatidan 200 tonna va Qashqadaryo viloyatidan 104 tonna sabzi mahsulotlari keltirilgan.
Shu bilan birga, Davlat soliq qo‘mitasining ma'lumotiga asosan “Eski jo‘va dehqon bozori” AJga 1-15 avgust' kunlari hududlardan jami 126,2 tonna shundan 108,8 tonna mol go‘shti va 17,4 tonna qo‘y go‘shti keltirilgan.
Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirligi
Axborot xizmati