Geologiya sohasini rivojlantirish va xom-ashyo resurslarining mavjud zaxirasi hamda ularni ishlab chiqarishga jalb etishning istiqbollari to‘g‘risida
05/08/2021 - 17:55 6002
Soʼnggi yillarda mamlakatimizda geologiya sohasida ulkan oʼzgarishlar roʼy berdi. Xususan, yangi konlar ochildi, Geologiya fanlari universiteti tashkil etildi, zamonaviy uskunalar xarid qilinib, innovatsion usullar joriy etilmoqda. Geologiya — bu nafaqat foydali qazilma konlari balki ixtiyoriy qurilish inshootining barpo etilishida foydalaniladigan xom-ashyolar deganidir. Аna shu xomashyolar ham geologiya sohasiga aloqador. Аslida uning tadqiqot obyektlari doirasi gʼoyat keng.

Maʼlumki oʼtgan vaqt mobaynida respublikada yer qaʼridan foydalanish samaradorligini oshirish va uni muhofaza qilish, mineral-xomashyo resurslaridan oqilona foydalanishni taʼminlash, shuningdek, hududlarda zamonaviy sanoat ishlab chiqarishini tashkil etish uchun shart-sharoitlar yaratish yuzasidan bir qator kompleks chora-tadbirlar amalga oshirildi.

Soʼnggi 3 yilda sohaga 3,5 trln.soʼm mablagʼ ajratilgan boʼlib, natijada 2019 yilda oltin – 89,7 t, kumush – 174,1 t, uran – 5,0 ming t, mis – 39,0 ming t, qoʼrgʼoshin – 22 ming t, rux – 24,5 ming t, volfram – 3,5 ming t, koʼmir – 203,8 ming t, bazalt– 490,2 ming t, kvarts xomashyosi – 6811,7 ming t va yer osti suvlari – 91,2 ming kub m/sutka foydali qazilmalarni zaxiralari koʼpaytirildi.

2020 yilda geologiya ishlari natijasida xomashyo bazasi kengayib, yangi istiqbolli maydonlar aniqlandi. Jumladan, zaxira boʼyicha oltin – 51 t, kumush – 345 t, uran – 3,0 ming t, mis – 200 ming t, qoʼrgʼoshin – 29,2 ming t, rux – 26,7 ming t, volfram – 8,2 ming t, koʼmir – 15 ming t, bazalt– 270 ming t, kvarts xomashyosi – 389,5 ming t hamda prognoz resurslar boʼyicha oltin – 155 t, kumush – 158,3 t, uran – 11,3 ming t, mis – 485 mingt, volfram – 6,6 ming t, qoʼrgʼoshin – 43,0 ming t, rux – 70,5 ming t, kamyob metallar – 4,7 ming t, nikel-kobalt – 12 ming t va uglevedorod xomashyosi – 55 mln. miqdorida foydali qazilmalar koʼpaytirildi.

2021 yil Davlat dasturi doirasida 350 ta loyiha boʼyicha geologiya-qidiruv ishlari amalga oshirilishi koʼzda tutilgan boʼlib, foydali qazilmalarning 16 turi boʼyicha zaxiralar oʼsishi va 10 turi boʼyicha esa prognoz resurslar miqdori oʼsishi rejalashtirilgan.

Buning natijasida esa 16 turdagi foydali qazilmalar zaxiralarining oʼsishi koʼzda tutilgan boʼlib, oltin – 20 t, kumush – 345 t, uran – 3 500 t, mis – 240 ming t, volfram – 240 ming t, qoʼrgʼoshin – 42 ming t, rux – 41 ming t va boshqa turdagi foydali qazilmalar zaxiralari oshiriladi. Shuningdek, 10 turdagi foydali qazilmalar prognoz resurslari boʼyicha esa oltin – 175 t, kumush – 175 t, uran – 12 000 t, mis – 445 ming t, qoʼrgʼoshin – 54 ming t, rux – 58 ming t, volfram – 8 000 t, kamyob metallar va kamyob yer elementlari – 3 000 t, uglevodorod – 55 mln. t. va boshqa turdagi foydali qazilmalar zaxiralari prognoz resurslar miqdori oshiriladi.


2021 yilga moʼljallangan Davlat dasturini amalga oshirish uchun 1 327,8 mlrd.soʼm mablagʼlar ajratilishi koʼzda tutilgan boʼlib, shulardan geologiya-qidiruv ishlariga – 1 127,5 mlrd.soʼm, asbob-uskunalar sotib olishga – 185,6 mlrd. soʼm va boshqa xarajatlarga – 14,7 mlrd. soʼm yoʼnaltiriladi.


Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirligi
Axborot xizmati