Serbiyaning Oʻzbekistondagi Favqulodda va muxtor elchisi bilan uchrashuv
09/04/2021 - 17:25 4490
Joriy yilning 8-aprel kuni Iqtisodiy taraqqiyot va kambagallikni qisqartirish vazirning birinchi oʻrinbosari Ilhom Norqulov Serbiyaning yangi tayinlangan favqulodda va muxtor elchisi Miroslav Lazanskini qabul qildi.

Uchrashuv davomida tomonlar Oʻzbekiston-Serbiya munosabatlarining holati va kelgusi rivojlanish istiqbollari toʻgʻrisida fikr almashdilar.
Uchrashuv davomida Oʻzbekiston tomoni Oʻzbekistonda iqtisodiyotning turli sohalarida amalga oshirilayotgan islohotlar toʻgʻrisida batafsil maʻlumot berdi. "Yashil" iqtisodiyotni, qishloq xoʻjaligini, turizmni rivojlantirishga, shuningdek respublika hududlarini kompleks rivojlantirishga alohida eʻtibor berildi.
Oʻz navbatida, janob Lazanski qishloq xoʻjaligi sohasida hamkorlikni rivojlantirishga qiziqish bildirdi. Xususan, Serbiyaning sharob va urug yetishtirish kabi sohalarda yuqori salohiyatiga ega ekanligini qayd etdi.

Shu munosabati bilan, janob Lazanski Oʻzbekiston delegatsiyasini shu yil sentyabr oyi Serbiyada boʻlib oʻtadigan 88-xalqaro qishloq xoʻjaligi “NOVI SAD INTERNATIONAL AGRICULTURAL FAIRL 2021” koʻrgazmasida ishtirok etishga taklif qildi.
Veterinariya laboratoriyalarini rivojlantirish sohasida Serbiyaning muhim muvaffaqiyati qayd etildi va ushbu yoʻnalishda hamkorlikni yoʻlga qoʻyish imkoniyatini koʻrib chiqish taklif etildi.
Tomonlar, shuningdek, turizmni rivojlantirish sohasida tajriba almashish imkoniyatlarini muhokama qildilar. Janob Lazanski Serbiyada togʻ turizmi, sogʻliqni saqlash va ekologik turizm rivojlanganligini taʻkidladi.

Bundan tashqari, Oʻzbekiston tomoni mamlakatlar oʻrtasidagi mintaqalararo hamkorlikni rivojlantirish boʻyicha taklifni ilgari surdi.
Uchrashuv yakunlari boʻyicha tomonlar ikki tomonlama uchrashuvlarni faollashtirish, jumladan, videokonferentsiyalar orqali aloqalarni rivojlantirish istiqbollarini muhokama qilish va oʻzbek-serbiya hamkorligini yangi bosqichga koʻtarishga hissa qoʻshish toʻgʻrisida kelishuvga erishdilar.
Iqtisodiy taraqqiyot va kambag'allikni qisqartirish vazirligi
Axborot xizmati