O‘ZBEK TILI ME’YORLARI KITOBI NASHR ETILDI
01/04/2021 - 11:31 5173
Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universitetida Vazirlar Mahkamasining Davlat tilini rivojlantirish departamenti tashabbusi bilan Fanlar akademiyasining O‘zbek tili, adabiyoti va folklori instituti olimlari tomonidan tayyorlangan “O‘zbek tili me’yorlari: punktuatsiya” kitobi nashirdan chiqdi.
Filologiya fanlari doktori, professor Nizomiddin Mahmudov, filologiya fanlari nomzodi, dotsent Abduvahhob Madvaliyev, filologiya fanlari nomzodi, dotsent Ne’mat Mahkamov va filologiya fanlari bo‘yicha falsafa doktori Dilrabo Andaniyozovalar muallifligida tayyorlangan ushbu kitobda adabiy til umumxalq tilining sayqallangan shakli sifatida aniq me’yor hamda qoidalar asosida ish ko‘rilishi, punktuatsiyaning maqsadi va nazariy asoslari, tarixi hamda asosiy qoidalari berilgan.
Olimlarimizning samarali mehnati natijasida yaratilgan mazkur amaliy qo‘llanma Vazirlar Mahkamasi huzuridagi O‘zbek tilini rivojlantirish jamg‘armasi mablag‘lari hisobidan 3000 nusxada “Zamin nashr” bosmaxonasida chop etilgan.
Ushbu qo‘llanma keng jamotchilikka mo‘ljallangan. Undan tadqiqotchilar, olimlar, turli soha vakillari, magistrantlar, talabalar, ona tili va adabiyoti fani o‘qituvchilari hamda o‘quvchilar foydalanishi mumkin.
Axborot, tahlil va hujjatlarni korrekseyalash bo‘limi.