O‘zbekiston Respublikasining Byudjet kodeksini tasdiqlash to`g`risida
11/04/2014 - 15:16 10877
(O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2013 y., 52-1-son)
Qonunchilik palatasi tomonidan 2013 yil 28 noyabrda qabul qilingan
Senat tomonidan 2013 yil 12 dekabrda ma'qullangan
1-modda. O‘zbekiston Respublikasining Byudjet kodeksi tasdiqlansin.
2-modda. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi 2014 va 2015 yillar mobaynida:
O‘zbekiston Respublikasi Byudjet kodeksi normalarining amal qilishi va samaradorligi muntazam ravishda hamda har tomonlama monitoring va tahlil qilinishini ta'minlasin;
zarur bo‘lgan hollarda, O‘zbekiston Respublikasi Byudjet kodeksining ayrim normalarini yanada takomillashtirishga qaratilgan takliflarni belgilangan tartibda kiritsin.
3-modda. Ushbu Qonun 2014 yil 1 yanvardan e'tiboran kuchga kiradi.
O‘zbekiston Respublikasining Prezidenti I. KARIMOV
Toshkent sh.,
2013 yil 26 dekabr,
O‘RQ-360-son
Manba: LexUz