"Sanoat korxonalarining energiya samaradorligini oshirish" loyihasining Muvofiqlashtiruvchi guruhi ishtirok etgan banklar uchun onlayn seminar

17/03/2021 - 19:06 4958

"Sanoat korxonalarining energiya samaradorligini oshirish" loyihasining Muvofiqlashtiruvchi guruhi ishtirok etgan banklar uchun onlayn seminar oʻtkazdi

Loyiha doirasida “A” komponenti boʻyicha yuklatilgan vazifalarga muvofiq Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiy taraqqiyot va kambagʻallikni qisqartirish vazirligi huzuridagi “Sanoat korxonalarida energiya samaradorligini oshirish” loyihasining muvofiqlashtiruvchi guruhi tomonidan 2021 - yil 4 - martda , ZOOM dasturi orqali ishtirok etuvchi banklar uchun bir kunlik seminar tashkil etdi.

Seminar dasturi 2 qismga boʻlingan boʻlib, tushlikdan oldin birinchi qism – 2 soat, va tushlikdan keyin – 3 soat.

Dasturning birinchi qismida loyiha direktori Alisher Alimboyev loyiha haqidagi umumiy ma’lumotlar, maqsadlar, vazifalarni belgilash va natijalari bilan tanishish bilan boʻlishdi.

Shuningdek, Jahon banki ishtirokida Loyihalarni tayyorlash va amalga oshirishni boshlash tartibi toʻgʻrisida maʻlumotlar berildi, meʻyoriy hujjatlar, jumladan, Kredit shartnomasi, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining tegishli qarorlari va boshqa masalalar ham muhokama qilindi.

Seminarning ikkinchi qismida kichik loyihalarni tanlash mezonlari, maʻlumotlarni tahlil qilish, kichik loyihalarga muvofiqligi, amalga oshirish xavfi yuzasidan Operatsion qoʻllanma batafsil koʻrib chiqildi. Jahon banki tomonidan loyihaning 1- va 2-bosqichi yuzasidan ishtirok etuvchi banklar tomonidan mablagʻlarning oʻzlashtirilishini yaxshilash boʻyicha shartlarning oʻzgarishi toʻgʻrisida ham maʻlumot berildi.

Hamkorbankning atrof-muhit boʻyicha mutaxassisi Avazbek Fazliyev ishtirokchilarni kichik loyihalarni tanlash boʻyicha mijozlar bilan ishlashda asosiy hujjatlardan biri boʻlgan Loyiha doirasida ekologik va ijtimoiy chora-tadbirlar bilan tanishtirdi.

Seminar yakunida amalga oshirilgan kichik loyihalarning aniq namunalari keltirildi.

Barcha taqdimotlar, me’yoriy hujjatlar va video yozuvlar koʻrib chiqish uchun (126 kishi) telegram guruhiga joylashtirildi. (Taqdimotlar ilova qilingan).

Устойчивое развитие в АКБ "HAMKORBANK"

Саноат корхоналарида энергосамарадорликни ошириш: натижа ва истиқболлар

Повышение энергоэффективности промышленных предприятий: результаты и перспективы

Процедуры МФИ, руководящие документы в рамках Проекта «Повышение энергоэффективности промышленных предприятий» (Фаза-3)

Taqdimot 1; Taqdimot 2; Taqdimot 3; Taqdimot 5;

 

SKEEO loyihalarini muvofiqlashtirish guruhi