Iqtisodiy taraqqiyot va kambag’allikni qisqartirish vazirligi jamoasi “Zakovat” intellektual klubi turnirining Final bosqichida

09/03/2021 - 20:14 6020

Joriy yilning 6-martida “Zakovat” intellektual klubi tomonidan Breyn-ring turniri uchun bir qator jamoalar o'rtasida saralash bosqichi bo'lib o'tdi. Turnir bellashuvida Iqtisodiy taraqqiyot va kambag’allikni qisqartirish vazirligi mutaxassis xodimlaridan tashkil topgan “Ksenofont shogirdlari” jamoasi ham qatnashib, final bosqichiga yetib kelishdi. 

Joriy yilning 11-martida g’oliblik uchun turnirning final bosqichida “Ksenofont shogirdlari” va “Farrux Rafiqov” jamoasi o’rtasida bellashuv bo’lib o’tmoqda.

Brain Ring turniri final musobaqasining barcha ishtirokchilariga omad va zafarlar tilaymiz.

Ma’lumot uchun: Ksenofont- Ksenofont (Xenophon) (miloddan avvalgi taxminan 430—355 yoki 354) — qad. yunon tarixchisi va davlat arbobi. Iqtisod, falsafa va harbiy sohaga oid asarlar muallifi. Ekonomika (iqtisod) atamasining asoschisi.

Iqtisodiy taraqqiyot va kambag'allikni qisqartirish vazirligi

Axborot xizmati