“Veolia Environment” kompaniyasi vakillari bilan uchrashuv
04/03/2021 - 16:45 6341
Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirligi rasmiy ravishda vakolatli vakil, Markaziy va Sharqiy Yevropa bo‘yicha “Veolia Environment” vitse-prezidenti Malika Genduri boshchiligidagi Fransiyaning “Veolia Environment” kompaniyasi vakillari bilan uchrashuv o‘tkazdi. Muhokama kun tartibiga quyidagilar kiritildi:
- markazlashtirilgan issiqlik ta’minoti to‘g‘risidagi DXSh loyihasi doirasidagi masalalar;
- mavjud vaziyat, shuningdek, DXSh shartnomasini imzolash arafasida dastlabki muzokaralar. 2021-yil oktabrgacha isitish mavsumiga DXSh loyihasini tayyorlash.
Ma’lumot uchun: “Veolia Environnement” — Parijda joylashgan Fransiyaning ko‘p tarmoqli kompaniyasi. Faoliyati to‘rt yo‘nalishga ixtisoslashgan: suv ta’minoti va tozalash, kommunal xizmatlar, energiya va transport xizmatlari. Kompaniya resurslarni boshqarishni optimallashtirish bo‘yicha etakchilardan biri bo‘lib, sohada 160 yillik tajribaga ega.
Majlisda davlat idoralari vakillari va ekspertlar ham ishtirok etishdi.
DXSh sohasidagi tashabbuslar, birinchi navbatda, kommunal sohani rivojlantirish, shuningdek, davlat-xususiy sheriklik doirasida Toshkentning issiqlik ta’minoti tizimlarini boshqaruvga o‘tkazish loyihasi konsepsiyasi muhokama qilindi.
Uchrashuv davomida tomonlar Toshkent shahridagi markazlashtirilgan isitish tizimining muhandislik-kommunikatsiya infratuzilmasini yanada rivojlantirish, aholining yashash sharoiti va turmush darajasini yaxshilash, shuningdek, uy-joy-kommunal xizmatlari sifatini yaxshilash masalalarini muhokama qildilar.
Bundan tashqari, tomonlar DXSh shartnomasini qisqa muddat ichida imzolashga o‘zaro qiziqish bildirishdi va imzolash joriy yilning bahoriga rejalashtirildi. “Ushbu kelishuv O‘zbekiston va Fransiya o‘rtasidagi qo‘shma hamkorlikning ko‘rsatkichi bo‘lishi” ta’kidlab o‘tildi.
Uchrashuv davomida “Veolia Environment” kompaniyasining vakillari pandemiya sababli loyihani rivojlantirish tezligini pasaytirishga majbur bo‘lganligi, ammo loyiha ustida ishlar to‘xtatilmaganligini, bundan tashqari, loyihaning turli xil moliyalashtirish modellari va texnik jihatlari o‘rganilganligini ta’kitlab o‘tdi.
Ushrashuv yakunida kelajakda Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish, Moliya va Adliya vazirliklari, Toshkent shahar hokimligi va DXSh vakillarining markazlashtirilgan issiqlik ta’minoti bo‘yicha belgilangan DXSh loyihasi doirasida keyingi harakatlarni rivojlantirish va amalga oshirish maqsadida yetakchi ekspertlari ishtirokida Ishchi guruh tashkil etilishi qayd etildi.
Tomonlar o‘zaro manfaatli hamkorlikka tayyor ekanliklarini tasdiqladilar va korporativ boshqaruv doirasida DXSh loyihasini muvaffaqiyatli amalga oshirishga ishonch bildirdilar.
Iqtisodiy taraqqiyot va kambag'allikni qisqartirish vazirligi
Axborot xizmati