"Budjet jarayoni takomillashtirilishi munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida" Qonun (O'RQ-660 son, 30.12.2020y.) yuzasidan ma'lumot
19/01/2021 - 14:17 2674
2020 - 2024-yillarda O‘zbekiston Respublikasi davlat moliyasini boshqarish tizimini takomillashtirish strategiyasida belgilangan vazifalarni bajarilishini ta'minlash maqsadida 2 ta qonun va 2 ta kodeksga ya'ni, “Mahalliy davlat hokimiyati to‘g‘risida”gi va “Buxgalteriya hisobi to‘g‘risida”gi Qonunlar, Byudjet va Ma'muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodekslarga tegishli o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritildi.
Jumladan,
1) “Ma'muriy javobgarlik” Kodeksiga davlat maqsadli jamg‘armalari budjetlarining ijrosi to‘g‘risidagi hisobotni taqdim etish tartibini buzganligi, vazirlik va idoralar tomonidan o‘zlarining rasmiy veb-saytlarida davriy moliyaviy hisobotlarini joylashtirish tartibini buzganligi uchun mansabdor shaxslarga jarima solinishi bo‘yicha qo‘shimchalar kiritildi.
2) “Mahalliy davlat hokimiyati to‘g‘risida”gi Qonunida Xalq deputatlari viloyat, tuman, shahar Kengashiga mahalliy budjetlari daromadlarining prognozini ma'qullash, mahalliy budjetlariga o‘zgartirishlar kiritish to‘g‘risida qarorlar qabul qilish, hududiy budjet mablag‘larini taqsimlovchilarning budjet mablag‘laridan samarali foydalanilishi hamda erishilgan natijalar to‘g‘risidagi hisobotlarini eshitish, mahalliy budjetlariga ajratiladigan tartibga soluvchi budjetlararo transfertlarning cheklangan miqdorlarini ko‘rib chiqish va tasdiqlash vakolatlari berildi.
3) Xalqaro Valyuta Jamg‘armasining tavsiyalari asosida budjet taqvimini xalqaro standartlarga muvofiqlashtirish maqsadida Budjet kodeksiga o‘rta muddatli davr uchun fiskal strategiyani ishlab chiqish hamda uni tasdiqlanishi bo‘yicha qo‘shimchalar kiritildi.
Shuningdek, O‘zbekiston Respublikasining konsolidasiyalashgan budjetini tuzishda mablag‘ qamrovlarini oshirish hamda Davlat budjetining shaffofligini ta'minlash maqsadida budjet tashkilotlarining byudjetdan tashqari jamg‘armalari Konsolidasiyalashgan budjeti tarkibiga kiritilishi, mahalliy budjetlarning ijrosi davomida yuzaga kelgan kassa uzilishini qoplash uchun rejali kassa uzilishini qoplash uchun yuqori turuvchi byudjetdan quyi budjetga ssuda ajratish tizimi qayta ko‘rib chiqildi.
4) “Buxgalteriya hisobi to‘g‘risida”gi qonuniga budjet mablag‘lari oluvchilar (budjet tizimi budjetlaridan olingan mablag‘lar bo‘yicha) hamda davlat maqsadli jamg‘armalarning moliyaviy hisoboti budjet to‘g‘risidagi qonun hujjatlariga muvofiq tuzilishi va taqdim etilishi to‘g‘ridasiga norma kiritildi.