Gender tengligi bo‘yicha maslahat kengashi

16/12/2020 - 22:27 5961

O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirligida Gender tengligi bo‘yicha maslahat kengashi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi. Tadbirda vazirning ma’naviy-ma’rifiy ishlari samaradorligini oshirish, Davlat tili to‘g‘risidagi qonun hujjatlarga rioya etilishini ta’minlash masalalari bo‘yicha maslahatchisi, vazirlik kasaba uyushmasi qo‘mitasi raisi, Axborot-xizmati hamda Gender tengligi bo‘yicha maslahat kengashi a’zolari ishtirok etdi.
Kengaytirilgan tadbirda O‘zbekiston Respublikasining “Xotin-qizlar va erkaklar uchun teng huquq hamda imkoniyatlar kafolatlari to‘g‘risida”gi Qonunidan kelib chiqadigan vazifalar, shuningdek Gender tengligi masalasiga alohida to‘xtalib, mehnat jamoasida kasbiy yo‘nalishda erkaklar va ayollarga teng imkoniyatlar va shart-sharoitlar yaratish, rahbarlik lavozimlariga iqtidorli, talabchan va mas’uliyatli ayollar nomzodlarini tavsiya qilish, xotin-qizlar va erkaklar uchun teng huquq hamda imkoniyatlarni ta’minlash masalalari bo‘yicha o‘qitishni tashkil etish, Gender tengligini ta’minlash madaniyatini shakllantirish maqsadida targ‘ibot va tashviqot ishlarini olib borish xususida alohida to‘xtalib o‘tildi.
Shu bilan birga, vazirlikning Gender tengligi bo‘yicha maslahat kengashining asosiy vazifalari, majburiyatlari, huquqlari va faoliyatini tashkil etish tartibi bo‘yicha atroflicha ma’lumot berildi.