"Biznes tashabbuslar haftaligi" Tadbiriga tayyorgarlik bo'yicha yig'ilish

30/07/2020 - 13:47 9855

Iqtisodiy taraqqiyot va kambag'allikni qisqartirish vazirligi tashabbusi bilan joriy yilning 16 va 29 iyul kunlari videokonferentsiya shaklida, O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020 yil 5 iyundagi № 287 sonli farmoyishi bilan tasdiqlangan MDHga a'zo davlatlarning "Biznes tashabbuslar haftaligi" doirasida tadbirlarni o'tkazishga tayyhorgarlik bo'yicha "Yo'l xaritasi" ning bajarilishi muhokamasiga bag'ishlangan ekspertlar darajasida ishchi uchrashuv bo'lib o'tdi.

Tadbirlar davomida vazirliklar va idoralar vakillari, "Yo'l xaritasi"ning iyul oyida bajarilishi ko'zda tutilgan bandlarining ijrosi yuzasidan ma'lumot taqdim etdilar.

Bundan tashqari, "Yo'l xaritasi" doirasidagi oldinda turgan tadbirlar ijrosi bo'yicha ishlarning borishi va ularni o'z vaqtida hamda sifatli amalga oshirish choralari to'g'risida ma'lumotlar tinglandi.

Koronavirus pandemiyasi bilan bog'liq bo'lgan hozirgi vaziyat va shuningdek, rejalashtirilgan tadbirlar formatini o'zgarishi hamda tegishli fikr almashishinuvi asosida quyidagilar yuzasidan qaror qabul qilindi:

- har bir tadbir uchun kontseptsiya va dasturni, shu jumladan ularni o'tkazish stsenariylarini, O'zbekiston tomonidan maxsus ma'ruzachilar va moderatorlarni ko'zda tutgan holda, shuningdek dastlabki ro'yxat va kutilayotgan chet ellik ishtirokchilar bo'yicha takliflarni tayyorlash;

- tadbirning axborot-tarkibiy qismini sifatli darajada ishlab chiqish bo'yicha ishlashni davom ettirish.

- masofadan turib imzolash imkoniyatiga alohida e'tibor bergan holda, investitsiya va savdo-iqtisodiy hujjatlar loyihalarini ishlab chiqish;

- raqamli platformalar yordamida ishtirokchi mamlakatlarning eksport salohiyatiga bag'ishlangan ko'rgazma tashkil etish masalasini o'rganish va ishlab chiqish;

- ushbu tadbirni ishtirokchi davlatlarning Internet maydonida keng yoritishga alohida e'tibor berish.

Yig'ilish yakunida, ushbu masalalar bo'yicha doimiy ravishda uchrashuvlar o'tkazishga kelishib olindi.

 
O'zbekiston Respublikasi Iqtisodiy taraqqiyot

va kambag'allikni qisqartirish vazirligi

Axborot xizmati