O'zbekiston Respublikasi Prezidentining "O'zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot Vazirligining tuzilmasini takomillashtirish to'g'risida" 03.07.2006 yildagi №PQ-398-sonli qarori
03/08/2006 - 12:56 11378
O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligi tuzilmasini iqtisodiyotning bazaviy tarmoqlari eng muhim investitsiya loyihalarini ishlab chiqish hamda amalga oshirish monitoringini muvofiqlashtirish sohasida uning zimmasiga yuklangan qo‘shimcha vazifalar va funksiyalarga muvofiq takomillashtirish maqsadida:
- Quyidagilar:
Iqtisodiyot vazirligining tashkiliy tuzilmasi 1-ilovaga muvofiq;
O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligining cheklangan soni 166 shtat birligidan iborat bo‘lgan markaziy apparati (xizmat ko‘rsatish xodimlaridan tashqari) tuzilmasi 2-ilovaga muvofiq tasdiqlansin. - O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligining tuzilmasi o‘zgarganligini e’tiborga olgan holda uning faoliyatini joriy ta’minlashga davlat byudjeti mablag‘lari hisobidan zarur sarf-xarajatlarni nazarda tutsin.
- O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining "O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligining tuzilmasini takomillashtirish to‘g‘risida" 2005 yil 8 avgustdagi PQ-148-sonli qarori o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblansin.
- Ushbu qarorning ijrosini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari R.S. Azimov zimmasiga yuklansin.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti I. Karimov