Ajdodlarni xotirlash - muqaddas qadriyat
10/05/2019 - 13:26 38163
Ma'lumki, mamlakatimizda Umumxalq bayrami - Xotira va qadrlash kuni katta ko‘tarinkilik bilan nishonlandi.
Vatanimizning har bir go‘shasida bo‘lgani kabi, poytaxtimizda ham 9 may - Xotira va Qadrlash kuni hamda Ikkinchi jahon urushida qozonilgan G‘alabaning 74 yilligiga bag‘ishlangan bayram tantanalari bo‘lib o‘tdi.
O‘zida milliy qadriyatlarimiz va ajdodlarimizga bo‘lgan yuksak ehtiromni mujassam etgan ushbu tadbirlarda Iqtisodiyot va sanoat vazirligi jamoasi ham faol ishtirok etishdi.
Kuni kecha vazirlik jamoasining bir guruh faollari poytaxtimizning Xotira maydonida joylashgan Motamsaro ona haykali poyiga gulchambar qo‘yishib, Ikkinchi jahon urushida jon fido qilgan yurtdoshlarimiz xotirasiga hurmat bajo keltirishdi.
Axborot xizmati