Edda Schlager o‘zini qiziqtirgan savollariga to‘liq javob oldi
24/04/2019 - 19:26 24238
Bugun Iqtisodiyot va sanoat vazirining birinchi o‘rinbosari Ravshan Gulyamov Germaniya Federativ Respublikasida foliyat yurituvchi “N-ost” yangiliklar agentligining muxbiri Edda Schlager bilan uchrashib, uni qiziqtirgan savollariga javob berdi.
Jumladan, O‘zbekiston Respublikasining iqtisodiyotini makroiqtisodiy va sohalar nuqtai nazaridan rivojlantirish uchun qanday yangi strategiyalar ishlab chiqilgani, “Bir makon - bir yo‘l” deb nomlangan iqtisodiy taraqqiyotning yangi strategiyasi va Buyuk ipak yo‘li yangicha g‘oyasining mamlakatimiz rivojiga qanday ta'sir qilishi, Germaniya bilan hamkorlik O‘zbekiston uchun qanday rol o‘ynashi haqida gapirib berdi.
Shuningdek, R.Gulyamov muxbirning Germaniya kompaniyalari ishtirokida respublikamizda amalga oshirilayotgan muhim loyihalar, yangi tadbirlar, Germaniya biznesi uchun istiqbolli sohalar hamda O‘zbekistonda bugungi kunda chet el investitsiyasi uchun mavjud muammolar to‘g‘risidagi savollariga batafsil javob berdi.
Eslatib o‘tamiz, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Germaniya Federativ Respublikasiga shu yil yanvar oyida qilgan rasmiy tashrifi chog‘ida Frank-Valter Shtaynmayerni O‘zbekistonga javob tashrifi bilan kelishni taklif etgandi. Federal prezident joriy yilning may oyida O‘zbekistonga kelishni rejalashtiryapti.
Bugun vazirligimizda tashkil etilgan intervyuda olingan ma'lumotlar tashrif arafasida Germaniya aholisida O‘zbekistonning iqtisodiy taraqqiyoti haqidagi bilimlarini yanada oshishiga xizmat qiladi degan umiddamiz.
Axborot xizmati