“Sanoat korxonalarining energiya samaradorligini oshirish” Loyihasi - hududlarga xorijiy investitsiyalarni jalb etish bo‘yicha maqbul imkoniyatlar

27/02/2019 - 15:28 9695

O‘tkazib kelinayotgan davra suhbatlarimiz doirasida, 2019 yil 25 fevral kuni Toshent shahrida ishlab chiqarish korxonalarida, shu jumladan kichik biznes sub'yektlari hamda tijorat banklarining vakillari ishtirokida uchrashuv o‘tkazildi.

Mazkur davra suhbatining asosiy maqsadi - ishlab chiqarish korxonalarida, jumladan kichik biznes sub'yektlarida energiya tejovchi texnologiyalarni joriy etish tajribasi hamda energiya samaradorligini oshiruvchi tadbirlarga investitsiya jalb etishning foyda va afzalliklarini ko‘rsatishdan iborat.

Tadbir hududlardagi tadbirkorlar, sanoat korxonalari hamda tijorat banklari vakillari ishtirokida bo‘lib o‘tdi. Davra suhbati davomida Loyihaning afzalliklari va kredit mablag‘lari hisobidan loyihalarni moliyalashtirish tartiblari to‘g‘risida batafsil ma'lumot berildi.

Shu bilan birga tadbir davomida “Toshkent yog moy kombinati” AJ, “Bektemir spirt” AJ kabi yirik korxonalar vakillari Loyiha doirasida energosamardor uskunalarni joriy etish natijalari va tajribalari to‘g‘risida ishtirokchilar bilan o‘rtoqlashdilar.
Navbatdagi davra suhbati 2019 yil 27 fevral kuni Toshkent viloyatida o‘tkaziladi.

Iqtisodiyot va sanoat vazirligi huzuridagi “Sanoat korxonalarining energiya samaradorligini oshirish” loyihasining muvofiqlashtirish guruhi