Raqamli iqtisodiyot milliy strategiyasi ishlab chiqiladi

27/02/2019 - 11:21 22419

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019 yil 17 yanvardagi PF-5635-sonli "2017 - 2021 yillarda o‘zbekiston respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha harakatlar strategiyasini "Faol investitsiyalar va ijtimoiy rivojlanish yili"da amalga oshirishga oid davlat dasturi to‘g‘risida"gi Farmoniga muvofiq joriy yilning 1 dekabriga qadar Loyiha boshqaruvi milliy agentligi, Iqtisodiyot va sanoat vazirligi, Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi, Innovatsiya vazirliklari hamda "O‘zaloqanazorat" inspeksiyasi tomonidan Raqamli iqtisodiyot milliy strategiyasining ishlab chiqilishi hamda o‘rnatilgan tartibda tasdiqlanishini ta'minlash belgilangan.

Ishlab chiqiladigan normativ-huquqiy hujjat loyihasida "Raqamli O‘zbekiston-2030" milliy strategiyasini amalga oshirish bo‘yicha "Yo‘l xaritasi"ni tasdiqlash, davlat xizmatlari ko‘rsatish, davlat boshqaruvi, iqtisodiyotning barcha tarmoqlari, xizmat ko‘rsatish sohalarida raqamli transformatsiya qilish, biznes xarajatlari va ma'muriy yuklamani kamaytirish maqsadida ma'muriy tartib-taomillarni raqamlashtirish kabi muhim masalalar ko'zda tutiladi.