Qaror loyihasi

14/12/2018 - 18:04 12624

O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligi
O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligining
qarori

“Birja savdolarida shakarni sotish tartibi to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi qarorni o‘z kuchini yo‘qotgan deb topish to‘g‘risida

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 14-noyabrdagi PQ-3386-son “Yoqilg‘i-energetika resurslari hamda boshqa yuqori likvidli mahsulotlar bilan ta'minlash borasida raqobat muhitini takomillashtirish, suiiste'molchiliklar va talon-tarojliklar sharoitini tugatish, to‘lov intizomini mustahkamlash, debitorlik va kreditorlik qarzlarini kamaytirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qaroriga muvofiq O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligi va Moliya vazirligi qaror qiladi:

1. O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligi va Moliya vazirligining 2008-yil 5-maydagi 49 va 34-son “Birja savdolarida shakarni sotish tartibi to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi qarori (ro‘yxat raqami 1811, 2008-yil 19-may) (O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2008-y., 20-21-son, 186-modda) o‘z kuchini yo‘qotgan deb topilsin. 

2. Mazkur qaror O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki, Xususiylashtirilgan korxonalarga ko‘maklashish va raqobatni rivojlantirish davlat qo‘mitasi, “O‘zbekiston respublika tovar-xom ashyo birjasi” AJ va “Xorazm shakar” AJ bilan kelishilgan.

3. Mazkur qaror rasmiy e'lon qilingan kundan e'tiboran kuchga kiradi.

Iqtisodiyot vaziri                                     B. Xodjayev

Toshkent sh., 
2018-yil “__” ________, 
____ -son          


Moliya vaziri                                      D. Kuchkarov

Toshkent sh., 
2018-yil “__” ________,  
____ -son         


Kelishilgan:


Markaziy bank raisi                         M. Nurmuratov

2018-yil “__” __________

Xususiylashtirilgan korxonalarga 
ko‘maklashish va raqobatni rivojlantirish 
davlat qo‘mitasi raisining 
birinchi o‘rinbosari                            N.Sharipov

2018-yil “__” __________

“O‘zbekiston respublika 
tovar-xom ashyo birjasi” AJ
boshqaruv raisi v.v.b.                         F. Ibragimov

2018-yil “__” __________

“Xorazm shakar” AJ 
Bosh direktori                                  F. Sradjiddinov

2018-yil “__” __________

Mazkur qaror loyihasi "O‘zbekiston Respublikasi normativ huquqiy hujjatlar loyihalarining muhokamasi" portaliga joylashtirilgan.