Iqtisodiyot vazirligida Konstitutsiyamizning 26 yilligiga bag‘ishlangan ma'naviy-ma'rifiy tadbir o‘tkazildi

07/12/2018 - 16:21 27842

Bugun Iqtisodiyot vazirligida Bosh qomusimiz qabul qilinganining 26 yilligiga bag‘ishlab “O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining mohiyati, amalga oshirilayotgan islohotlardagi o‘rni” mavzusida ma'naviy-ma'rifiy tadbir tashkil etildi. Unda vazirlikning markaziy apparati Bosh boshqarma, boshqarma va bo‘lim boshliqlari va xodimlari qatnashdilar.

Tadbirni kirish so‘zi bilan Iqtisodiyot vazirining o‘rinbosanri Bahrom Baxtiyorovich Niyozmatov ochib, yig‘ilganlarni konstitutsiyamizning 26 yilligi bilan tabrikladi.

Konstitutsiya barcha qonunlarimizning asosi, mamlakatimiz farovonligi, xalqimiz baxt-saodatining kafolatidir. Istiqlol yillarida hayotimizning barcha jabhalarida keng qamrovli islohotlar olib borilmoqda. Buning zamirida eng avvalo inson xuquq va erkinliklariga bo‘lgan e'tibor, uning sha'ni va qadr-qimmatini hurmat qilish, inson huquqlarining eng oliy qadriyat sifatida tan olinishi kabi hayotiy tamoyil yotadi. Ana shu kabi g‘oyalar bundan 26 yil muqaddam qabul qilingan Bosh qomusimizda alohida mustahkamlangan, dedi vazir o‘rinbosari.

Shundan so‘ng so‘z navbati O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi huzuridagi “Yuristlar malakasini oshirish Markazi”ning kafedra mudiri, yuridik fanlari doktori, professor Shuhrat Hasanovich Fayziyevga berildi.

Professor Sh.Fayziyev so‘zga chiqar ekan, asosiy e'tiborni Konstitutsiyaning bugungi kunda davlat va jamiyatning har bir jabhasida amalga oshirilayotgan tizimli islohotlar uchun mustahkam poydevor bo‘lib kelayotganligi hamda xalqaro hamjamiyat tomonidan e'tirof etilgan inson huquq va erkinliklarini ta'minlash bo‘yicha Konstitutsiyada belgilab qo‘yilgan normalar asosida qonun va qonunosti hujjatlari qabul qilinib, inson manfaatlari yo‘lida xizmat qilayotganiga qaratgan holda, o‘z fikr va mulohazalarini bildirdi.

Shuningdek, Konstitutsiyamizning mazmun-mohiyatini chuqur o‘rganish yoshlarning huquqiy madaniyatini oshirish bilan birga, ularda vatanparvarlik tuyg‘ularini yuksaltirishda muhim ahamiyatga ega ekani ta'kidlab o‘tdi.

Tadbir so‘ngida B.Niyozmatov tashrif buyurgan mehmonga minnatdorlik bildirib, esdalik sovg‘asini topshirdi.

Iqtisodiyot vazirligi Axborot xizmati