Soliq sohasini isloh qilish - dolzarb masala

01/05/2018 - 17:53 11967

Vazirlikda tajribali va yuqori malakali xodimlarning yoshlarga o‘z bilim va tajribalari bilan fikr almashishlarini nazarda tutgan navbatdagi seminar trening mavzusi “O‘zbekiston Respublikasida soliq sohasidagi islohotlarga konseptual yondoshuv” deb nomlandi.

Ma'ruzachi, vazirlikning tajribali xodimi David Shaulov yoshlarga mamlakatimizda amaldagi soliq solish tizimi, ya'ni  to‘g‘ridan to‘g‘ri soliqlar; bilvosita soliqlar va resurs soliqlarini iqtisodiy ahamiyatini  tushuntirish barobarida, mazkur tizimni isloh qilishning asosiy vazifalariga batafsil to‘xtaldi.

Yosh xodimlarni soliq tizimi, ayniqsa, uning ishlab chiqarishni qo‘llab-quvvatlashga yo‘naltirilgan soliq yukini kamaytirish mexanizmlari bilan bog‘liq savollar qiziqtirdi. Ushbular yuzasidan paydo bo‘lgan savollarga ma'ruzachi tomonidan batafsil hamda hayotiy misollar orqali javoblar olindi.

Quyida ma'ruza taqdimotini yuklab olishingiz mumkin.

Iqtisodiyot vazirligi Axborot xizmati